Olimov xursand 99 742 42 99 1


Download 252.33 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/23
Sana21.11.2023
Hajmi252.33 Kb.
#1792908
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
1-dars. Dastlabki tushunchalar

OLIMOV XURSAND 
 99 742 42 99 

 
KIMYOVIY BELGILAR, FO’RMULALAR VA TENGLAMALAR 
Shved kimyogari Berselius 1813 – yilda elementlarni lotincha nomlarining bosh harflari yoki bosh harfiga yana bir harfini 
qo‟shib belgilashni taklif qildi. Masalan: vodorod elementining lotincha nomi Hydrogenium, shuning uchun uning 
kimyoviy belgisi H yoki simob elementining lotincha nomi “Hydragirum” uning bosh harfi vodorodniki bn bir xil 
bo‟lganligi uchun bosh harfiga yana bir harfini qo‟shib belgilash qabul qilingan, ya‟ni Hg, Sulfur - S, Carbonium - C, 
Cuprum - Cu, Aurum - Au, Argentum - Ag, Oxigenium – O, Al – Aluminium,
Fe – Ferrum, Zn – Zincum.
Modda tarkibini belgilar, indekslar (ba‟zan, koeffitsiyentlar) yordamida ifodalanishi kimyoviy fo’rmula deyiladi. 
Fo‟rmulada belgidan keyin qo‟yilgan son indeks deyiladi. Indeks O dan boshqa barcha musbat butun sonlar bo‟lishi 
mumkin. 1 ga teng bo‟lsa, yozilmaydi. Indeks molekuladagi bir xil atomlar sonini bildiradi.
Tenglamada (ayrim fo‟rmulalarda) molekula oldiga qo‟yilgan son koeffitsient deyiladi. Koeffitsient O dan boshqa barcha 
musbat butun sonlar bo‟lishi mumkin. 1 ga teng bo‟lsa, yozilmaydi. Koeffitsient bir xil atomlar yoki molekulalar sonini 
bildiradi.  
Kimyoviy reaksiyani fo‟rmulalar yordamida ifodalanishi kimyoviy tenglama deyiladi. 
 
 
MODDANING AGREGAT HOLATLARI 
Moddalar 3 xil agregat holatda uchraydi. 

Gaz 

Suyuq 

Qattiq 
Gaz aniq bir hajmiy o‟lcham va shaklga ega emas. Uni qanday idishga solinsa, o‟sha idish hajmini egallaydi va shaklini 
oladi. Kichik idishga solish uchun gaz siqiladi, katta idishda esa gaz kengayib, shu idishning butun hajmini egallaydi. 
Gazlarda molekula va atomlar orasidagi masofa suyuqlik va qattiq moddalardagiga nisbatan ancha katta bo‟ladi. 
Suyuqlik o‟z shakliga ega emas, uni qanday idishga solinsa o‟sha idish shaklini oladi, idishning butun hajmini
egallash uchun suyuqlik gazlar kabi kengaymaydi. Suyuqlik aniq hajmiy o‟lchamga ega bo‟ladi. Uni siqish amalda qiyin. 

Download 252.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling