O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta`lim
Download 4.15 Mb. Pdf ko'rish
|
Физик ва коллид химия. Дарслик
Kristallanish issiqligi (uning aksi suyuqlanish issiqligi) – 1 mol modda
kristallanganda (suyuqlanganda) ajralib chiqadigan yoki yutiladigan issiqlik miqdori. Bug‘lanish issiqligi (uning aksi kondensatlanish issiqligi) – 1 mol modda bug„langanda (kondensatlanganda) ajralib chiqadigan yoki yutiladigan issiqlik miqdori. Integral erish issiqligi – 1 mol modda qandaydir miqdordagi toza erituvchida eriganda ajralib chiqadigan yoki yutiladigan issiqlik miqdori (entalpiya o„zgarishi). Erish issiqligi erituvchining mollar soniga bog„liq va ma‟lumotnomalarda keltiriladi. Qattiq modda biror erituvchida eritilganda 58 quyidagi jarayonlar sodir bo„ladi: kristall panjaraning buzilishi, solvatlanish yoki gidratlanish, diffuziya. Modda kristall panjarasining buzilishi issiqlik yutilishi bilan sodir bo„ladi. Solvatlanish – erituvchi molekulalarning modda parchalanganda hosil bo„ladigan zarrachalar bilan ta‟sirlashuviga aytiladi. Agar erituvchi suv bo„lsa, bu jarayon gidratlanish deyiladi. Solvatlanish yoki gidratlanish natijasida moddaning barcha zarrachalari erituvchi molekulalari qurshovida joylashadi. Bu jarayon issiqlik ajralib chiqishi bilan sodir bo„ladi. Erish issiqligining ishorasi kristall panjaraning buzilish va solvatlanish energiyalarining nisbatiga bog„liq. Agar kristall panjarani buzilish energiyasi solvatlanish energiyasidan ko„proq bo„lsa, erish jarayoni issiqlik yutilishi bilan sodir bo„ladi, ya‟ni mubat bo„ladi ΔH>0. Aksincha solvatlanish energiyasi kattaroq bo„lsa, erish jarayoni issiqlik ajralib chiqishi bilan sodir bo„ladi va manfiy ishoraga ega bo„ladi ΔH<0. 3.6. Kimyoviy reaksiyalarning issiqlik effekti. Gess qonuni. Issiqlik sig„imi. Kimyoviy reaksiyalarning issiqlik effekti deb o„zgarmas bosim yoki hajmda sodir bo„ladigan kimyoviy reaksiyalar vaqtida ajralib chiqadigan yoki yutiladigan issiqlikning maksimal miqdoriga aytiladi. Bunda reaksiyaga kirishuvchi moddalar va reaksiya mahsulotlari bir xil temperaturaga ega hamda kengayish ishidan boshqa turdagi ish mavjud emas deb hisoblanadi. Kimyoviy reaksiya vaqtida reaksiyaga kirishuvchi moddalar tarkibidagi kimyoviy bog„lar uziladi, buning uchun energiya sarflanadi. Reaksiya maxsulotlarida yangi bog„lar hosil bo„ladi, bunda energiya ajralib chiqadi. Bog„larni uzish uchun sarflanadigan energiya yangi bog„lar hosil bo„lishida ajralib chiqadigan enegiyadan ko„p bo„lsa, reaksiya endotermik bo„ladi. Aksincha bo„lganda ekzotermik reaksiya sodir bo„ladi. Kimyoviy reaksiyalarning issiqlik effektlari ham ayrim reaksiyalarning yoki jarayonlarning nomlari bilan nomlanishi mumkin. Hosil bo‘lish issiqligi (uning aksi parchalanish issiqligi) – oddiy moddalardan 1 mol murakkab modda hosil bo„lganda (1 mol murakkab modda oddiy moddalarga parchalanganda) ajralib chiqadigan yoki yutiladigan issiqlik miqdori. Hosil bo„lish issiqligi termokimyoviy hisoblarda muhim ahamiyatga ega, kimyoviy reaksiyalarning issiqlik effekti aynan hosil bo„lish issiqligi bilan bog„liq. Ko„plab murakkab moddalarning hosil bo„lish issiqliklari ma‟lumotnomalarda keltirilgan. Yonish issiqligi – 1 mol modda yonganda ajralib chiqadigan issiqlik miqdori. 59 Neytrallanish issiqligi vodorod va gidroksil ionlaridan 1 mol suv hosil bo„lishining issiqlik effektiga aytiladi. Kuchli asos va kuchli kislotalar neytrallanganda neytrallanish issiqligi deyarli bir xil bo„ladi. Kuchsiz asos yoki kuchsiz kislotaning neytrallanishi ularning ma‟lum issiqlik effektiga ega bo„lgan dissotsilanish bilan sodir bo„ladi. SHuning uchun bu xolda neytarllanish issiqligi ionlardan suv hosil issiqligidan farq qiladi. Turli xil reaksiyalarning issiqlik effektlarini solishtirish va termokimyoviy hisoblarni bajarish uchun standart sharoitdagi issiqlik effekti tushunchasi kiritilgan. Standart sharoit sifatida normal atmosfera bosimi P Download 4.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling