70.
Hukm
predmetga ma’lum bir xossaning, munosabatning xosligi
yoki xos emasligini ifodalovchi tafakkur shaklidir.
71.
Hunuklik
kishilarda noxushlik tuyg‘usini paydo qiluvchi, go‘zallik va
nafosatdan zavqlanishning ziddi bo‘lgan narsa-hodisalarni
inson ongida aks etishidir.
I
72.
Idealizm
olamning asosida ruh yoki g’oyalar (ideyalar) yotadi, dunyo
voqeligi va rivojida ideyalarni ustuvor deb ta’lim beradigan
falsafiy yo’nalish.
73.
Ijobiy hislatlar
Odob saqlash, rasm - odat bo‘lib qolagan odob
qoidalaridan chetga chiqmaslik hamda etika va estetika
talablarini
bajo
keltirishdir.
Odoblilik
samimiyatga
asoslangan bo‘lib, insonning boshqalarni hijolat qiladigan,
ranjitadigan yoki quvontiradigan narsalarning hammasini
anglab olishini, boshqalarning ehtiyoj – talablarini va
kechinmalarini tushuna bilishini shart qilib qo‘yadi.
Farosatli kishi noqulay vaziyat sodir bo‘lishini oldini
olishga intiladi. CHiroyli hatti – harakatlar qoidalarini
yodlab olib, unga odatlanish mumkin, lekin odob
qoidalarikishidan ko‘proq narsani talab qiladi. Odobga
o‘rganish uchun inson o‘zini boshqa inson o‘rniga qo‘yib
ko‘rishi kerak bo‘ladi. Farosatlilik jamiyatga, insonning
o‘ziga yoki birovga xavf tug‘dirmaydigan hollarda
boshqalarning ishiga aralashmaslikni talab qiladi.
74.
Ijtimoiy faollik
subektning jamiyat hayotida ongli holda mustaqil ishtirok
etishi, uning malum ijtimoiy–manaviy sohada vujudga
keladigan muammolarni hal etishga qaratilgan harakati.
75.
Ijtimoiy fikr
yuz berayotgan vaziyatlar, voqealar va xatti–harakatlarning
jamiyat
azolari
tomonidan
maqullanishi
yoki
maqullanmasligi: baholashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |