O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Download 5.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/315
Sana31.01.2024
Hajmi5.8 Mb.
#1829790
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   315
Bog'liq
Falsafa Asosiy o\'quv qo\'llanma Sh Madayeva va boshqalar 2019

Nemis klassik falsafasi «substansiya» (dunyoni tushunish zamirida yotuvchi, 
nisbatan barqaror va mustaqil holda mavjud mohiyat), «mutlaq «Men»ning erkin, 
sof faoliyati» (Fixte), «obektiv rivojlanuvchi g‘oya» (Gegel) kabi falsafiy 
kategoriyalarni qayd etib, borliq muammolari talqiniga yanada teranroq mazmun 
baxsh etdi. 
Jumladan Gegelning «Ruh fenomenologiyasi» asari falsafiy tizimga o‘ziga 
xos debochadir. Bu asarda Gegel inson ongi turli darajalari rivojlanishining izchil 
qatorini tahlil qiladi. 


133 
Gegel tizimining birinchi va muhim qismi 
– «Mantiq» «Ruh 
fenomenologiyasi»ning yakuni va xulosasidir. Bu subekt va obektga qadar mavjud 
bo‘lgan «sof fikr» sohasidir. Mantiqda uning o‘zi va mantiq shakllaridan tashqari 
hech qanday empirik mazmun mavjud emas. Mantiq tarix va tabiatdan oldin paydo 
bo‘lgan. Mantiq ularni yaratgan.
Mantiq uch qismga: borliq, mohiyat va tushuncha haqidagi talimotga 
bo‘linadi. Borliq va mohiyat tushuncha o‘zini to‘liq namoyon etgunga qadar 
«ko‘tariladigan» pillapoyalar sifatida qaraladi. «Mantiq»da mutlaq g‘oyaning 
rivojlanishi mavhum mantiqiy kategoriyalar ko‘rinishida yuz beradi. Uning tayanch 
nuqtasi – borliq haqidagi sof mavhum fikr. Dastlab mazmunsiz bo‘lgan bu «sof 
borliq» tushunchasi «nimadir» orqali o‘z mazmunini kasb etishga harakat qiladi. Bu 
«nimadir», o‘z navbatida, «muayyan borliq»dir. Gegel fikriga ko‘ra, mutlaq 
g‘oyaning vujudga kelish jarayoni ayni shu tariqa boshlanadi. «Muayyan borliq» 
keyingi bosqichda «qandaydir muayyan borliq» sifatida amal qiladi yoki sifat kasb 
etadi. Sifat kategoriyasi miqdor kategoriyasi bilan birga rivojlanadi. Sifatli miqdor 
yoki miqdoriy sifat esa o‘lchov hisoblanadi. Borliq haqidagi talimotda Gegel 
dialektika qonunlaridan biri: miqdordan sifatga va sifatdan miqdorga o‘tish, 
rivojlanish jarayonlari sakrash tarzida yuz berishini asoslashga harakat qiladi.
Hodisa sifatida tushuniladigan borliqdan Gegel yanada teranroq, ichki 
qonuniyatlarga – mohiyatga o‘tadi. Bu qismda Gegel qarama-qarshiliklarning bir-
biriga o‘tishi, ularning birligi, ayniyat va kurash to‘g‘risidagi qonunni tahlil qiladi. 
Gegel fikriga ko‘ra, ziddiyat – bu qarama-qarshiliklarning o‘zaro nisbatidir. Ular 
bir-birisiz mavjud bo‘lmaydi, lekin turli yo‘ldan rivojlanadi va bu ular o‘rtasidagi 
munosabatlarning keskinlashuviga sabab bo‘ladi. Ziddiyatni echish yoki unga chek 
qo‘yish talab etiladi. Gegel ziddiyatni asos va oqibatning, shakl va mazmunning
hodisa va mohiyatning, imkoniyat va voqelikning, tasodif va zaruriyatning o‘zaro 
nisbatida ko‘radi. Ziddiyat haqidagi talimotni rivojlantirar ekan, Gegel ichdan zarur 
bo‘lgan, har qanday o‘zgarish va rivojlanishning manbai sanalgan «o‘z-o‘zidan 
harakat» haqida xulosa chiqaradi.

Download 5.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling