O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


O‘rta asrlar G‘arb va Sharq falsafasida


Download 5.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/315
Sana31.01.2024
Hajmi5.8 Mb.
#1829790
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   315
Bog'liq
Falsafa Asosiy o\'quv qo\'llanma Sh Madayeva va boshqalar 2019

O‘rta asrlar G‘arb va Sharq falsafasida “haqiqiy borliq” – “Xudoning 
borlig‘i” va “haqiqiy bo‘lmagan”, yani Xudo yaratgan borliq farqlanadi. Demak 
O‘rta asrlarda borliqning oliy asosi Xudodir, degan g‘oya ilgari surildi. Barcha 
barkamolliklar yig‘indisi sifatida Xudo mavjudlik xususiyatiga ham egadir, chunki 
mavjud bo‘lmagan mavjudot nomukammaldir. Binobarin, hamma narsaning 
1
Аристотел //Всемирная энциклопедия.-Т.: Современный литератор, 2001. – С.24. 


130 
mavjudligi Xudoda mujassamdir. Xudo borligi to‘g‘risidagi ontologik dalilning 
shiorlaridan biri ana shundan iboratdir. Unga ko‘ra, butun dunyoni bir joyga 
bo‘ysunish, quyi va oliyning subordinatsiyasiga asoslangan ierarxik tuzilmalar 
qamrab olgan. Bunda inson ruhi va ilohiy asosning o‘zaro tasiri masalasi bosh 
muammoga aylanadi.
Foma Akvinskiy ontologiyasida borliq ham ehtimol tutilgan, ham amalda 
mavjud deb qaraladi. Borliq - ayrim narsalarning mavjudligi, yani substansiyadir. 
Foma Akvinskiy imkoniyat va voqelik kabi kategoriyalar bilan bir qatorda materiya 
va shakl kategoriyalarini ilmiy muomalaga kiritadi. Bunda materiya imkoniyat 
sifatida, shakl esa – voqelik sifatida qaraladi.
Foma Akvinskiy Aristotelning shakl va materiya haqidagi asosiy g‘oyalaridan 
foydalanib, din haqidagi talimotni ularga to‘la bo‘ysundiradi. Materiya shaklsiz 
mavjud bo‘lmaydi, shakl esa oliy shaklga yoki «shakllarning shakli» - Xudoga 
bog‘liqdir. Xudo esa sof manaviy mavjudot. Shaklning materiya bilan birikuvi 
moddiy dunyo uchungina zarur. Boz ustiga materiya (Aristoteldagi kabi) passivdir. 
Unga shakl faol tus beradi. Foma Akvinskiy «ilohiy borliq», hamonki u o‘z-o‘zidan 
ravshan narsa emas ekan, tafakkurimiz anglashga qodir bo‘lgan narsalar orqali 
isbotlanishi lozim. U Xudo borligining hozirgi zamon katolik cherkovi ham 
foydalanuvchi o‘z dalil-isbotini taklif qiladi. Demak, o‘rta asrlarning borliq 
muammosi teotsentrik xususiyatga ega.

Download 5.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling