O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta`lim


Download 4.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/81
Sana25.08.2023
Hajmi4.15 Mb.
#1670003
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   81
Bog'liq
Физик ва коллид химия. Дарслик

1
, o„ng 
qismidagi 
gazning 
temperaturasi esa T
2
bo„lsin. 
Agar T
1
>T
2
bo„lsa, idishning chap qismidagi gaz molekulalari kattaroq 
tezlik blan harakatlanadi va to„xtovsiz ajratuvchi to„siqqa uriladi. Molekularni 
to„siqqa urilganida ajraladigan energiya idishning o„ng tomonidagi molekulalarga 
uzatiladi, chunki o„ng tomondagi molekulalar sekinroq harakatlanadi va to„siqqa 
urilganda kamroq issiqlik chiqaradi. Natijada idishning chap qismidagi 
molekulalarning energiyasi kamayadi, o„ng qismidagi molekulalarning energiyasi 
esa ortadi, T
1
va T
2
 temperaturalar tenglashishga intiladi. Molekulalarning tartibsiz 
(xaotik) harakatlanishi natijasida energiyaning bir sistemadan boshqa sistemaga 
yoki sistemaning bir qismidan boshqa qismiga uzatilish shakli issiqlik deb ataladi. 
Molekulalarni ajralish chegarasiga urilishi natijasida bir sistemadan boshqasiga 
o„tgan energiya o„lchovi issiqlik miqdori deyiladi.
Ko„rinib turibdiki, issiqlik sistemaning holati bilan emas, jarayon bilan bilan 
bog„liq, shuning uchun issiqlik holat funksiyasi emas, jarayonning borish yo„oiga 
bog„liq. Issiqlikning to„liq miqdorini Q orqali, cheksiz kichik miqdorini – cherez 
δQ orqali belgilanadi. δQ kattaligi dU va lardan farqli ravishda to„liq 
differensial emas, chunki Q holat funksiyasi hisoblanmaydi.
Sistema tashqi muhitdan qabul qilgan issiqligini musbat issiqlik deb, tashqi 
muhitga bergan issiqligini manfiy issiqlik deb qabul qilingan. Issiqlik miqdori 
joulda (J) o„lchanadi. 
Ish sistemadan tashqi muhitga va aksincha tashqi muhitdan sistemaga 
uzatiladigan energiya shakllaridan biridir (3.7 rasm). Ishning kattaligi uzatilgan 
energiyaning miqdoriy tavsifidir. Ish, xuddi issiqlik kabi, jarayon bilan bog„liq va 
sistemaning xossasi, ya‟ni holat funksiyasi emas. Ishning kattaligi jarayonning 
borish yoo„liga bog„liq. Ishning cheksiz kichik miqdori (elementar ish) to„liq 
differensial emas. Ishning qiymati, issiqlik kabi, joulda ifodalanadi. Issiqlik bilan 
ishning o„xshash jihatlari bilan bir qatorda, katta farqlari ham bor. 


56 
3.7 rasm
11
. Tashqi kuchlar sistemaga nisbatan 
ish bajaradi (a) yoki sistema tashqi kuchlarga 
nisbatan ish bajaradi (b). 
Birinchi 
holatda 
idish 
tayanchlari 
olinganda m massali yuk ta‟sirida sistemadagi 
gaz siqiladi va hajmi kamayadi. Ma‟lum 
vaqtdan keyin muvazanatga keladi. 
Ikkinchi holatda siqilgan gaz tayanch 
bilan ushlab turilibdi. Tayanch olinganda gaz 
kengayadi va yukni tepaga ko„tarib ish bajaradi. 
Bunda ham ma‟lum vaqtdan keyin muvozanat 
holati qayd etiladi. Ikkala holda ham ishning 
qiymati bir xil W = PV ga teng.
Masalan 
izotermik, 
izobar 
sharoitda gazning kengayish ishini 
hisoblaymiz (3.8 rasm). Sistemaning 
doimiy 
25,0
o

yoki 
298,15K 
temperaturasida 0,001 mol gazning 
hajmi 25,0 ml dan 75,0 ml gacha 
kengayadi. Ish miqdorini hisoblash 
uchun avvalroq keltirib chiqarilgan (3.7) 
formuladan foydalanamiz. 
 
3.8 rasm
12
. O„zgarmas temperaturada 
gazning kengayish ishi. 
Issiqlik va ishning farqi shundan iboratki, issiqlikning uzatilishi 
molekulalarning tartibsiz harakati natijasida sodir bo„ladi, ish bajarilganda esa 
energiyaning uzatilishi ma‟lum kuch ta‟sirida molekulalarning tartibli 
(tashkillashtirilgan, yo„naltirilgan) harakati natijasida sodir bo„ladi. Masalan, 
porshen gazni siqqanda, molekulalar porshenning harakatlanish yo„nalishi 
tomonga harakatlanadi va ish bajariladi. Agar ish issiqlikka aylansa, 
11
Robert J. Silbey, Robert A. Alberty, Moungi G. Bawendi. Physical Chemistry. John Wiley&Sons, Inc. 2005. P.31 
12
David W. Ball. Physical Chemistry. Brooks/Cole, a division of Thomson Learning, 2011. P. 29. 


57 
molekulalarning tartibli, yo„naltirilgan harakati tartibsiz, xaotik harakatga 
aylanadi.
Ish tushunchasini kimyoviy jarayonlarga ham qo„llash mumkin. 
3.5. Termokimyo. Fizik-kimyoviy jarayonlarning issiqlik effektlari. 
Kimyoviy reaksiyalarda issiqlikning o„zgarishini, reaksiyalarning issiqlik 
effektlarini tadqiq etadigan termodinamikaning bo„limi termokimyo deb ataladi. 
Turli xil jarayonlarning issiqlik balansini tuzganda va kimyoviy muvozanatni 
tadqiq etganda issiqlik effektlarini hisoblash kerakligini e‟tiborga olib, 
termokimyoning amaliyotdagi ahamiyati juda katta ekanligini aytish kerak. Odatda 
kimyoviy reaksiyalar o„zgarmas hajmda yoki o„zgarmas bosimda amalga 
oshiriladi. O„zgarmas hajmda: 
O„zgarmas bosimda: 
(3.10) va (3.11) tenglamalar jarayonning boshidan oxirigacha hajm yoki 
bosim o„zgarmaydigan holatlar uchun to„g„ri keladi. 
va 
issiqlik 
miqdorlarini ko„pincha reaksiyalarning izoxor va izobar issiqlik effektlari deyiladi. 
Har qanday fizik-kimyoviy jarayonlar issiqlik effektlariga ega bo„ladi. 
Jarayon natijasida sistemaning issiqlik zahirasi kamaysa, issiqlik sistemadan tashqi 
muhitga ajralib chiqadi. Bunday jarayonning issiqlik effekti manfiy hisoblanadi
ekzotermik jarayon deyiladi va ΔH<0 deb belgilanadi. Jarayon natijasida 
sistemaning issiqlik zahirasi ortsa, jarayon issiqlik yutilishi bilan sodir bo„ladi. 
Bunday jarayonning issiqlik effekti musbat hisoblanadi, endotermik jarayon 
deyiladi va ΔH>0 deb belgilanadi. Issiqlik effektlarini jarayon nomi bilan nomlash 
qabul qilingan. 

Download 4.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling