O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Download 5.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/315
Sana31.01.2024
Hajmi5.8 Mb.
#1829790
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   315
Bog'liq
Falsafa Asosiy o\'quv qo\'llanma Sh Madayeva va boshqalar 2019

Harakat shakllarining tasnifi. Harakat shakllarini tasniflashda qaysi 
tamoyillarga rioya qilinishiga qarab bunday shakllarning har xil miqdori farqlanadi. 
XIX asrning saksoninchi yillarida materiya tashkil topishining turli darajalariga 
asoslanib, materiya harakatining besh asosiy shakli: mexanik, fizik, kimyoviy, 
biologik va ijtimoiy harakatni qayd etgan. 
- mexanik harakat – turli jismlarning makonda bir joydan boshqa joyga 
ko‘chishi: mayda zarralar harakati, katta jismlar, shu jumladan kosmik obektlar 
harakati, materiya harakatining mexanik shakli boshqa har qanday shaklga 
kiruvchi eng sodda shakl sifatida namoyon bo‘ladi; 
- fizik harakat – elektromagnetizm, gravitatsiya, issiqlik, yorug‘lik, ovoz, 
moddalar agregat holatining o‘zgarishini, fizika o‘rganuvchi issiqlik, yorug‘lik, 
elektr kuchini qamrab oladi; 
- kimyoviy harakat – noorganik va organik tabiatdagi turli kimyoviy 
reaksiyalarni, kimyoviy sintez jarayonlarini o‘z ichiga oladi;
- biologik harakat – jonli organizmlarda yuz beruvchi rang-barang biologik 
jarayonlar; - organik hayotni qamrab oladi. Ular tabiat sohasidagi asosiy shakllar 


176 
hisoblanadi. Ulardan yuqorida yanada oliyroq soha – ijtimoiy-tarixiy jarayon 
mavjud; 
- ijtimoiy harakat – ijtimoiy o‘zgarishlarni, shuningdek fikrlash jarayonlarini 
qamrab oladi.
Harakatning har bir shakli nisbatan mustaqil bo‘lsa-da, ularning barchasi bir-
biri bilan bog‘liq. Harakatning murakkabroq shakli o‘zidan oldingi soddaroq 
shakllar negizida vujudga keladi, ularning sintezi hisoblanadi, lekin ularning oddiy 
yig‘indisidan iborat bo‘lmaydi. Masalan, harakatning biologik shakli harakatning 
soddaroq fizik-kimyoviy shakllari negizida vujudga keladi, ularni o‘zining sharti 
sifatida o‘z ichiga oladi va harakatning oldingi shakllari bilan taqqoslaganda uning 
butunlay yangi shakli hisoblanadi. Xuddi shuningdek harakatning ijtimoiy shakli – 
kishilik jamiyatining vujudga kelishi va rivojlanishi ham harakatning biologik va 
o‘zidan oldingi boshqa barcha shakllarini o‘zining sharti sifatida o‘z ichiga oladi, 
lekin ularning yig‘indisi emas, balki harakatning butunlay yangi shakli hisoblanadi.
Harakat shakllari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni to‘g‘ri tushunish 
murakkab obektlar va jarayonlarni ilmiy bilish uchun ulkan ahamiyat kasb etadi. 
Ko‘rsatilgan munosabatlar materiya harakati turli shakllarining o‘zaro tasiri bilan 
tavsiflanadi. Materiya harakati asosiy shakllarining keltirilgan tasnifi fan tabiat 
rivojlanishining teran aloqalarini endigina aniqlay boshlagan XIX asrning 
saksoninchi yillarida yaratilgan edi. O‘sha davrda hali ko‘p narsa nomalum, ko‘p 
narsalarni aniqlash lozim edi.
Fan rivojlanishining hozirgi bosqichida harakat shakllarining yuqorida 
keltirilgan tasnifi to‘ldirish va aniqlik kiritishni talab qiladi. Kimyo, fizika, 
biologiyaning rivojlanishi, kompleks fanlarning paydo bo‘lishi materiya harakati 
shakllari rang-barangligining yagona talqini to‘g‘risida so‘z yuritish imkonini 
bermaydi. Shu sababli yangi tasniflar paydo bo‘ladi. Masalan, informatsion-
kibernetik harakat, astronomik harakat, galaktika doirasidagi harakat, galaktikalar 
o‘rtasidagi harakat tilga olinadi. Materiya harakati muammolarini yoritishda 
falsafaning asosiy vazifalari shulardan iborat. 
Harakatning shakllari bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, bunda har bir keyingi 
harakat o‘zidan oldingi harakatdan kelib chiqadi, unga asoslanadi, biroq, shunga 
qaramay, quyi shakl bilan bog‘lanmaydi. Harakatning murakkab shakllarini 
soddaroq shakllarga bunday bog‘lashga urinishlar falsafa tarixida «mexanitsizm», 
«reduksionizm» (lot. reductio – ortga surish) degan nom olgan, harakat ijtimoiy 
shakllarini 
biologik 
shakllar 
darajasigacha 
soddalashtirish 
biologizatorlik 
konsepsiyalarida mavjud.
Dunyo, uning kelib chiqishi va rivojlanishi haqidagi hozirgi tasavvurlar 
nuqtai nazaridan ko‘rsatilgan shakllar harakatning mavjud va taxmin qilingan 
usullarining butun rang-barangligini aks ettirmaydi. Xususan, elementar zarralarning 
o‘zgarish jarayonlari, XIX asrda nomalum bo‘lgan mikro- va makrodunyo 
darajasidagi boshqa o‘zgarishlar materiya harakati mexanik, fizik va kimyoviy 


177 
shakllarining o‘zaro nisbatiga doir masalani yangidan qo‘ymoqda. Bu erda mexanik 
shakl endi barcha fizik jarayonlar negizi sifatida qaralmaydi. Endilikda biologik 
harakat ham boshqacha tushunilmoqda: uning elementar zarralari, ilgari taxmin 
qilinganidek, oqsilli molekulalar emas, balki XX asrda kashf etilgan DNK va RNK 
hisoblanadi. Ayrim olimlar Yer po‘sti hamda Yer ostida yuz berayotgan jarayonlar 
haqidagi 
hozirgi 
tasavvurlarga 
asoslanib 
harakatning 
geologik 
shaklini 
farqlamoqdalar. 

Download 5.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling