527
tendentsiyasini ta’minlaydigan,
muayyan qonuniyatlarga
asoslanadi. Imkoniyat narsa va hodisalar rivojlanish
jarayonining ichki birligini ifodalaydi va ularning
rivojlanish
shart-sharoitlarini,
sabablarini,
zaruriy
qonuniyatlarini, mohiyatini o’zida mujassamlashtirgan.
79.
Imperativ axloq
(lot.imperativus -farmon) Kant
etikasida axloqiy qonunni
tavsiflovchi asosiy tushuncha. Kant falsafiy talimotida
amaliy aqlni nazariy aqlga nisbatan ustun qo‘yiladi.
“Amaliy aql” deganda, keng manoda u etika,
davlat va
huquq nazariyasini, tarix falsafasi va dinni, antropologiyani;
tor manoda esa, axloqiy xulq atvor tamoyillari va
qoidalarini yaratuvchi aqlni tushunadi. Kant “Amaliy aql
tanqidi” asarida inson yaxshilik
va yomonlik haqida
qalbining hissiy ishtiyoqi va intilishlariga asoslanib emas,
aql zakovati yordamida xulosa chiqarish kerak,
degan
nazariyani o‘rtaga tashlaydi.
80.
In’ikos
kamida ikkita ob’ektning o’zaro ta’siri natijasida yuz
beruvchi jarayondir. Eng umumiy ma’noda, har qanday
predmetlarning u bilan ta’sirlashuvda bo’lgan
boshqa
predmetlarning ta’sirini muayyan tarzda aks ettirishi bilan
bog’liq xossasiga in’ikos deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: