О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim


Lаhzаli, sensоr (ikоnik, exоik) qisqа muddаtli, uzоq muddаtili


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/10
Sana04.02.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1165710
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
G`ULOMXASANOV ASLIDDIN kurs ishi

1. 2. Lаhzаli, sensоr (ikоnik, exоik) qisqа muddаtli, uzоq muddаtili, 
оperаtiv vа оrаliq xоtirа.
Xotiraning boshqa turlariga qaraganda, harakat xotirasi ba’zi odamlarda aniq, 
ravshan ustunlik qilayotganligi uchrab turadi. Psi-xologiya fanida klassik (mumtoz) 
misolga aylanib qolgan ushbu holat-ni keltirib o‘tish maqsadga muvofiqdir; bir 
musiqa ishqibozi mu-siqiy asarni xotirasida mutlaqo qayta tiklay olmas ekan, lekin 
u yaqindagina eshitgan operani faqat pantomima tarzidagina qayta tiklash 
imkoniyatiga ega bo‘lgan. Turmushda shunday odamlar uchray-diki, ular o‘zlarida 
harakat xotirasining borligini umuman payqa-maydilar. Mazkur xotira turining 
g‘oyat katta ahamiyati shundan ibo-ratki, u yurish, yozish, ifodali harakat malakalari 
bilan bir qator-da har xil amaliy mehnat malakalari tarkib topishining asosini tashkil 
qiladi. Agarda insonda harakat xotirasi bo‘lmaganda edi, u bironta harakatni amalga 
oshirish uchun o‘sha harakatning aynan o‘zini har galda «boshdan boshlar», 
o‘rganar edi. Figurali uchish, langar bilan sakrash, gimnastika, chopishdagi xatti-
harakatlar, badiiy gim-nastika bilan shug‘ullanish harakat xotirasini taqozo etadi. 
Jis-moniy chaqqonlik, mehnatdagi mahorat, «oltin qo‘llar», ziyrak ko‘zlar, 
egiluvchanlik va qo‘zg‘atuvchanlikka ega bo‘lish yuksak, barqaror hara-kat xotirasi 
mavjudligining alomati bo‘lib hisoblanadi. His-tuyg‘u yoki hissiy xotira. Bu xotira 
his-tuyg‘ular, ruhiy ke-chinmalar, hissiyotlar bizning ehtiyojlarimiz va 
qiziqishlarimiz qanday qondirilayotganligidan, atrofimizdagi narsa va hodisalar-


11 
ning xususiyatiga nisbatan munosabatlarimiz qay tarzda amalga oshi-
rilayotganligidan doimo xabar berib turish imkoniyatiga ega. Shu-ning uchun har bir 
kishining hayoti va faoliyatida hissiy xotira turi juda katta ahamiyat kasb etadi. 
Voqelikdagi narsa va hodisalardan o‘z-o‘zimizga bo‘lgan munosa-batlarimizdan 
kelib chiqadigan yoqimli hamda yoqimsiz kechinmalar-ni esda qoldirish, esga 
tushirishdan iborat xotira turi hissiy xo-tira deb ataladi. Ular biz ruhiyatimizda 
kechirgan, ma’naviyatimizga ta’sir qiluvchi, xotiramizda saqlanib qolgan his-
tuyg‘u, ehtiros, alam, armon kabilar jonlanishiga, harakatga undovchi yoki 
o‘tmishda salbiy kechinmalarga ega bo‘lgan harakatlardan saklab turuvchi signal 
tarzi-da namoyon bo‘ladi. O‘zga kishilarning ruhiy holatiga hamdard (empa-tiya) 
bo‘lish, bevosita voqelik mohiyatiga oshnolik, kitob, san’at, kino, teatr qahramonlari 
bilan birgalikda qayg‘urish singari inson tuyg‘ulari hissiy yoki his-tuyg‘u xotirasiga 
asoslanadi. Hissiy xotira o‘zining vujudga kelish xususiyati, tezligi, dina-mikasi
davomiyligi bilan xotiraning boshqa turlaridan ma’lum ma’noda ajralib turadi. Har 
qaysi odamga o‘z turmush tajribasidan ma’lumki, ko‘pincha qachonlardir o‘qigan 
kitoblardan, tomosha qil-gan kinofilmlardan, spektakllardan faqat «taassurotlar» 
bog‘la-nishlari zanjirini yechishning dastlabki tuguni sifatida namoyon bo‘ladi. 
Shuning uchun hissiy (xotira ijtimoiy ahamiyat kasb etib, umumiylik alohida olingan 
odamlar kayfiyatlari bir-birlariga o‘xshashligi iliq ruhiy muhitni vujudga keltirish 
yoki noxush ke-chinmalar to‘lqinini barpo etish ehtimoli to‘g‘risida mulohaza yuri-
tilayotganligi ayon bo‘lsa kerak) alomati ostida ijtimoiy, guruhiy, jamoaviy barqaror 
yoki beqaror kayfiyatni vujudga keltiradi. Om-maviy kayfiyat (shodlik, g‘am-
g‘ussa, bezovtalanish kabilar) xuddi shu tarzdagi ehtiros, affekt, stress, shijoat 
singari kechinmalarni kel-tirib chiqaradi hamda ularni xotirada saqlanishga yordam 
beradi, zaruriyat tug‘ilganda jonlanishga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Obrazli xotira. 
Obrazli xotira tasavvurlar va turmush manzara-lari, shuning bilan birga, tovushlar, 
ta’mlar, ranglar, shakllar bilan bog‘liq bo‘lgan xotira turidir. Obraz xotirasi deb, 
yaqqol maz-munni, binobarin narsa va hodisalarning aniq obrazlarini, ularning 
xususiyatlari va bog‘lanishlarini esda qoldirish, ongda mustah-kamlash hamda 
zaruriyat tug‘ilganda esga tushirishdan iborat xotira turiga aytiladi. Psixologiya 


12 
fanida obrazli xotiraning bir nechta turlari ajra-tib ko‘rsatiladi, biz ularning 
ayrimlariga tavsif beramiz.
Izchil obrazlar. Sensor xotiraning eng sodda ko‘rinishi yoki shakli izchil 
obrazlardan iboratdir. Izchil obrazlarning namoyon bo‘lish hodisasi quyidagilardan 
tuzilgandir: agar subyekt (shaxs)ga bir necha daqiqa oddiy qo‘zg‘atuvchi yuborilsa
jumladan, 10—15 sek. yorqin qizil kvadratga qarab turish taklif etilsa, so‘ng 
tekshiriluvchi oldidan kvadrat olib qo‘yilsa, u qizil kvadrat o‘rnida xuddi shunday 
geomet-rik shakl izini ko‘rishda davom etadi, asosan, bu shakl ko‘k-yashil rangda 
tovlanadi. Mazkur iz o‘sha zahoti, ba’zan bir necha sekunddan keyin paydo bo‘lib, 
15 sekunddan to 45—60 sekundgacha o‘sha obyektda sakdanib turadi, shundan 
so‘ng u asta-sekin oqara boshlaydi; natija-da o‘zining aniq konturini yo‘qotadi, 
keyinchalik mutlaqo yo‘qolib ketadi, goho butunlay yo‘qolish uchun qaytadan 
paydo bo‘lishi mum-kin. Odamlarning individual-tipologik xususiyatlariga qarab, 
iz-chil obrazlarning aniqligi va davomiyligi turlicha bo‘lishi ko‘zga tashlanadi. 
O‘zining kelib chiqishi, kuchliligi jihatdan izchil obrazlar sal-biy va ijobiy turlarga 
bo‘linadi. Agar izchil ravishda odam qizil rangga qarab turib, so‘ngra nigohini oq 
qog‘ozga ko‘chirsa, u holda obyektda ko‘k-yashil rang paydo bo‘lganday tuyuladi. 
Izchil obrazlar-ning ushbu turi salbiy izchil obrazlar deb ataladi. Bu holatni yana bir 
misol orqali tushuntirilsa quyidagi ketma-ketlik hodisasi namoyon bo‘ladi. Qorong‘i 
xonada ko‘z oldida bir narsa, masalan, qo‘l yaqinlashtirilsa, so‘ngra qisqa muddatli 
(0, 5 sek) elektr chirog‘i yoqilsa, bu holda chiroq o‘chgandan keyin odam bir necha 
daqiqa davo-mida narsalarning aniq obrazlarini ko‘rishda davom etadi. Mazkur 
obraz o‘z rangida bir qancha muddat saqlanib, so‘ng ko‘zdan yo‘qoladi. Izchil 
obrazlar xotira jarayonining sodda izlariga misol bo‘la oladi. Ushba ruhiy holatni 
ong bilan boshqarib bo‘lmaydi, chunonchi, xohishlarga qarab uzaytirish, ixtiyoriy 
ravishda qayta tiklash mum-kin emas. Binobarin, izchil obrazlar ushbu xotiraning 
murakkabroq turlaridan ana shu jihati bilan farq qiladi. Izchil obrazlarni eshitish, teri 
orqali sezishda kuzatish mum-kin, lekin bu vaziyatda izchil obrazlar kuchliroq 
namoyon bo‘lishi va qisqa muddat davom etishi kuzatiladi. Eydetik obrazlar. 


13 
Umumiy psixologiyada izchil obrazlardan eyde-tik obrazlarni farqlash an’ana tusiga 
kirgan («eydos» — yunoncha «obraz» degan ma’noni anglatadi). Xotiraning bu turi, 
ya’ni eyde-tik obrazlar o‘z vaqtida nemis psixologiya maktabining namoyandala-ri 
aka-uka Yyenishlar tomonidan ta’riflab berilgan. Ba’zi odam-larda, ayniqsa, bolalik 
va o‘smirlik, o‘spirinlik davrlarida kuza-tilgan narsa yoki suratlar ko‘z o‘ngidan olib 
qo‘yilsa ham surat siymosi uzoq vaqt saqlanish xususiyatiga ega. Mazkur narsa va 
jismlarning aniq obrazlari, tasvirlarini ku-zatish mumkin. Bu hodisa jahon 
psixologiya fanida tajribada tek-shirilib ko‘rilgan. Tajribada tekshiriluvchiga 3-4 
daqiqa davomida rasm ko‘rsatilgan va tasvir olib qo‘yilgandan so‘ng uning tarkibiy 
qismlari, tuzilishi haqida qatnashchilarga savollar berilgan. Bu jarayonda ayrim 
tekshiriluvchilar bironta savolga javob bera olma-gan bo‘lsalar, aniq eydetik 
obrazga ega bo‘lgan ishtirokchilar esa rasm-ni ko‘rishda davom etayotganday har 
bir savolga aniq javob berishga erishganlar. Tajribalarning ko‘rsatishiga qaraganda, 
eydetik obrazlar uzoq vaqt inson ongida saqlanishi mumkin. Mabodo ularning izlari 
yo‘qo-lib ketgan bo‘lsa ham, lekin hech qanday qiyinchiliksiz uning siy-mosi qayta 
tiklanishi mumkin. Sobiq sho‘ro psixologiyasi fanida eydetik obrazlarning namoyon 
bo‘lishi hodisasi (yorqin eydetik xotiraga ega bo‘lgan kishining psi-xologik 
xususiyatlari) A. R. Luriya tomonidan ko‘p yillar davomida o‘rganilgan. Eydetik 
xotiraning individual-tipologik xususiyatla-ri chuqur ta’riflab berilgan. Eydetik 
obrazlar harakatchanlik xusu-siyatiga ega bo‘lib, subyektning oldiga qo‘yilgan 
vazifa va uning tasavvurlari ta’siri ostida o‘zgarishi mumkin. Aka-uka Yyenishlar 
tomonidan o‘tkazilgan oddiy tajribada eyde-tik xotiraga ega bo‘lgan tekshiruvchiga 
olma va undan sal uzokroqda joylashgan ilgak tasvirlangan rasm ko‘rsatilgan. Rasm 
o‘rtadan bo‘lib qo‘yilgandan keyin tekshiruvchidan olmani olish istagi kuchayib 
borayotganligi so‘ralgan. Muayyan yo‘l-yo‘riq berilgandan keyin tekshi-riluvchi 
mana bunday holatni tasvirlab beradi: ilgak olmaga yaqin-lashib, uni iladi va 
ixtiyorsiz ravishda qatnashchi tomon tortadi. Xullas, eydetik obraz harakatchan 
bo‘lib, subyektning ruhiy ko‘rsat-masi ta’siri ostida sifat va mikdor o‘zgarishga yuz 
tutadi. Eydetik obrazlar, ilmiy tekshirishlarning ko‘rsatishicha, bolalik va o‘spi-


14 
rinlik davrlarida muayyan muddat hukm suradi va vaqtning o‘tishi bilan uning izlari 
asta-sekin so‘na boradi.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling