O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Download 5.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/315
Sana31.01.2024
Hajmi5.8 Mb.
#1829790
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   315
Bog'liq
Falsafa Asosiy o\'quv qo\'llanma Sh Madayeva va boshqalar 2019

Kengayuvchi olam konsepsiyasi. Kosmologiya muammosining taklif 
qilingan echimlariga nisbatan munosabat bir xil emas. Ayrim olimlar Cheksiz
kengayuvchi Olam gipotezasini qabul qilganlar va «Katta portlash» konsepsiyasiga 
ko‘ra, taxminan 17-20 milliard yil oldin olam juda kichkina hajmda o‘ta zich 
singulyar holatda bo‘lgan, deb hisoblaydilar. Yuz bergan «katta portlash» olamning 
kengayish jarayonini boshlab bergan. Bu kengayish jarayonida moddaning zichligi 
o‘zgargan, maydonning egriligi to‘g‘rilanib borgan. Ayrim olimlar fikriga ko‘ra, 
kengayish o‘rnini yana torayish egallaydi va butun jarayon takrorlanadi. Shu asosda 
harakatlanuvchi Olam gipotezasi ilgari surilgan bo‘lib, unga ko‘ra taxminan har 100 
milliard yilda yangi sikl «katta portlash»dan boshlanadi. Aqlga sig‘maydigan 
gipotezalarning birida «dastlabki portlash» natijasida gravitatsion maydonda 
singulyar holatdan faqat bizning metagalaktikamiz emas, balki ko‘plab 
metagalaktikalar vujudga kelgani, ularning har biri barcha fizik ko‘rsatkichlarning 
turli ifodalariga, chunonchi, alohida topologiyali (o‘lchovlar miqdori har xil bo‘lgan 
mahalliy ochiq yoki mahalliy yopiq) makoni va o‘z kosmologik vaqtiga ega bo‘lishi 
mumkinligi taxmin qilinadi.
Hozirgi «ko‘p sonli dunyolar» konsepsiyalarida olamning ajabtovur 
manzarasi chiziladi. Bu fundamental falsafani moddiy dunyoning makon va 
vaqtdagi Cheksiz ligini metrik Cheksiz lik manosida emas, balki materiyaning 
makon va vaqt strukturalarining benihoya rang-barangligi sifatida tushunish lozim, 
degan asosiy qoidasi bilan hamohangdir.
Olam kengayishda davom etadimi yoki torayish jarayoni boshlanadimi, degan 
savol javobsiz qolmoqda. Ammo «qizil siljish» hodisasi hozirgi vaqtda nurlanish 
manbai uzoqlashib borayotganini, yani galaktikalar taxminan o‘zigacha bo‘lgan 
masofaga proporsional tezlikda har yoqqa «tarqalayotgani»ni tasdiqlovchi umumiy 
etirof etilgan fakt hisoblanadi. 1912 yilda V.M.Slayfer galaktikadan tashqaridagi 
tumanliklar nurlanishlarining spektr chiziqlari spektrning qizil uchi tomonga 
siljiyotgani - «qizil siljish»ni aniqladi. 1929 yilda Edvin Xabbl tumanlik 
kuzatuvchidan qancha uzoqda bo‘lsa, «qizil siljish» kattaligi ham, uning 
tumanlikdan uzoqlashish tezligi ham shuncha katta bo‘ladi, degan qonunni va katta 
masofalarda galaktikalarning tezligi ulkan ifodalarga etishini aniqladi.
SHunga qaramay, olamning kengayishi bilan bir qatorda, uning torayishini 
yoki makonda cheklangan, lekin vaqtda Cheksiz olam navbatma-navbat dam 
kengayuvchi, dam torayuvchi harakatlanuvchi olam modelini ham taxmin qilish 
uchun nazariy imkoniyat mavjud.


163 

Download 5.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling