Olimov xursand 99 742 42 99 1


Download 252.33 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/23
Sana21.11.2023
Hajmi252.33 Kb.
#1792908
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
1-dars. Dastlabki tushunchalar

2
O)
o fizik xossalari: zichligi 1 ga teng bo‟lgan ta'msiz, rangsiz suyuklik, 100°C da qaynaydi, 0°C da muzlaydi
issiqlikni yaxshi o‟tkazadi, elektr tokini yomon o‟tkazadi.
o kimyoviy xossalari: yonmaydigan, neytral modda. 
Molekula – moddaning xossalarini o‟zida mujassamlashtirgan eng kichik zarracha. Masalan: Shakar suvda eritilganda 
molekularga ajralib ketadi va shu bilan birga barcha xossalari saqlanib qoladi. Molekulalar atomlardan tashkil topgan. 
Atom – kimyoviy elementning oddiy va murakkab moddalar tarkibiga kiruvchi eng kichik zarrachasidir. 
Atom – molekula tarkibiga kiruvchi va kimyoviy xodisada o‟zgarmay qoluvchi eng kichik zarracha. Atom – grekchadan 
olingan bo‟lib, "bo‟linmas" degan ma'noni anglatadi.
 
 
MODDA HAQIDA TUSHUNCHA 
Jismning tarkibiy qismiga modda deyiladi. 
Modda – uni tashkil etuvchi molekulalarning turiga qarab 2 ta katta guruhga bo‟linadi. 
1. Aralash moddalar (aralashmalar) - Har xil molekulalardan (har xil zarrachalardan) hosil bo‟lgan moddalar. Masalan: 
Dengiz suvi, xavo, neft, tuproq, un, bromli suv, oxakli suv, po‟lat, cho‟yan, shisha, plastmassa, choy, vodoprovod suvi, 
vino, yog‟ va moylar, benzin, vazelin, bo‟yoqlar, sok, dorilar, zar suvi, kofe. 
2. Toza (sof) moddalar - Faqat bir xil molekuladan (bir xil zarrachalardan) hosil bo‟lgan moddalar. Masalan: H
2
O - suv 
(distillangan), C
12
H
22
O
11
- shakar, H
2
SO
4
- sulfat kislota, O
3
- ozon, S - oltingugurt, Fe - temir, Au - oltin, CO
2
-karbonat 
angidrid, CH
4
- metan, NH
3
- ammiak, CaCl
2
- kaltsiy xlorid, C – olmos, Na
2
CO
3
·10H
2
O – kristall soda va boshqalar.  
Sof moddalar deyarli tabiatda uchramaydi. Tabiatdagi moddalar aralashmalar holida bo‟ladi. 
Kimyoda ishlatiladigan moddalar tozalik darajasiga qarab, quyidagi guruhlarga bo‟linadi: texnik toza(t), sof toza (s), analiz 
uchun toza (a.u.t), kimyoviy toza (k.t), maxsus toza (m.t). Ushbu tartibda moddalarning tozalik darajasi ortib boradi. 
Tarkibi va xossalari butun hajmi bo‟yicha bir xil bo‟lgan moddalarga – sof, toza moddalar deyiladi. 
Toza moddalar molekulasi tarkibiga qarab 2 guruhga bo‟linadi:



Download 252.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling