O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta`lim


Download 4.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/81
Sana25.08.2023
Hajmi4.15 Mb.
#1670003
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   81
Bog'liq
Физик ва коллид химия. Дарслик

o‘zidan bormaydigan turlarga bo„lish mumkin. O„z-o„zidan boradigan jarayonlar 
uchun tashqaridan energiya sarflanishi talab etilmaydi (masalan, issiqroq jismdan 
sovuqroq jismga issiqlikning o„tishi).
3.2. Termodinamika birinchi qonuning postulatlari, ahamiyati. 
Termodinamika qonunlari mantiqiy isbot qilinishini talab etmaydi, insoniyat 
tajribasidan kelib chiqadi. Shuning uchun bu qonunlar postulatlar shaklida 
ta‟riflanadi. Termodinamikaning birinchi qonunni energiya haqidadir, 
energiyaning bir turdan ikkinchisiga aylanishi, sistemaning bir qismidan ikkinchi 
10
David W. Ball. Physical Chemistry. Brooks/Cole, a division of Thomson Learning, 2011. P. 24. 


51 
qismiga o„tishi haqidadir. Termodinamikaning birinchi qonuni energiyaning 
saqlanish qonuni deyiladi. 
Demak, termodinamika birinchi qonunining asosiy vazifasi energiyani o„z-
o„zidan paydo bo„lmasligi va yo„qolmasligini e‟tirof etish, energiya bir turdan 
ikkinchisiga o„tish qonuniyatlarini aniqlash, sistemaga berilgan energiya nimaga 
sarflanishini, uning qancha miqdori va qanday qilib ishga aylanishini, tashqi 
kuchlarni sistemaga nisbatan yoki sistemani tashqi kuchlarga nisbatan bajargan 
ishining miqdori aniqlashdan iborat. Turli fizik va kimyoviy jarayonlarning 
issiqlik effektlarini aniqlash, kimyoviy reaksiya natijasida hosil bo„lgan issiqlik 
miqdorini yoki reaksiyani amalga oshirish uchun talab etiladigan issiqlik 
miqdorini aniqlash, moddalarni hosil bo„lish, yonish, parchalanish, bug„lanish, 
kristallanish va hokazo issiqliklarini aniqlash ham bu qonunning asosiy 
vazifalariga kiradi.
Energiya – materiya harakatining ko„rinishidir, ya`ni energiya modda 
harakatining o„lchovidir. Moddalar uchun, ayniqsa issiqlik energiya xarakterlidir. 
Issiqlik energiya moddalarning ko„p miqdordagi atom, ion va molekularning 
uzluksiz va tartibsiz mexanik harakati tufayli vujudga keladi. Issiqlik 
energiyasining boshqa tur energiyaga aylanishi, umuman olganda bir harakatning 
boshqa harakat ko„rinishiga o„tishi miqdoriy jixatidan ma`lum bir moddalar 
to„plami uchun izolirlangan sistemada o„rganiladi. 
Termodinamika birinchi qonunining postulatlari quyidacha ta‟riflanadi. 
Izolirlangan sistemaning energiya zahirasi doimiydir. 
Izolirlangan sistemaning energiyasi tashqi muhit bilan ta‟sirlashmasdan 
ortishi mumkin bo„lsa, birinchi turdagi abadiy dvigatel, ya‟ni energiya 
sarflamasdan 
ish 
hosil 
qiluvchi 
mashina 
yaratish 
mumkin 
bo„lardi. 
Termodinamika birinchi qonunining ikkinchi postulatiga ko„ra, birinchi turdagi 
abadiy dvigatel bo„lishi mumkin emas. 
Izolirlangan sistema energiyasining doimiyligi energiyani bir turdan 
boshqasiga o„tishini istisno etmaydi. Bunday o„tishlarda energiya yo„qolmaydi va 
yangitdan paydo bo„lmaydi. Shundan energiyaning saqlanish qonunidan kelib 
chiqqan holda birinchi qonunning uchinchi postulari ta‟riflanadi: energiya o„z-
o„zidan yo„qolmaydi va paydo bo„lmaydi, energiyaning bir turdan boshqasiga 
aylanishi doimo qat‟iy ekvivalent (teng) miqdorda sodir bo„ladi. Boshqacha 
aytganda biror jarayon davomida energiyaning bir turi yo„qolsa, uning o„rniga 
ekvivalent miqdorda boshqa bir turi paydo bo„ladi.


52 
Sistemaning energiyasi esa holat funksiyasi bo„lib, uning miqdori bir 
holatdan ikkinchi holatga o„tish yo„liga emas, ikkala holatning boshlang„ich va 
oxirgi parametrlariga bog„liq. 
Birinchi qonunning keyingi ta‟rifi matematik ifodasi bilan bog„liq bo„lib, 
quyidagicha ta‟riflanadi: sistemaga berilgan issiqlik sistemaning ichki energiyasini 
o„zgarishi va sistema tomonidan tashqi kuchlarga nisbatan bajarilgan ishning 
yig„indisiga teng:
(3.1) 
bu yerda: 
– sistemaga berilgan issiqlik miqdori, – sistema ichki 
energiyasining o„zgarishi, 
– bajarilgan ish. 
Cheksiz kichik o„zgarishlar uchun 3.1 tenglama differensiallanadi: 
(3.2) 
3.3. Ichki energiya. Entalpiya. 
Izolirlangan sistemadagi atom va molekulalar va ularning bir-biriga ta`siri 
natijasida vujudga kelgan turli ko„rinishdagi energiyalar yig„indisi doimiy bo„lib, 
ichki energiya (yashirin energiya) deyiladi. Boshqacha qilib aytganda, 
molekulaning ilgarilama va aylanma harakati, atom va atomlar giruhining 
tebranma harakati, elektronlarning orbitallardagi harakatining energiyasi, yadro 
energiyasi va boshqa xil energiyalar yig„indisi ichki energiyani tashkil qiladi. 
Ichki energiyaning haqiqiy qiymatini o„lchash mumkin emas, uni 
o„lchaydigan qurilma ham yo„q. Jarayon natijasida ichki energiyaning o„zgarishini 


Download 4.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling