O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Download 5.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/315
Sana31.01.2024
Hajmi5.8 Mb.
#1829790
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   315
Bog'liq
Falsafa Asosiy o\'quv qo\'llanma Sh Madayeva va boshqalar 2019

XX asrda borliqqa munosabat. XX asr borliqni tushunishni tarixiylik, 
insonning mavjudligi, qadriyatlar va til bilan bog‘lab, uning talqinini kengaytirdi. 
Neopozitivizm falsafiy yo‘nalishi esa, avvalgi ontologiya falsafaning emas, balki 
ayrim fanlarning predmeti deb hisoblab, falsafadagi borliq muammosini soxta 
muammo sifatida talqin qildi.
Borliq mohiyatini tushunib etishda eng yangi qarashning o‘zagini insonning 
ijtimoiy ijodi tashkil etadi. Bunda borliq hayot faoliyati jarayoni sifatida tushuniladi. 
Fan-texnika taraqqiyotining suratlari tobora jadallashib borayotgan hozirgi sharoitda 
mazkur dunyoqarash ko‘pincha texnokratik dunyoqarash deb ataladi.
Noklassik borliq. Noklassik falsafa dunyoning aqlga muvofiqligi, 
shuningdek inson ongining mustaqilligiga shubha bildirdi. Pozitivistlar umuman 
ontologiyani 
yaratishdan 
bosh 
tortdilar. 
Irratsionalizm, 
marksizm 
va 


134 
ekzistensializmda ontologik konsepsiyalar hayot, jamiyat va inson tushunchalari 
rivojlantirildi, ular borliqning noyob usullari sifatida tavsiflandi. Quyida noklassik 
falsafada borliqqa munosabatni tahlil qilamiz. 
Borliqning irratsionalistik konsepsiyasi. Falsafiy irratsionalizm asoschisi 
A.Shopengauer olamning aqlga muvofiqligi haqidagi tezisga shubha ko‘zi bilan 
qaraydi. Uning fikricha, borliqning o‘zi emas, balki bizning u haqdagi tasavvurimiz 
aqlga muvofiqdir, zero tasavvur – bu inson aqlining mahsulidir. Ammo tasavvur – 
bu hodisa, mohiyat darajasida esa dunyoni aqliy idrok etish mumkin emas. 
SHopengauer o‘zining «Dunyo intilish va tasavvur sifatida» deb nomlangan asarida 
dunyoning borlig‘ini ikki tarkibiy qismga – «yashashga intilish sifatidagi dunyo» va 
«inson tasavvuri sifatidagi dunyo»ga ajratadi. Uning fikricha, yashashga intilish 
haqiqiy borliqdir. Yashashga intilish ko‘r-ko‘rona va nooqilonadir, zero uning 
asosiy niyati – o‘z-o‘zini asrashdir. O‘z-o‘zini asrash instinkti – butun tiriklikning 
tabiiy xossasidir. Ammo Shopengauer romantiklarga ergashib, yashashga intilish 
dunyoning barcha narsalariga va umuman dunyoning o‘ziga xosdir, deb hisoblaydi. 
Dunyo haqidagi bunday mifopoetik tasavvur hayotda yana tariflar va tushunchalar 
tilida ifodalab bo‘lmaydigan o‘ziga xos tabiiy stixiyani ko‘rish imkoniyatini beradi.
Fridrix Nitsshe (1844-1900 ) borliqning ikki asosi: dionisiycha hayotiy asos 
va apolloncha bir yoqlama-intellektual asosni ajratgan va haqiqiy madaniyat bu 
asoslarni muvozanatga solishga harakat qilishi lozim, deb hisoblagan. Evropa 
madaniyati mazkur idealni ro‘yobga chiqara olmadi va inson borliq deganda 
stixiyali shakllanishni emas, balki tartibga solinganlikni tushunib, o‘z 
mavjudligining asosiy negizlaridan uzoqlasha boshladi. Vaholanki, hayot abadiy 
harakat va shakllanishdan iboratdir.
Hayotning mazmun va mohiyati hokimiyatga intilishda namoyon bo‘ladi. 
Bunday intilish butun tiriklikka xosdir. Unga intellektning hukmronligi, o‘z 
yaqiniga muhabbatni targ‘ib qiluvchi axloq va tenglikni elon qiluvchi sotsializm 
monelik qiladi. Bularning barchasi qullar axloqini tashkil etadi. To‘ralar axloqi esa 
hayotning qimmati, odamlar o‘rtasidagi tengsizlik hamda kuchning hukmronligiga 
asoslanishi lozim. Nitsshe «Xudo o‘ldi» degan tezisni ilgari suradi. Ushbu tezis 
yangicha axloqni shakllantirish zarurligini anglatadi. Nitsshe falsafasi XX asr 
falsafasining turli yo‘nalishlari: hayot falsafasi, pragmatizm va ekzistensializmga 
ulkan tasir ko‘rsatdi. 
Borliqning tarixiy konsepsiyasi. XIX asrda ijtimoiy borliq haqidagi talimot 
shakllandi. Unga ko‘ra, ijtimoiy borliq individning borlig‘iga nisbatan ham, ijtimoiy 
ongga nisbatan ham birlamchidir. Shunday qilib, bu davrda jamiyatga fizik borliqqa 
o‘xshash borliq sifatida qaralgan. Ayni shu sababli jamiyat ham tabiat qonunlariga 
o‘xshash aniq va shubhasiz qonunlarga bo‘ysunishiga bu davr mutafakkirlarining 
ishonchi komil bo‘lgan. Ijtimoiy borliq - bu moddiy borliq. U individlarning ishlab 
chiqarish-xo‘jalik faoliyati bilan belgilanadi. Ijtimoiy borliq qonunlari uning tarixiy 
rivojlanish jarayonida namoyon bo‘ladi. Jamiyat tarixi bu davrda ijtimoiy-iqtisodiy 
tuzumlar: ibtidoiy jamoa, quldorlik, kapitalizm va kommunizmning tadrijiy va 


135 
qonuniy ketma-ketligi sifatida talqin qilgan. Unga ko‘ra, har bir tuzum ishlab 
chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlarini o‘z ichiga olgan tegishli 
ishlab chiqarish usuli bilan belgilanadi.
Ishlab chiqarish kuchlari (bazis) – bu o‘zini o‘zi rivojlantirish va o‘z-o‘zidan 
murakkablashishga qodir bo‘lgan o‘ziga xos borliq. Evolyusionizm talimotlarida 
materiya, Spinozaning «yaratuvchi tabiati» kabi, mustaqil rivojlanish qobiliyatiga 
ega, moddiy ishlab chiqarish esa moddiy borliqning eng murakkab darajasi 
hisoblanadi. Bu erda materiya, moddiy borliq, shu jumladan moddiy ishlab chiqarish 
ijtimoiy organizmga o‘xshatiladi va unga hayot alomatlari tatbiq etiladi.
Ishlab chiqarish munosabatlari (bazisning ustqurmasi) formal borliq sohasiga 
kiradi. Ammo shakl tadrijiy rivojlanishga qodir emas, u faqat o‘zgarish jarayonida 
boshqa shakl bilan almashtirilishi mumkin. SHu sababli ishlab chiqarish 
munosabatlarining almashuvi «inqilobiy sakrashlar» tarzida kechadi. Bu sakrashlar 
ishlab chiqarish kuchlari bilan muvofiq kelishi ham (bu hol formatsion o‘sish 
davrida kuzatiladi), ularning rivojlanishiga to‘sqinlik qilishi ham mumkin. So‘nggi 
zikr etilgan holat ishlab chiqarish munosabatlarining yangi ishlab chiqarish 
kuchlariga muvofiq keluvchi yanada barkamolroq shakliga inqilobiy yo‘l bilan 
o‘tilishiga olib keladi. Bunda yangi ishlab chiqarish kuchlari eskilaridan mustaqil 
o‘sib etiladi. Masalan, feodal tuzumda kapitalistik ishlab chiqarish kuchlari mustaqil 
o‘sib etilgan va eski ishlab chiqarish munosabatlari bilan to‘qnashib, burjua inqilobi 
jarayonida yangi – kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlariga ega bo‘lgan. Ular 
ishlab chiqarishning kapitalistik usuli va ishlab chiqarish vositalariga bo‘lgan 
mulkdorlikning kapitalistik shakliga muvofiq keluvchi yangi qonunlar, yangi huquq, 
axloq va yangicha dunyoqarashni o‘z ichiga oladi. Borliqning ushbu konsepsiyasi 
tarixiy voqelikda o‘zini oqlamadi. 

Download 5.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling