O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti
Download 5.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Falsafa Asosiy o\'quv qo\'llanma Sh Madayeva va boshqalar 2019
Substansiya (lot. substantia – mohiyat, birinchi asos), narsalarning yagona
asosga egaligi, ularning kelib chiqishi bilan belgilangan umumiy va uzviy xossalari esa – atributlar (lot. attributum –xos bo‘lgan, qo‘shib olingan) degan g‘oyaga asoslanadi. SHunday qilib, biron-bir obektning borlig‘i deganda substansial borliq, yani obektning substansiyadan vujudga kelishi bilan belgilangan borliq tushunilsa, bu obektni mavjud deb hisoblash orqali biz unda muayyan atributlarning mavjudligini taxmin qilamiz (holbuki «sof borliq»dan bunday borliqning tabiati haqida biron-bir taxmin kelib chiqmaydi). Masalaga bunday yondashilganda borliq nima, degan savol substansiya nima, uning atributlari qanday, degan savolga aylanadi. Falsafa tarixida bu masala echimining turli variantlarini aks ettiruvchi ontologik konsepsiyalar taklif qilingan. Materialistik ontologiya borliqning asosi moddiy narsalar degan talimot bo‘lib, uni antik faylasuflar yaratgan. Fales butun borliqning birinchi asosi deb suvni, Anaksimen – havoni, Geraklit – olovni etirof etgan. Qadimgi talimotlar orasida Anaksimandr ontologiyasi alohida o‘rin egallaydi. Uning fikricha birinchi asos Cheksiz va sifat jihatidan nomuayyan bo‘lishi kerak, chunki unda narsalarning barcha konkret sifatlari (issiq va sovuq, namlik va quruqlik, achchiq va shirin va h.k.) aralash bo‘lishi lozim. Atomlar, efir, modda – bularning barchasi materiyani barcha narsalarning substansiyasi sifatida tushunishning turli variantlaridir. Idealistik ontologiya substansial borliqni «narsalar dunyosi» zamirida yotuvchi «g‘oyalar dunyosi» sifatida tasavvur qilingan bu g‘oya Platon falsafasida rivojlantirilgan. Din ontologiyasida Xudoning substansial borlig‘i tasdiqlanadi. Ekzistensializm ontologiyasida substansiya g‘oyasi insonga bevosita berilgan borliq - ekzistensiya kategoriyasi bilan bog‘liq. Bunda umid, qo‘rquv, g‘amxo‘rlik, vijdon va shu kabilar borliqning atributlari («ekzistensiallari») hisoblanadi. Dualistik xususiyatga ega bo‘lgan ontologik konsepsiyalarda ikki xil borliq va tegishli ravishda ikki substansiya farqlanadi (Dekart). Leybnits ontologiyasi ko‘p sonli substansial shakllar (monadalar)ning mavjudligini nazarda tutadi. Empirik yo‘nalish vakillari substansiya g‘oyasini tajribadan keltirib chiqarish mumkin emas, deb hisoblaydi. Berkli bizning sezgilarimiz ruhimizdan tashqarida «idrok etilmagan narsalar» mavjudligidan dalolat berishi mumkin emas, deb, moddiy substansiyani rad etgan. Yum Berklining ayni shu fikrini manaviy substansiyaga nisbatan ham tatbiq etgan. Uning fikricha, substansiyaning umumiy (moddiy substansiya ham, manaviy substansiya ham) g‘oyasi xayolot mahsulidan boshqa narsa emas. Biz ayrim narsalarni idrok etamiz, lekin hech qachon ularning o‘rtasidagi sababiy aloqani idrok etmaymiz. Substansiya shunday bir nomki, uning ostida biz o‘zaro bog‘lanmagan ro‘yolarni birlashtiramiz. D.Yum substansiyani umuman borliq tushunchasiga tatbiq etadi. Yum, “Bizning sezgilarimizdan tashqarida biron-bir narsa mavjud yoki mavjud emasligini so‘rash befoydadir. Biz tashqi dunyo mavjud, yani bizga bog‘liq bo‘lmagan va uzluksiz borliqqa ega 145 ekanligiga ishonishimiz mumkin, lekin u mavjud ekanligini isbotlay olmaymiz. Mavjud bo‘lgan narsa mavjud bo‘lmasligi ham mumkin... Butun mavjudlikning mavjud emasligi uning mavjudligi kabi aniq va ravshan g‘oyadir» 1 , deb yozadi. Ammo Berkli va Yum mohiyat etibori bilan shunday bir ontologik konsepsiyani rivojlantirganki, unda substansiya rolini uning «surrogati» - subektda tug‘ilgan sezgilar oqimi o‘ynaydi. Download 5.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling