O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Материя ҳақидаги тасаввур шаклланишининг босқичлари


Download 5.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/315
Sana31.01.2024
Hajmi5.8 Mb.
#1829790
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   315
Bog'liq
Falsafa Asosiy o\'quv qo\'llanma Sh Madayeva va boshqalar 2019

Материя ҳақидаги тасаввур шаклланишининг босқичлари 
I босқич.
Антик фалсафа 
Материя бирламчи 
материал (сув, 
олов, атом ва ш.к.) 
сифатида 
II босқич.
XVI-XVII асрлар метафизик 
Материя муайян 
ўзгармас хоссалар 
йиғиндиси 
сифатида 
III босқич. XVIII-
XIX асрлар  
Материя инсон сезги 
аъзолари орқали идрок 
этишга қодир бўлган 
объектив борлиқ сифатида 
IV босқич. Ҳозирги замон фалсафаси 
объектив борлиқни ифодалаш учун мўлжалланган фалсафий категория бўлиб, 
уни инсон ўз сезги аъзолари орқали идрок этади, уни тушуниши мумкин ва 
тушунишга ҳаракат қилади, лекин бунда материя инсондан қатъи назар 
мавжуддир 
Материя ҳақидаги илк тасаввурлар 
Сув 
Ҳаво 
Олов 
Сув, Ҳаво, Олов, Ер 
Анаксимен 
Фалес 
Гераклит 
Эмпидокл 
Материя 


150 
Demokrit barcha narsalar oddiy ajralmas zarralar – atomlardan iborat, degan 
g‘oyani ilgari surgan. Uning tasavvurida bu zarralar bir-biri bilan to‘qnashib, bir-
biriga yopishib va bir-biri bilan birikib, biz ko‘radigan narsalarni hosil qilgan. 
Narsalarning xossalari pirovard natijada ularni tashkil etuvchi atomlar shakli, 
kattaligi, o‘zaro joylashuvi va harakatiga bog‘liq. Bu barcha narsalarni tavsiflash va 
tushuntirishga asos qilib yagona umumiy sxemani – bilish obektining har qanday 
obektni atomlar birikmasi sifatida aks ettiruvchi modelini olish imkonini beradi. 
Shunday qilib, antik faylasuflar nuqtai nazaridan, materiya – bu barcha narsalar 
asosi. Odatda bular qadimgi donishmandlarning farazlari bo‘lgan va ularning 
materializmi o‘ta sodda xususiyat kasb etgan, chunki nazariy xulosalar borliqni 
kuzatish natijasi, tabiatni eksperimental o‘rganish mavjud emasligi mahsuli bo‘lgan.
Demokrit, Epikur, Lukretsiy Karning atomistik nazariyasida barcha 
narsalarning substrati sifatidagi materiya atomlar yig‘indisi ko‘rinishida namoyon 
bo‘ladi. Ular shakli, katta-kichikligi, og‘irligiga ko‘ra har xil, lekin bo‘linmas va 
yo‘q bo‘lmasdir. Obektlarning rang-barangligi atomlar konfiguratsiyasining turliligi 
bilan izohlanadi.
Materiya falsafiy kategoriyasini ilk bor Platon ishlatgan. U hyle atamasini 
muomalaga kiritgan va u bilan kattaligi va shakl-shamoyili har xil jismlar paydo 
bo‘lishiga asos bo‘lib xizmat qiladigan sifatlardan mahrum substrat (material)ni 
ifodalagan. Platon talqinida materiya shaklsiz va nomuayyan bo‘lib, har qanday 
geometrik shakl ko‘rinishini kasb etishi mumkin bo‘lgan makon bilan 
tenglashtiriladi. Keyinchalik materiya haqidagi tasavvurlar asosan uning muayyan 
xossalari (massa, energiya, ko‘lam) bilan bog‘langan va muayyan turlari (modda, 
atomlar, korpuskulalar va sh.k.) bilan tenglashtirilgan. 
Platonning «Timey» dialogi mazmunidan kelib chiquvchi materiya haqidagi 
talimot qadimgi yunon falsafasida alohida o‘rin tutadi. Birinchidan, Platon 
«materiya» tushunchasini ifodalash uchun maxsus atama qo‘llamagan, bu borada 
tushunish ancha mushkul bo‘lgan «tur» ekani haqidagi ishoradan boshqa aniqroq 
tushuntirishlar ham bermagan. Ikkinchidan, u har qanday tug‘ilishning «doya»si va 
«enaga»si bo‘lish materiyaning doimiy vazifasidir, deb hisoblagan. Qaysidir manoda 
bu asos, lekin shaklsiz asosdir. Hamma narsalarni o‘z ichiga olishi lozim bo‘lgan 
asos o‘zi har qanday shakldan mahrum bo‘lishi lozim bo‘lganidek, uning vazifasi 
abadiy yashaydigan barcha mavjud narsalarning shakl-shamoyilini o‘zida aniq va 
to‘liq mujassamlashtirishdan iborat bo‘lganligi uchun tabiatan har qanday shakldan 
mahrum bo‘lmog‘i kerak. 

Download 5.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling