O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta`lim
Download 4.15 Mb. Pdf ko'rish
|
Физик ва коллид химия. Дарслик
o
= 1 atm = 1,013·10 5 Pa va temperatura T o = 298K qabul qilingan. Standart sharoitdagi issiqlik effektlarini standart hosil bo„lish va yonish issiqliklari bo„yicha hisoblanadi. Standart hosil bo„lish issiqligi 1 mol murakkab moddani oddiy moddalardan 1,013·10 5 Pa bosim va barcha moddalar barqaror agregat holatlarda bo„lgan sharoitdagi hosil bo„lish reaksiyasining issiqlik effektidir. Suyuq va qattiq moddalarning barqaror, standart holati sifatida berilgan temperatura va normal atmosfera bosimida eng barqaror bo„lgan fizik holati qabul qilinadi. Gazlar uchun standart holat sifatida normal atmosfera bosimida ideal gaz qonunlariga bo„ysunadigan, uning entalpiyasi esa real gazlarnikiga teng bo„ladigan gipotetik holat qabul qilingan. Oddiy moddalarning strandart hosil bo„lish issiqliklari 0 ga teng deb qabul qilingan. 1 mol modda normal atmosfera bosimida kislorod atmosferasida yonish vaqtida ajralib chiqadigan issiqlik miqdori standart yonish issiqligi deyiladi. Reaksiyalarning issiqlik effekti to„g„risida 1936 yilda Gess qonuni yaratilgan: reaksiyaning issiqlik effekti jarayonning borish yo„liga bog„liq emas, faqat sistemaning dastlabki va oxirgi holatlariga bog„liq. Gess qonuni termokimyoning asosiy qonuni hisoblanadi. (3.10) va (3.11) tenglamalarga asosan izobar va izoxor issiqlik effektlarining farqi kengayish ishiga teng: Ideal gazlar uchun Mendeleev-Klapeyron tenglamasiga ko„ra , bundan: bu yerda Δn – reaksiyaning gazsimon moddalari mollar sonining o„zgarishi. (3.12) va (3.13) tenglamalar asosida: 60 yoki Agar = 0 bo„lsa, bo„ladi. Kimyoviy reaksiyalardagi hosil bo„lgan va dastlabki gazsimon moddalarning stexiometrik koeffitsientlar farqi ga teng. Agar reaksiyada qattiq va suyuq moddalar qatnashsa, hisoblashda ular inobatga olinmaydi. Kimyoviy reaksiyalar ko„pincha o„zgarmas bosimda sodir bo„ladi. Shuning uchun hisoblashlar bajarilganda reaksiyaning issiqlik effektini bilan belgilash qabul qilingan. Termokimyoviy tenglamalarda moddalarning agregat holatlari ko„rsatiladi: gaz (g), suyuqlik (s), qattiq (q). Gess qonunidan termodinamika hisoblari uchun amaliy ahamiyatga ega bo„lgan bir necha hulosa chiqarish mumkin. Birinchi hulosa. Har qanday kimyoviy birikmaning parchalanish issiqlik effekti uning hosil bo„lish issiqligiga son jihatidan teng va qarama-qarshi ishoralidir. Ikkinchi hulosa. Agar har xil boshlang„ich holatlardan bir xil oxirgi holatga keltiruvchi ikkita reaksiya sodir bo„layotgan bo„lsa, ularning issiqlik effektlari orasidagi ayirma bitta boshlang„ich holatdan ikkinchi boshlang„ich holatiga o„tish issiqlik effektini ko„rsatadi. Gess qonunini bu hulosasi yordamida amalda bajarilib bo„lmaydigan jarayonlarning issiqlik effektlarini hisoblash mumkin. Masalan: grafitni olmosga aylantirish: Grafit va olmos yonganda uglerod-(IV) oksid hosil bo„lib, tegishli miqdorlarda issiqlik ajarilib chiqadi: Shunday qilib, grafitning olmosga aylanishi nisbatan kichik miqdorda issiqlik yutilishi bilan borar ekan. Uchinchi hulosa. Agar bir xil boshlang„ich holatlardan har xil oxirgi holatlarga keltiruvchi ikkita reaksiya sodir bo„layotgan bo„lsa, ularning issiqlik effektlari orasidagi ayirma bitta oxirgi holatdan ikkinchi oxirgi holatga o„tish issiqlik effektini ko„rsatadi. Bu holatda har bir reaksiya ikkita ketma-ket boruvchi reaksiya bilan almashtirilishi mumkin: boshlang„ich moddalarning oddiy moddalarga 61 parchalanishi va reaksiya maxsulotlarini oddiy moddalardan hosil bo„lish reaksiyasi. Download 4.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling