O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Download 5.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/315
Sana31.01.2024
Hajmi5.8 Mb.
#1829790
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   315
Bog'liq
Falsafa Asosiy o\'quv qo\'llanma Sh Madayeva va boshqalar 2019

P.Anoxin nazariyasi. Borliqni oldinroq aks ettirish g‘oyasi P.Anoxin 
tomonidan ishlab chiqilgan. U materiyaning makon va vaqt doirasidagi 
harakatining asosiy shakllari noorganik tabiatda tirik organizmlar paydo 
bo‘lishidan ancha oldin mavjud bo‘lganiga etibor qaratdi. «Jonli materiya» 
dunyoning tayyor makon-vaqt strukturasiga «singib ketgan» va muqarrar tarzda 
uning xossalarini o‘zida mujassamlashtirgan. Mavjud shart-sharoitga moslashish 
zarurati tug‘ilgan. Moslashish jarayonida tashqi vaqt ko‘rsatkichlari, aniqrog‘i, 
ketma-ketliklar katta rol o‘ynagan.
Bu ketma-ketliklarni P.Anoxin ikki guruhga ajratdi:
1. Ketma-ketliklarning takrorlanuvchi, tiklanuvchi, ritmlilik va sikllilik (kun – 
tun; bahor – yoz – kuz – qish) bilan tavsiflanuvchi muhim, doimiy va barqaror 
qatorlari. 
2. Mazkur organizmning hayotida keyinchalik takrorlanmaydigan ahamiyatsiz 
va tasodifiy ketma-ketliklar qatori (masalan, dovul, zilzila va h.k.), ahamiyatsiz va 
tasodifiy ketma-ketliklargina mavjud bo‘lganida, hayot rivojlana olmas, tirik 
organizm barqaror va mustahkam strukturaga ega bo‘lmas edi. Chunki bunday 
struktura tashqi dunyoning organizmga ritmli va siklli tasirlari inikosining natijasi 
sifatidagina paydo bo‘lishi mumkin. Tabiiy ritmlarga bo‘ysunuvchi o‘zaro tasirlar 
organizmga minglab va millionlab yillar davomida tasir ko‘rsatadi. Ular 
organizmlarning tuzilishida qayd etiladi. Natijada organizm oldinroq aks ettirish 
qobiliyatiga ega bo‘ladi.
Masalan, kuz keldi, barglar to‘kiladi, fiziologik jarayonlar sekinlashadi
daraxtlar qishni qarshi olishga tayyorlanib suvsizlanadi, lekin hali sovuq tushgani 
yo‘q. Bu oldinroq aks ettirishga misol. Vaqtda organizmning (subektning) o‘zgarishi 
unga tashqi holatlar (obekt) tasir ko‘rsatishidan oldinroq yuz bergan. Oldinroq aks 
ettirish – noorganik dunyo va atrof-muhitning takrorlanuvchi tasirlariga tirik 
organizmning reaksiyasi. Bu ketma-ketlik va takroriylik muhim xossalar 
hisoblanuvchi noorganik dunyoning makon-vaqt strukturasiga jonli materiya 
moslashuvining asosiy shaklidir.
Oldinroq aks ettirish jonli sistemalar dunyoda chidamli, moslashuvchan, 
o‘zgarishlarga to‘la bo‘lishiga imkoniyat yaratadi. Insonda oldinroq aks ettirish 
qobiliyati ilmiy bashorat va prognostika shaklini kasb etadi.
Inikos yo protsessual tomondan, yo natija nuqtai nazaridan qaralishi mumkin. 
Tashqi real aks ettiriluvchi obekt yo‘q bo‘lganidan keyin inikosning o‘zi, aks ettirish 
jarayonining natijasi sifatida, yo‘q bo‘lmaydi, balki aks ettiruvchi obektda iz 
ko‘rinishida saqlanib qoladi. Shunday qilib, tashqi tasir aks ettiruvchining tarkibidan 
o‘rin oladi. S.L.Rubinshteyn materiya aks ettirish qobiliyatining ayni shu 
xususiyatini nazarda tutib, har bir hodisa malum manoda «Olam ko‘zgusi va aks 
sadosidir», degan. Axborotning atributiv konsepsiyasi shu asosda tuziladi.


167 

Download 5.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling