O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Materiyaning uchinchi konsepsiyasi XVIII-XIX asrlarda vujudga kelgan


Download 5.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/315
Sana31.01.2024
Hajmi5.8 Mb.
#1829790
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   315
Bog'liq
Falsafa Asosiy o\'quv qo\'llanma Sh Madayeva va boshqalar 2019

Materiyaning uchinchi konsepsiyasi XVIII-XIX asrlarda vujudga kelgan 
bo‘lib, bu davrda «materiya» tushunchasi tabiiy fanlarning rivojlanish jarayonida 
olimlar bilimning muayyan sohalarida aniqlagan belgilar bilan boyib bordi. 
Masalan, mexanikada makrojismlarning alohida xossasi – massa aniqlandi. U 
materiyaning eng muhim belgisiga aylandi, materiya massa bilan bir xil, deb 
hisoblana boshlandi. Kimyoda analiz metodi kimyoviy elementning aniqlanishiga 
olib keldi va materiyaga ana shu belgi – vaznlilikka ega bo‘lgan elementlar majmui 
sifatida qarala boshlandi. Mazkur yondashuvlarning kamchiligi shunda ediki, barcha 
moddiy narsalar alohida modda deb tushunildi, moddaning o‘zi sof mexanik 
ko‘rinishda tasavvur qilinib, unga o‘lcham, massa, og‘irlikka ega, deb qaraldi. SHu 
bilan birga, materiyaning maxsus ilmiy va falsafiy talqinlari ayniydir, deb tushunila 
boshlandi. Materiyaning falsafiy talqiniga sof induktiv yo‘l, oddiy umumlashtirish 
yo‘li bilan ayrim fanlarning g‘oya va qoidalari kiritildi.
Bu yondashuv noto‘g‘ri edi. Lekin, 1924 yilda B.Rassel, elektromagnit 
maydonlar va gravitatsiya maydonlari mavjudligini unutib, o‘zidan boshqa 
narsalarni o‘tkazmaslikni materiyaning asosiy xossasi sifatida tavsifladi. 1964 yilda 
amerikalik tomist Layten «materiya» tushunchasining massa va energiyaga 
bog‘langan talqinini taklif qildi.
Materiyani uning xossalaridan biriga bog‘lash uni tariflashning ancha keng 
tarqalgan, lekin imkoniyatlari cheklangan usulidir. Ilmiy bilishda mazkur usul 
elementarizm vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. Bunda hodisani tushunish uchun 
murakkabni oddiyga, butunni esa elementga bog‘lash lozim.
Ammo yakkalik yoki xususiylik – muayyan modda yoki xossaga asoslanib 
materiya haqida yaxlit tasavvur hosil qilish mumkin emas. Ushbu asosda materiyaga 
tarif berib bo‘lmasligi haqida Volter shunday deb yozgan edi: «Biz materiyani 
o‘lchaymiz, uni tarkibiy qismlarga ajratamiz, lekin bu qo‘pol harakatlar doirasidan 
chetga bir qadam tashlashga urinsak ham o‘zimizning ojizligimiz va jarlikni 
sezamiz»
1
. Materialist faylasuflar materiyaga uni hech narsaga bog‘lamasdan tarif 
berishga harakat qildilar. Ayni vaqtda XVII-XVIII asrlardayoq materiya haqida 
ancha keng tasavvur shakllandi. Bu yo‘nalishda F.Bekon, G.Golbax va D.Didro, 
ayniqsa, jiddiy muvaffaqiyat qozondi. «Bizning sezgi organlarimizga tasir 
ko‘rsatuvchi hamma narsalar bizga nisbatan materiyadir», deb yozadi G.Golbax
2

Uning fikricha, materiyani biron-bir yagona birinchi asosga o‘xshatib bo‘lmaydi, 
1
Волтер // Всемирная энциклопедия. -М.: Современный литератор, 2001 –С. 110 
2
Гольбах // Всемирная энциклопедия. -М.: Современный литератор, 2001.-С.110 


154 
dunyo bundan rang-barangroqdir, shu bois materiya tarifi ham mumkin qadar keng 
bo‘lishi kerak.
XIX-XX asrlar chegarasida amalga oshirilgan buyuk kashfiyotlar metafizik 
dunyoqarashga qaqshatqich zarba berdi. XIX asrning ikkinchi yarmida Faradey va 
Maksvell tadqiqotlari natijasida materiyaning moddaga qaraganda yangiroq shakli – 
elektromagnit 
maydonining 
o‘zgarish 
qonunlari 
aniqlandi. 
Tadqiqotlar 
elektromagnit maydon qonunlari klassik mexanika qonunlariga bog‘lanmasligini 
ko‘rsatdi.
Radioaktivlikning kashf qilinishi atomning noo‘tkazuvchanligi haqidagi 
talimotni rad etdi, elektronning kashf etilishi, uning bo‘linmasligi haqidagi tezisni 
kun tartibidan chiqardi, rentgen nurining kashf etilishi bilan modda maydonga 
aylanishi mumkin emasligi isbotlandi. Jismlar harakatining tezligiga qarab 
massaning o‘zgaruvchanligi kashf etildi, jismlarning makon va vaqtga oid xossalari 
ularning harakat tezligiga bog‘liqligi tushunib etildi. 
Bu ixtirolar tabiatshunoslikda yangi inqilobni boshlab berdi. Bularning 
barchasi fizik jismlarning xossalari haqidagi odatdagi tasavvurlarga shu darajada zid 
ediki, ayrim tabiatshunoslar sarosimaga tushib qoldilar. Shu bois, fizikada 
materiyaning mexanistik talqini, dunyoning mexanistik manzarasi inqirozga yuz 
tutdi. Materiya atomga tenglashtirilgan sharoitda va keyinchalik uning parchalanish 
qobiliyati aniqlanishi munosabati bilan ayrim fiziklar, shu jumladan, E.Max va 
A.Puankare («fizik idealistlar») «materiyaning yo‘q bo‘lishi (annigilyasiyasi)» 
to‘g‘risidagi xulosaga keldilar. Bu xulosaning metodologik jihatdan asossizligi 
shunda ediki, unda falsafiy kategoriya sifatidagi materiya uning fizik tuzilishi 
haqidagi talimot bilan tenglashtirildi.
Ular, atomlarning radioaktiv parchalanishini materiyaning «g‘oyib bo‘lishi», 
uning energiyaga aylanishi sifatida tushuntirishga harakat qildilar. Amalda materiya 
g‘oyib bo‘lmaydi, u haqdagi tasavvurlar eskira boshlagan edi. Yangi ilmiy 
kashfiyotlar qarshisida materiyaga uning ayrim turlariga xos bo‘lgan sifatlarni 
yuklashga urinishlarning yanglishligi ayon bo‘ldi.
Fanning rivojlanishida muhim rol o‘ynagan materiyaning uchinchi 
konsepsiyasi efir g‘oyasiga tayangan. Efir deganda butun dunyoni to‘ldiruvchi 
uzluksiz muhit tushuniladi. 
Atomlar va efir haqidagi talimotlarning birikuvi natijasida shakllangan atom-
efir konsepsiyasida materiya atomlar ko‘rinishida ham, efir ko‘rinishida ham 
mavjud, yani ikkita har xil substansiyadan iborat, degan fikr ilgari suriladi. Bu 
tasavvurlardan kelib chiquvchi obektning modeli bilishning ikki yoqlama 
strategiyasini belgilaydi. Bu strategiyaga binoan ayrim (masalan, kimyo yoki 
molekulyar fizikadagi) hodisalarga izohni moddaning atom tuzilishidan, ayrim 
(masalan, optika yoki elektrodinamikadagi) hodisalarga izohni esa – efir muhitining 
holatidan qidirish lozim. 


155 
XIX asrdagi tabiatshunoslik bu strategiya yordamida erishgan yutuqlar 
materiya haqidagi atom-efir tasavvurlarning to‘g‘ri ekanligiga zamondoshlarni 
ishontirdi. Aynan ularning yordamida fan nihoyat mustahkam zamin kasb etgandek 
va tabiatning barcha sirlari tagiga etish yo‘lida ishonch bilan harakatlanayotgandek 
bo‘lib tuyuldi. Ammo XIX-XX asrlar chegarasida tabiatshunoslikda chinakam 
inqilob yasagan kashfiyotlar qilindi. Bo‘linmas va buzilmas deb hisoblangan 
atomlar parchalanishi mumkinligi, efir xossalari o‘ta ziddiyatli bo‘lib, uning 
mavjudligiga shubha bilan qarashga majbur etishi aniqlandi. Materiyaning atom-efir 
konsepsiyasi asossiz ekanligiga ishonch hosil qilgan olimlar materiya 
tushunchasining o‘zi eskirgani haqida o‘ylay boshladilar va materializmdan yuz 
o‘girdilar. 
Ammo bu davrda materiya tushunchasi emas, balki uning olimlar tafakkurida 
qadim zamonlardan boshlab to XX asrgacha hukm surgan substrat sifatidagina 
talqinigina puchga chiqqan edi. Tabiatshunoslikda yuz bergan o‘zgarishlarning 
falsafiy mazmuni shundan iborat ediki, ular materiyani tushunishga nisbatan 
o‘zgacha yondashuv zarurligini ko‘rsatdi 

Download 5.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling