O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Sharqning buyuk mutafakkiri Forobiy


Download 5.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/315
Sana31.01.2024
Hajmi5.8 Mb.
#1829790
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   315
Bog'liq
Falsafa Asosiy o\'quv qo\'llanma Sh Madayeva va boshqalar 2019

Sharqning buyuk mutafakkiri Forobiy “Fuqarolik siyosati” va “Fozil 
shahar odamlari” asarida borliq va uning ibtidosi masalasi haqida fikr yuritadi. 
Forobiy borliq muammosini hal qilishda “vujudi vojib” va “vujudi mumkin”ning 
o‘zaro nisbatiga murojaat qiladi. Uning fikricha “vujudi vojib” barcha mavjud yoki 
paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan narsalarning birinchi sababi. Birinchi sabab sifatida 
u o‘zga turtkiga muhtoj emas. U mutloq borliq va donishmandlik ifodasi. “Vujudi 
mumkin” esa doimo o‘zgarishda, ziddiyatli munosabatlarda bo‘lib, unda barcha 
narsalar oddiydan murakkabga, tartibsizlikdan tartiblilikka qarab harakat qiladi. 
“vujudi vojib“ yaratgan eng buyuk voqelikdan biri inson aqlidir. U “Fuqarolik 
siyosati” asarida borliqni olti darajaga bo‘ladi: 
1. Birinchi holatdagi sabab. 
2. Ikkinchi holatdagi sabab. 
3. Uchinchi holatdagi aqli faol. 
4. To‘rtinchi holatdagi instinkt. 
5. Beshinchi holatdagi shakl. 
6. Oltinchi holatdagi materiya. Forobiy bu darajalarning har biriga tarif 
beradi. Keyin u “uchinchi aql” - aqli faolni tariflaydi. Unga ko‘ra, aynan “aqli 
faol”ga ko‘ra, insonning tabiiy, manaviy va ruhiy hayoti shakllanadi. 


131 
Forobiy dunyoning rang-barangligini tushuntirish uchun Aristotelning shakl 
va materiya haqidagi talimotidan foydalangan. Forobiy borliqning birinchi sababi va 
harakat manbai sifatida Xudo mavjud deb hisoblagan bo‘lsa-da, uning falsafasi 
bilish va borliqning murakkab masalalarini echishga intilish bilan tavsiflanadi. Ayni 
shu sababli faylasuf borliqning holatlarini, uning shakllarini: oddiy elementlar – 
havo, olov, er, suvni; shuningdek minerallar, o‘simliklar, hayvonlar, inson va osmon 
jismlarini sinchiklab o‘rganadi. Shu tariqa u tashqi dunyoning obektiv mavjudligiga 
urg‘u beradi. Forobiyning falsafiy qarashlari Sharq falsafasining rivojlanishiga 
kuchli tasir ko‘rsatdi.
Ibn Sino fikricha ham borliqning asosi “vujudi vojib” yani Ollohdir. Vujudi 
vojib bu birinchi mohiyat. Uning mavjudligi sababini boshqa narsalardan qidirish 
noo‘rin. Chunki birinchi sabab uning natijasi bo‘lgan xilma xil jarayonlarning 
mohiyatiga bog‘liq bo‘la olmaydi
1
. Zero vujudi vojibning mavjudligi uning o‘ziga 
bog‘liq. U yagona, abadiy mohiyat. Unda kamchilik va qusurlar bo‘lishi mumkin 
emas. Vujudi vojib doimiy faol, unda toliqish sustlik bo‘lishi mumkin emas. Vujudi 
vojib vujudi mumkinning yaratuvchisi. Vujudi mumkinning ichki mohiyati harakat 
bilan bog‘liq. Ibn Sinoning borliq haqidagi qarashlari keyingi mutafakkirlar ijodiga 
ijobiy tasir ko‘rsatdi. 

Download 5.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling