O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Download 5.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/315
Sana31.01.2024
Hajmi5.8 Mb.
#1829790
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   315
Bog'liq
Falsafa Asosiy o\'quv qo\'llanma Sh Madayeva va boshqalar 2019

Inikos nazariyasi. Inikos nima? Tabiat obektlari va hodisalarining umumiy 
xossasi sifatidagi inikos – avvalo, o‘zaro tasirdir. U bir jism boshqa jismga tasir 
ko‘rsatishini, boshqa jism esa birinchi jism tasiriga javob berishi yoki undan 
tasirlanishini nazarda tutadi (A

V; V

A). Bunday o‘zaro tasir tarzida namoyon 
bo‘ladigan inikosda, bir jism o‘ziga xos xususiyatlarining boshqa jismda aks 
ettirish jarayoni tushuniladi. Binobarin, inikos tashqi tasirga mos o‘zgarishlar 
majmuini ifodalaydi. Bunda o‘zaro tasir natijasida aks etuvchi tizimlarning 
strukturalaridan go‘yoki «nusxa» ko‘chirib olinadi va aks ettiruvchi tizimlarning 
alohida strukturalarida o‘zgartirilgan ko‘rinishda, «izlar», «muhrlar» shaklida aks 
ettiriladi. Inikosni o‘zaro tasirga kirishuvchi narsa va hodisalarning o‘z tarkibi 
hamda xossalarida ayni shu o‘zaro tasirning izlarini qoldirish qobiliyati sifatida 
tushunish mumkin.
Inikosning shakllari. Inikos jarayonining namoyon bo‘lish xususiyati 
materiyaning tuzilish darajasiga bog‘liq. SHu munosabat bilan inikosning turli, 
chunonchi: 
- jonsiz tabiatdagi; 
- jonli tabiatdagi; 
- jamiyatdagi darajalari farqlanadi.
Materiyaning rivojlanish jarayonida uning tuzilishining murakkablashuvi yuz 
beradi. Shu bois materiyaning harakat shakllari qancha bo‘lsa, inikos shakllari ham 
shuncha bo‘ladi: mexanik, fizik, kimyoviy, biologik (psixik), ijtimoiy va hokazo. 
inikos shakllarining evolyusiyasi jonsiz tabiat narsalarining xossasi sifatida amal 
qiluvchi inikos yuqoriroq darajadagi inikosning elementar negizini tashkil etishini 
nazarda tutadi. Bu darajada inikos muhit haroratining o‘zgarishiga qarab oddiy 
mexanik deformatsiya, qisqarish yoki kengayish ko‘rinishida, Yorug‘lik inikosi, 
elektromagnit to‘lqinlarning o‘zgarishi inikosi, ovoz to‘lqinlari inikosi (aks sado), 
kimyoviy o‘zgarishlar (masalan, lakmus qog‘oz rangining o‘zgarishi) inikosi sifatida 
amal qilishi mumkin. 
Jonsiz tabiatdagi inikosga tanlash xususiyati va kumulyativlik, yani oldingi 
tasirlarning izlarini saqlash xosdir. Inikosning tanlash xususiyati o‘zaro tasirga 
kirishuvchi obektlarning o‘ziga xos xususiyatlari bilan belgilanadi. Masalan, 
kimyoviy element boshqa har qanday element bilan emas, balki tanlash va ajratish 
asosida kimyoviy reaksiyalarga kirishadi hamda birikadi. Tabiatdagi ayrim 
predmetlar ekranlashtirish xossalariga ega bo‘ladi va elektromagnit to‘lqinlarni aks 
ettiradi, ayrim predmetlar esa bunday xossalarga ega bo‘lmaydi. Kumulyativlik – 
oldingi tasirlarning izlarini saqlash tizimning eskirishi haqida hukm chiqarish 
imkonini beradi. Aks ettiruvchi tizim oldingi tasirlarni «yodda saqlaydi» va o‘zining 
keyingi faoliyatida ularni hisobga oladi.
Jonlining jonsizdan farqi haqida gapirganimizda, biz XIX asrning ikkinchi 
yarmida yuzaga kelgan, ammo hozirgi zamon fani inkor etmagan, balki 


164 
mufassallashtirgan hayotning universal tarifini eslaymiz: «Hayot – bu oqsilli 
jismlarning mavjudlik usulidir». Oqsillar, aminokislotalar, nuklein kislotalar 
tiriklikning eng muhim unsurlari hisoblanadi. Ko‘payish, o‘sish va moddalar 
almashinuvi tirik organizmlarning o‘ziga xos xususiyatidir. O‘z-o‘zidan ko‘payish 
qobiliyati kimyoviy reaksiyalarning jonsiz tabiatda uchramaydigan turi bilan 
taminlanadi va matritsali sintez deb ataladi. V.A.Engelgardt jonli sistemalarning 
yana bir muhim xossasi – «xaosdan tartib o‘rnatish» qobiliyatini, yani hayot 
jarayonlarining entropiyaga zid xususiyatini qayd etadi. Tirik organizmlar 
molekulalarning xaotik issiqlik harakatini tartibga solishga qodir. 
Jonli tabiatda inikos oddiy bir hujayralilar va o‘simliklarning 
tasirlanuvchanligi, asab hujayralarining tasirchanligi ko‘rinishida, shuningdek, 
hayvonlar darajasida ularning xulq-atvorini tartibga solishni taminlovchi psixik 
inikos ko‘rinishida mavjud bo‘ladi. Biologik inikos shunday bir xossaki, usiz 
hayvonlar o‘z mavjudlik sharoitiga moslasha olmaydi. Malumki, ayrim 
o‘simliklarning barglari doimo Yorug‘lik manbai tomonga – nurlar ularga 90 
gradusga intiluvchi burchak ostida tushadigan tarzda qarab o‘sadi. Kungaboqar 
boshchasi quyosh tomonga o‘girilib o‘sadi. Shunga o‘xshash hodisalarni ildiz 
sistemasining o‘sishida ham kuzatish mumkin. Oziqlanish va suv taminoti shart-
sharoitlari optimal bo‘lgan joyda ildiz yaxshi o‘sadi.
Mimikriya hodisasi jonli tabiatdagi inikosning o‘ziga xos shakli hisoblanadi
Jonli sistemalar inikosining mazkur shakli mavjudlikning muayyan shart-
sharoitlariga yaxshiroq moslashish imkonini beradi. Turli hayvonlar ularni ko‘zga 
ko‘rinmas qilib qo‘yadigan yoki ularning dushmanlarini hurkitadigan shakl, tus yoki 
holatga kirganida mimikriya hodisasi yuz beradi.
Biologik inikosda ikki jarayon kuzatiladi. Birinchi – inikosda aks etayotgan 
narsani inikosning barcha (tubanroq) shakllariga xos bo‘lishi mumkin bo‘lgan 
tuzilishi o‘z ifodasini topadi. Masalan, issiqlik tasirida har qanday jism, shu 
jumladan, organizm qiziydi. Ikkinchi - aks etayotgan narsaning o‘ziga xos 
xususiyatlari inikosning jonli tizimlargagina xos bo‘lgan alohida jarayonlari bilan 
bog‘lanadi. Keltirilgan jarayonga tatbiqan aytish mumkinki, organizmning nafaqat 
qizishi, balki uning suvsizlanishi ham yuz beradi. O‘simlik suvni bug‘lantiradi, 
inson terlaydi, uning butun ichki sistemalari normal faoliyati o‘zgaradi. I.Pavlov 
fikriga ko‘ra, har qanday inikos ikki asosiy komponentdan tashkil topadi: birinchi – 
tashqi komponent predmetlar o‘rtasidagi reaksiyalar shaklida namoyon bo‘ladi; 
ikkinchi – ichki komponent o‘zaro tasirlar natijasida yuzaga keluvchi ichki holatlar, 
izlar shaklida mavjud bo‘ladi
1
.
Biologik inikos tasirlanuvchanlik va tasirchanlik bilan tavsiflanadi. Sezgi 
psixik inikosning asosiy shakli hisoblanadi. Organizm asab sistemasiga ega bo‘lgan 
holdagina psixik inikos to‘g‘risida so‘z yuritish mumkin. Sezgi organizmning xulq-
1
Павлов И.П. Двадцатилетний опыт объективного изучения высшей деятельности (поведения) животных.-М.: 
Наука, 1973. –С.607 


165 
atvoriga tasir ko‘rsatuvchi subektiv, ichki holat sifatida amal qiladi, lekin organizm 
uchun muhim omillarni obektiv aks ettiradi.
Inikosning psixik shakliga sezgi bilan bir qatorda instinktlar, shartli 
reflekslar, idrok etish, emotsiyalar, fikrlash kiradi. Instinkt mazkur turning hamma 
ko‘rinishlarida bir xil bo‘lgan murakkab tug‘ma xususiyat sifatida amal qiladi. Lekin 
instinkt juda tor doiradagina maqsadga muvofiqdir. Asalarilar shaklan va 
mustahkamlik jihatidan mukammal bo‘lgan mumkataklar yasaydi. Lekin katak tubi 
qirqib olib tashlansa, asalari bunga etibor bermaydi va katakka asal quyishda davom 
etadi. Tirik organizm darajasidagi inikosning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, 
jonli sistemalarda aktual inikoslar tarzida yuz beruvchi o‘zgarishlar individlar 
tajribasida va turlarning xossalarida saqlanib qoladi hamda yig‘ilib boradi.
Subekt o‘zini qancha faol tutsa, u shuncha ko‘p predmetni aks ettiradi. 
Masalan, qoyatosh to‘lqinlar tasirida emiriladi, korall – organizm o‘sib boradi. U 
suvdan oziq moddalarni o‘zlashtiradi. Bunda organizm tasirga shunchaki javob 
bermaydi, u atrof-muhitni o‘zgartiradi.
Materiya tuzilishining ijtimoiy darajasida inikos quyidagilarni o‘z ichiga 
oladi: a) o‘z faoliyatini tartibga soluvchi individni ongli aks ettirish; b) fan, sanat 
hamda ijtimoiy ongning jamiyat hayotini aks ettiruvchi boshqa shakllari; v) 
inikosning inson suniy sistemalar yaratuvchi texnika, bog‘lanish va boshqaruvdagi 
shakli alohida o‘rin egallaydi.
Materiyaning umumiy xossasi sifatida tariflaganda, inikosning quyidagi 
xususiyatlari namoyon bщladi:
– inikosning moddiy-energetik o‘zaro tasir jarayonlari bilan uzviyligi;
– har qanday aks ettirish jarayoni zamirida sabab-oqibat bog‘lanishi yotadi. 
Inikos sabab-oqibat munosabatlarining shunday shakli sifatida tushunilishi 
mumkinki, bunda sababning tarkibi, xususiyati, xossalari oqibatga o‘tadi. Oqibat 
originalning nusxasi, o‘xshashi sifatida amal qiladi;
– aks ettirish – yo‘naltirilgan jarayon. U aks etuvchidan aks ettiruvchi sari 
harakatlanadi, demak, bu jarayon simmetrik emas, yani bunda sabab (aks 
ettiriluvchi)ning harakati – birlamchi, oqibat (aks ettiruvchi)ning harakati – 
ikkilamchi. hatto oddiy aks ettirish jarayoni va uning natijalari ham aks ettiriluvchi 
obektning mavjudligi va xususiyatiga nisbatan ikkilamchidir;
– avvalo, o‘zaro tasir sifatida tushuniluvchi inikos jarayonining obektivligi 
alohida diqqatga sazovordir; 
– obraz va originalning o‘zaro mosligi darajasi har xil bo‘lishi mumkin. Inikos 
natijasi nafaqat tashqi tasirlar (aks ettiriluvchi), balki hodisaning ichki tabiati (aks 
ettiruvchi) bilan ham belgilanadi. 


166 

Download 5.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling