O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Download 5.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/315
Sana31.01.2024
Hajmi5.8 Mb.
#1829790
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   315
Bog'liq
Falsafa Asosiy o\'quv qo\'llanma Sh Madayeva va boshqalar 2019

o‘lchovi. Sadi Karno 1829 yilda tariflagan termodinamikaning ikkinchi qonuni berk 
tizim yuz berish ehtimoli oz bo‘lgan holatdan o‘zining eng ko‘p ehtimol tutilgan 
holatiga intilishini ko‘rsatadi. Buni tushunishga kundalik hayotdan olingan quyidagi 
misol yordam berishi mumkin. Agar suvi qaynab turgan choynakni olovdan olsak, 
uning qizishi davom etmaydi, (yuz berish ehtimoli oz bo‘lgan holat), balki soviydi 
(eng ko‘p ehtimol tutilgan holat). Ammo qonun berk tizimlarga, yani o‘zini 
qurshagan muhit bilan energiya almashmaydigan tizimlarga mo‘ljallangan, bu esa 
ulkan kuchga ega abstraksiyadir, chunki dunyoda aksariyat tizimlar berk emas. 
Termodinamikaning ikkinchi asosi berk tizim sifatida talqin qilingan Olamga 
nisbatan tatbiq etilganida, hisob-kitoblar barcha energetik jarayonlar bir yo‘nalishda 
yuz berishi lozimligini ko‘rsatdi. Energiyaning o‘zgarish jarayonlarini tavsiflovchi 
fizik kattalik sifatidagi entropiya o‘sib bordi. Boshqacha aytganda, aql bovar qilmas 
xaos yuzaga keladi. Energiyaning barcha turlari issiqlik energiyasiga aylanadi va 
so‘ngra makon bo‘ylab tarqalib ketadi. Olam soviy boshladi. Mutlaq issiqlik 
muvozanatining yuzaga kelishi Olamning issiqlikdan o‘lishini anglatadi.
Bu qoidalarning mohiyati harakat shakllarining sifat rang-barangligi yo‘q 
bo‘lishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini, yani energiyaning rang-barang turlari issiqlik 
energiyasiga aylanishi mumkin emasligini ko‘rsatishdan iborat edi. Aslida Olamning 
issiqlikdan o‘lishi konsepsiyasi tabiiy ilmiy nuqtai nazardan ham asossiz edi. 
Termodinamikaning ikkinchi asosini butun Olamga nisbatan tatbiq etish imkoniyati 
uning tuzilishini erkin faraz qilishni, xususan, uni berk deb tasavvur qilishni nazarda 
tutadi. Lekin Olam berk tizim emas, u zarralar va elementlarning Cheksiz
miqdoridan tashkil topgan, shu bois mutlaq termodinamik muvozanat holati unga 
mos kelmaydi.
Energiya turlarining hozirgi tipologiyasi yo moddiy tashuvchilar – mexanik, 
issiqlik, kimyoviy tashuvchilarni hisobga olgan holda, yo ularning o‘zaro tasirlari 
turi – elektromagnit yoki gravitatsion o‘zaro tasirga ko‘ra tuziladi. Mexanik energiya 
kinetik (harakatlanuvchi jismlar tezligiga bog‘liq) va potensial (jismlar holatiga 
bog‘liq) energiyaga bo‘linadi. Termodinamikada erkin va bog‘liq energiya 
farqlanadi. Bazan tashqi va ichki energiya to‘g‘risida so‘z yuritiladi. Tashqi 
energiya deganda mexanik energiya, ichki energiya deganda esa to‘liq energiyaning 
butun qoldig‘i tushuniladi. 
Fandaruhiy energiya tushunchasi qo‘llanilib, ruhiy energiya inson tanasining 
barcha hujayra va azolariga singib, u erda muayyan tartib, garmoniya yoki 
disgarmoniya o‘rnatadi, degan talimotga asoslanadi. Bunda inson toliqish his etib, 
hattoki depressiya holatiga ham tushadi. Insonning ruhlanishi, hattoki, go‘zalligi 


143 
ham ruhiy energiya bilan bog‘lanadi. German Gesse «Sharqqa sayohat» asarida agar 
odam ahamiyatsiz ishlar bilan uzoq vaqt shug‘ullansa, bu uni qo‘zg‘atishi va unga 
kuch berishini qayd etgan. Binobarin, ahamiyatsiz ishlar bilan shug‘ullanganda 
hayot energiyasi tiklanadi. Fanda bazilar buni relaksiyalash qonuni deb nomlaganlar. 
Ammo ruhiy energiya sohasi hozirgacha fanda yaxshi o‘rganilmagan. Ruhiy 
energiya dunyo va hayotning barcha holatlaridan tasirlanadi yoki tebranadi.
Ezoterika ananasida ruhiy energiyaning boshqa muhim xossasiga, xususan, u 
makonda qatlam hosil qilishi, insonni qurshagan hamma narsalarga o‘tirib, 
cho‘kindi hosil qilishiga etibor qaratiladi. Inson nafaqat kosmik energiyani 
to‘plovchi, balki uning kuchli tarqatuvchisi hamdir. Shu bois ruhiy energiya 
tashuvchisi – inson qanday bo‘lsa, uning narsalari ham shunday bo‘ladi. Ruhiy 
energiya qatlamlarining saqlanish yoshi muammoli hisoblanadi. Uni asrlar ham, 
masofa ham yo‘q qila olmaydi, u ming yilliklar osha yashaydi. Rivoyatlarga 
qaraganda, atlantlar, misrliklar, xaldeylar ruhiy energiyaning mazkur xossasidan 
foydalanishgan. Ular muayyan sifatli narsalarga ruhiy energiyani qavat-qavat qilib 
to‘plaganlar, bu energiya boshqalarga kerakli darajada tasir ko‘rsatishi lozim 
bo‘lgan. Bunday narsalar terafimalar yoki dam solingan narsalar deb atalgan, ularda 
energiya qatlamlari to‘planishi jarayonida muayyan duo o‘qilgan.
Bugungi kunda fikr va tasavvur energiyasini hech kim inkor etmasa kerak. 
Aksincha, zamondoshimiz bu hodisani o‘z hayot tajribasidan olingan misol bilan 
tasdiqlashga harakat qiladi. Shunga qaramay, «nozik daraja»dagi rang-barang 
energiya hodisalarining amal qilish mexanizmlarini tushuntirishga urinishlar, asosan, 
ezoterikaga oid adabiyotlarda uchraydi.
Ruh va materiya, hayot va o‘lim, yaxshilik va yomonlik kabi mutlaqo qarama-
qarshi sohalar (oliy ziddiyatlar)ga duch kelinganida, ularni neytrallashtirish, yani 
uchinchi bog‘lovchi narsani yaratish imkoniyati nazarda tutiladi. SHu tariqa 
«energiya» tushunchasi qadimgi germetizm talimotida ruh – materiya ziddiyatida 
o‘rtadagi bog‘lovchi sifatida namoyon bo‘ladi. Shu asosda butun oraliqdagi 
narsalar astral, birinchi va uchinchisi esa mental va fizik deb ataladi. Shunday qilib, 
germetizm talimotiga ko‘ra, energiyani o‘rganish astrallik holatini o‘rganish va 
bilish demakdir.
Manaviy rivojlanish ichki manaviyat, inson manaviyatini bilish, anglash va 
namoyon etishni anglatadi. Ruhiy energiyani sinovchi sabr-toqatli va ezgu niyatli 
bo‘lishi kerak. U shikoyat qilishi va tushkunlikka tushishi mumkin emas.
Ezoterika namoyandalari ruhiy energiya o‘ta nozik bo‘lgani uchun u bilan o‘ta 
nozik darajada muomala qilish lozimligini takidlaydi. Oliy energiya bilan muomala 
qilish ancha jiddiy muammodir. Ruhiy energiya kuchi olov qudrati bilan barobar 
ekanligini unutmaslik kerak. Birinchidan, bunday qudratli energiyani asrash lozim. 
Ikkinchidan, o‘z tafakkurini nafaqat harakatga keltirish, balki harakatdan tiyish 
uchun ham boshqara olish zarur. Uchinchidan, oqilona sarflangan ruhiy energiya 
o‘rni darhol to‘ldirilishini etiborga olish lozim.


144 

Download 5.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling