Bioenergoinformatsion
almashinuv axborotni
qabul
qilish, undan
foydalanish va uni tasarruf etishning murakkab mexanizmini nazarda tutadi.
Informatsiya yoki axborot tushunchasining o‘zi ancha sermanodir. Informatsion
jarayonlar aksariyat hollarda aks ettirish, inikos jarayonlari bilan bog‘liq holda yoki
ularga muvofiq tushuntiriladi. Inikos yo protsessual tomondan, yo natija nuqtai
nazaridan qaralishi mumkin. Darhaqiqat, sirtqi (aks ettirilayotgan) real predmet
g‘oyib bo‘lganidan so‘ng inikosning o‘zi aks ettirish jarayonining mahsuli sifatida
yo‘q bo‘lmaydi, balki aks ettirayotgan predmetda iz sifatida mavjud bo‘lishda
davom etadi. SHunday qilib, sirtdan ko‘rsatilgan tasir aks ettiruvchining tarkibidan
o‘rin oladi va unda saqlanib qoladi. SHunga muvofiq axborotning atributiv
konsepsiyasi tuziladi.
«Axborotning predmet sohasi to‘g‘risidagi masalaga bag‘ishlangan falsafiy
munozaralarda kamida uch nuqtai nazar vujudga kelgan. Birinchidan, axborot
muloqot sohasi va umumiy ilmiy refleksiya vositasi sifatida talqin qilinadi.
Ikkinchidan, u o‘z-o‘zidan tashkil topuvchi tizimlarning o‘zaro tasirlarni tartibga
solish bilan bog‘liq bo‘lgan xossasi sifatida tushuniladi. Uchinchidan, axborot
materiya va energiya taqsimlanishining turli jinslilik mezoni, dunyoning azaliy turli
jinsliligini qayd etuvchi barcha moddiy tizimlar xossasi sifatida namoyon bo‘ladi.
Axborotning yuqorida zikr etilgan uch xil talqini hozirgi zamon nazariyasidan
axborot kommunikativ, funksional va atributiv konsepsiyalari degan nomlar bilan
o‘rin olgan.
Atributiv konsepsiya axborotning jonli va jonsiz tabiatdagi har qanday
obektlar va jarayonlarda rang-baranglikning inikosi sifatidagi keng talqiniga
tayanadi. Unda axborot umuman olganda materiya va energiyaning dunyoda yuz
beruvchi barcha jarayonlarga yo‘ldosh bo‘lgan makon va vaqtda taqsimlanishining
turli jinsliligi mezoni sifatida tavsiflanadi..
Do'stlaringiz bilan baham: |