O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Tasavvuf talimotida borliq muammosi


Download 5.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/315
Sana31.01.2024
Hajmi5.8 Mb.
#1829790
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   315
Bog'liq
Falsafa Asosiy o\'quv qo\'llanma Sh Madayeva va boshqalar 2019

Tasavvuf talimotida borliq muammosi. Tasavvufda oriflar va oshiqlar 
o‘zlarining poetik asarlarida va mifologik g‘oyalarida borliq haqidagi bilimlarini 
bayon etganlar.
Tasavvuf talimotida ontologiya birinchidan, ramz, majozlar, qiyoslarda o‘z 
ifodasini topadi. Ikkinchidan, ushbu ontologiya inson tafakkuriga emas, tuyg‘ularga 
yo‘nalgan, musiqa jo‘rligi, tasviriy sanat asarlarida namoyon bo‘lgan, “Aruz” 
vaznida bitilgan maqomlarda kuylangan. Uchinchidan, poeziya qalb faolligining 
mahsuli hisoblanadi va u asosan, tuyg‘ularga tasir etadi. Buni anglashning mantiqiy 
tafakkurdan yuqori shakli, deyish mumkin. Shu manoda poeziyani tushunish uchun 
ongning mantiqiy (nazariy) tafakkurdan yuqoriroq shakli – intellektual intuitsiya 
taqazo etiladi. Chiziqli (mantiqiy) tafakkurning yolg‘iz o‘zida esa, na intellektual va 
na estetik (hissiy) intuitsiya ishtirok etmaydi. Shu manoda A.Navoiy aytganidek, 
majozlar haqiqatga ancha yaqinroq. To‘rtinchidan, ramzlar, majozlar hammaga ham 
aytilishi mumkin bo‘lmagan bazi g‘oyalarni (sirlarni) muayyan odamlargagina 
etkazish vazifasini bajargan .
Tasavvuf talimoti vakillaridan biri Nasafiy ontologiyasi sof Vahdat nimaligini 
tushunishdan boshlanadi. Uning fikricha borliqning mohiyati bo‘lgan sof (musaffo) 
Vahdat (birlik), jism va ruhning manbaidir, u kitob va kalomning ham boshi
malakut (farishtalar) va mulk (moddiyat) olamlarining asosi, butun borliq va 
odamning manbaidir. Uni sufizmda jabarut, deb ataydilar (Jabarut – arab tilida 
«Buyuklik», ulug‘lik degan manolarni bildiradi). Mulk va malakutda bir jami 
narsalar Jabarutda (tezis holida) mavjud, deb ko‘rsatiladi (bu Aristotelning 
1
Ибн Сино Трактат о разделении // Классификации существующих вещей//Материалы по истории 
прогрессивной философии .-М.: 2003. –С. 56 


132 
«imkoniyat» kategoriyasida yoki potensiyada o‘z ifodasini topgan). Xullas Sharqda 
ontologiya masalasi Xudo borlig‘i bilan bog‘liq holda o‘rganiladi.

Download 5.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling