O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti
Materiya kategoriyasining funksiyalari qo‘yidagilar
Download 5.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Falsafa Asosiy o\'quv qo\'llanma Sh Madayeva va boshqalar 2019
- Bu sahifa navigatsiya:
- Materiyaning tashkil topish darajalari
Materiya kategoriyasining funksiyalari qo‘yidagilar:
ongga, manaviy kuchlarga bog‘liq bo‘lmagan obektiv borliqning mavjudligi haqidagi fikrni ifodalaydi; barcha narsalarda mavjud bo‘lgan umumiy xossalarni tavsiflaydi; barcha narsalarni bilishga eltuvchi yo‘lni, ularni bilishda amal qilish lozim bo‘lgan umumiy dastur yoki strategiyani umumiy ko‘rinishda belgilaydi. Bu funksiyalarni materiya kategoriyasi falsafaning keyingi rivojlanishi jarayonida saqlab qoldi. Materiyaning tashkil topish darajalari. Materiyaning jonsiz, jonli va ijtimoiy kabi tarkibiy darajalari farqlanadi. Ular borliqning asosiy shakllari bilan mos keladi. Bunda turli darajalar bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir. Ayni vaqtda ularning tarkibida muayyan ierarxiya va soddaroq shakllardan (jonsiz materiyadan) murakkabroq shakllar (jonli va ijtimoiy materiya) sari yuksalish kuzatiladiki, 158 bugungi kunda ularning mavjudligi faqat sayyoramizga nisbatan o‘zining ilmiy tasdig‘ini topgan. Jonsiz tabiatning tuzilishi va rang-barangligi haqidagi tasavvurlar esa, mikro-, makro- va megadunyolarni qamrab olib, tinimsiz kengayib va teranlashib bormoqda. Jonsiz materiya tizimi quyidagi darajalar bilan tavsiflanadi: a) mikrodunyo (mikroelementlar darajasi). Unga maydonlar va elementar zarralarning o‘zaro tasiri xos. Bu juda kichkina obektlar dunyosi. Mazkur zarralarning mavjudlik vaqti sekundning milliardlab ulushlari bilan o‘lchanadi, harakat tezligi esa Yorug‘lik tezligiga yaqinlashadi; b) makrodunyo katta obektlar dunyosi. Bu diapazon bilan atomlar, molekulalar, makrojismlar, sayyoralar va yulduzlar, sayyoralar tizimlari qamrab olinadi. Tabiatning mazkur sohasini o‘rganishning asosiy obektlari – yulduzlararo bo‘shliq, galaktika, metagalaktikalar. v) megadunyo jonli materiya tizimi hozircha faqat Erda malum. Aksariyat materialist-tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, uning vujudga kelishi materiyaning tabiiy va qonuniy o‘z-o‘zidan rivojlanishi mahsulidir. Jonli materiya darajasiga o‘z-o‘zidan uyushish, rivojlanish, inikosning murakkab shakllarini kasb etish, o‘zini o‘zi boshqarish va ko‘payish qobiliyatiga ega bo‘lgan barcha tirik mavjudotlar kiradi. Jonli materiyada hujayrasiz daraja (DNK, RNK kislotalari va oqsillar)ni, hujayrali va ko‘p hujayrali organizmlar – o‘simliklar, hayvonlarni farqlash mumkin. Yuksak darajada uyushgan strukturalar, bir-biri bilan nasl orqali bog‘langan populyasiyalar alohida darajalarni tashkil etadi. Biologik turlar, populyasiyalar va atrof muhitning o‘zaro tasiri biogeotsenozni yaratadi, biogeotsenozlarning o‘zaro tasiri natijasida esa hayotning global tizimi – biosfera vujudga keladi. Biosfera tizimida litosfera, gidrosfera va atmosfera o‘zaro tasirga kirishadi, atmosfera orqali Yer bilan kosmos o‘rtasida almashinuv sodir bo‘ladiJonli materiya tizimining ko‘rsatilgan barcha elementlari o‘rtasida muvozanatni saqlash sayyoramizda hayotni saqlashning zaruriy shartidir. Biosfera rivojlanishining muayyan bosqichida moddiy tizimning alohida turi – ijtimoiy uyushgan materiya yoki jamiyat vujudga keldi. Bu hayot rivojlanishining oliy shakli, fikrlovchi va borliqni ongli ravishda o‘zgartiruvchi shaxslar va turli darajadagi birlashmalarning majmuidir. O‘z navbatida jamiyat bir-biri bilan kesishuvchi turli tizimlar, chunonchi: inson, ijtimoiy tuzilmalar (oila, turli guruhlar, birlashmalar, partiyalar, millatlar, davlatlar)ni, inson tomonidan yaratilgan, mehnat quroli va texnikani o‘z ichiga oluvchi moddiy madaniyatni qamrab oladi. Materiya tarkibiy darajalarining aniq chegarasini aniqlash mushkul. Uni fan doimo qayd etavermaydi. Bizning bilimlarimiz tobora chuqurlashib, darajalarning yangi va yangi sifat chegaralarini aniqlaydi. Materiyaning tarkibiy darajalari to‘g‘risida so‘z yuritilganida, subelementar, mikroelementar, yadroviy, atom, molekulyar, makroskopik va kosmik darajalar ham tilga olinadi. Materiyaning mikroskopik darajasida fizika taxminan 10-15 sm uzunlikda taxminan 10-22 ga teng 159 vaqt ichida yuz beruvchi jarayonlarni o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Megadunyoda esa, kosmologiya taxminan 1010 ga teng vaqt (Koinot yoshi) ichida yuz beruvchi jarayonlarni o‘rganadi. Materiyaning tarkibiy darajalari g‘oyasi metodologiya mutaxassislari tomonidan sababiyat va dunyoni bilish mumkinligi g‘oyasi bilan bir qatorda juda yuksak baholanadi. Ayni vaqtda shuni qayd etish zarurki, materiyaning tarkibiy darajalari tasnifi zamirida chiziqli ierarxiya tamoyili yotadi. Bu erda «qism butundan kichkina» tamoyili amal qiladi. Lekin bu dunyolarning biri soddaroq, ikkinchisi murakkabroq, degan manoni anglatmaydi. Dunyolar qism va butun sifatida taqqoslanmaydi, ular universumning o‘ziga xos teran o‘zgarishlarini ifodalaydi. Shu bois bu tasnifni mutlaqlashtirish kerak emas. Materiyaning tarkibiy darajalari ierarxiyasida inson markaziy o‘rinni egallaydi. Qadimdayoq Protagor «Inson hamma narsalarning o‘lchovidir», degan edi. Dunyoni o‘zlashtirishda inson qadriyatlari shkalasini andoza sifatida qabul qiluvchi falsafiy talimot – «Antropologizm» zamirida ana shu tezis yotadi. Materiya tuzilishining inson tomonidan kuzatiluvchi darajalari odamlar yashovchi muhitning tabiiy shart-sharoitlarini, yani bizning dunyoviy qonuniyatlarimizni hisobga olgan holda o‘zlashtiriladi. Lekin bu bizdan ancha olisdagi darajalarda materiyaning mavjud shakllari va holatlaridan butunlay farq qiluvchi, mutlaqo boshqacha xossalar bilan tavsiflanuvchi «g‘ayritabiiy» shakl hamda holatlari mavjud bo‘lishi mumkin, degan taxminni istisno etmaydi. Shu munosabat bilan olimlar geotsentrik va nogeotsentrik moddiy tizimlarni farqlay boshladi. Download 5.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling