O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Plyuralizm(lot. – ko‘plik, ko‘p xillik, ko‘p sonlik)


Download 5.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/315
Sana31.01.2024
Hajmi5.8 Mb.
#1829790
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   315
Bog'liq
Falsafa Asosiy o\'quv qo\'llanma Sh Madayeva va boshqalar 2019

Plyuralizm(lot. – ko‘plik, ko‘p xillik, ko‘p sonlik) dunyoning negizida ikkita 
emas, balki undan ko‘proq mohiyat borligini tan oluvchi talimot. (Bu atamani 
falsafaga X.Volf 1712 yilda taklif qilgan).
Leybnitsning «monadologiyasi», yani monadalar haqidagi talimoti 
plyuralizmning klassik ko‘rinishi hisoblanadi. Ushbu talimotga ko‘ra, dunyo son-
sanoqsiz ruhiy substansiyalardan tashkil topadi. Ammo, plyuralistik yondashuvning 
bundan oldinroq ilgari surilgan ko‘rinishlari ham mavjud. Masalan, Empedokl 
yaratgan dunyoning to‘rt asosi haqidagi talimot plyuralistik ontologiyaning 
turlaridan biri sifatida amal qiladi. Bazan plyuralizmga mustaqil talimot sifatida 
emas, balki dualizmning o‘zgargan ko‘rinishi sifatida qaraladi. Lekin plyuralistlar 
o‘z nazariyasining asosiy vazifasini dualistik munozaralarda echimini topmagan ruh 
va tabiat o‘rtasidagi qarama-qarshilik masalasidan farq qiladi, deb biladilar. 
Substansiyani barcha o‘zgarishlarning sababchisi va (causa sui) o‘z-o‘zining 
sababchisi sifatida tushunish I.Kant tomonidan qabul qilinib, yuksak baholangan. U 
substansiyani «hodisalarning vaqtdagi barcha munosabatlarini aniqlashga yordam 
beruvchi o‘zgarmas asos»
1
, deb tariflagan. Uningcha, substansiya har qanday tajriba 
va har qanday idrok etishning asosiy shartidir. U barqaror holatda bo‘ladi, har 
qanday mavjudlik va vaqtdagi o‘zgarish uning modusi, yani o‘zgarmas narsaning 
mavjudlik usuli sifatida qaralishi mumkin.
Hozirgi zamon falsafasida substansiya kategoriyasining ontologik mazmuni 
o‘zaro tasir sifatida tushuniladi. Chunki aynan o‘zaro tasir dunyo yaralishining 
haqiqiy va pirovard sababchisi – narsalarning causa finalisi hisoblanadi. Narsalarni 
1
Кант И. Критика чистого разума. –М.: 1996. –С.47 


148 
substansiyalilik nuqtai nazaridan o‘rganish ularning mavjudligini ichki sabablar va 
o‘zaro tasirlar nuqtai nazaridan yoritish, demakdir. Shu manoda substansiyani ichki 
birlik nuqtai nazaridan, uning Cheksiz va rang-barang o‘zgarishlaridan qatiy nazar 
qaraladigan obektiv borliq sifatida, harakatning barcha shakllari, mazkur harakat 
jarayonida yuzaga keluvchi va yo‘q bo‘luvchi tafovut va qarama-qarshiliklar nuqtai 
nazaridan yondashiladigan materiya deb tariflash mumkin. 
Shunday qilib, substansiyaning xususiyatlari qatoriga quyidagilarni kiritish 
mumkin: 
- o‘z-o‘zini belgilash (o‘z-o‘zining sababchisi hisoblanadi, uni yaratib va yo‘q 
qilib bo‘lmaydi); 
- universallik (hech narsaga bog‘liq bo‘lmagan, barqaror, o‘zgarmas va 
mutlaq birinchi negizni ifodalaydi); 
- kauzallik (barcha hodisalarning umumiy sababiy bog‘liqligini o‘z ichiga 
oladi); 
- yagonalik (birinchi negizning yagonaligini nazarda tutadi); 
- yaxlitlik (mohiyat va mavjudlikning birligini ko‘rsatadi).
Falsafada «Substansiya» kategoriyasiga «substrat» (lot. – to‘shama, negiz) 
tushunchasi yaqin turadi, deb qaraladi. Substrat borliqning eng quyi va asosiy 
qatlami sifatida tushuniladi. Qadimgi atomistik talimotlarda atomlar ana shunday 
asos hisoblangan. Har qanday substrat muayyan vujudga kelish jarayonining o‘ziga 
xos xususiyatini ifodalaydi. Hozirgi talqinda, malum fizik jarayonlarning substrati 
sifatida elementar zarralar va fundamental (kuchli, kuchsiz, elektromagnit va 
gravitatsion) o‘zaro tasirlar amal qiladi. Turli moddalarning hosil bo‘lish va 
o‘zgarish jarayonlarida o‘zining barqaror holatini saqlab qoluvchi atomlar kimyoviy 
jarayonlarning substrati sifatida namoyon bo‘ladi. Elementar «hayot birliklari» 
sifatida amal qiluvchi nuklein kislotalar (DNK va RNK) va oqsil moddalarning 
molekulalari biologik jarayonlar substrati bo‘lib xizmat qiladi. Barcha ijtimoiy 
o‘zgarishlar zamirida maqsadga muvofiq faoliyati mavjud bo‘lgan inson ijtimoiy 
hayot substrati hisoblanadi. 

Download 5.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling