O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Download 5.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/315
Sana31.01.2024
Hajmi5.8 Mb.
#1829790
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   315
Bog'liq
Falsafa Asosiy o\'quv qo\'llanma Sh Madayeva va boshqalar 2019

Ijtimoiy vaqtda muayyan odamlar, ijtimoiy jamoalar, ayrim hamjamiyatlar, 
millatlar, davlatlar va pirovard natijada butun insoniyat borlig‘ining vaqt 
ko‘rsatkichlarini farqlab, ijtimoiy vaqt strukturasining murakkabligi to‘g‘risida ham 
so‘z yuritish mumkin. Ulardan har birining yashash vaqti va surati har xil bo‘lib, o‘z 
xususiyatiga ega. Aslini olganda, turli mamlakatlar va xalqlar jamuljam holda butun 
insoniyatni ifoda etsa-da, amalda turli tarixiy davrlarda: kimdir o‘tmishda, kimdir 
1
қ
аранг: Блонский П.П. Память и мышление. – М., 1994; Восприятие пространства и 
времени. – Л., 1999; Проблема восприятия пространства и времени. – СП(б), 1998; Фресс П. 
Приспособление человека к времени // Вопросы психологии. 1996. №1. 
2
қ
аранг: Бахмутский В.Я. Категория времени во французской классической трагедии 17 
века. – М., 1990; Бахтин М.М. Время и пространство в романе // Вопросы литературы. 1994. 
№3; Виплер Б.Р. Проблема времени в изобразительном искусстве. – М., 1999,Ленартович 
Ст. Организация времени и пространства в произведении киноискусства. – М., 1999; Лисса 
З. Проблема времени в музыкальном произведении. –
М., 1995; Тураева З.Я. Категория времени. Время грамматическое и время художественное. 
– М., 1999.


186 
hozirgi davrda, kimdir esa kelajakda yashaydi. Bunga, xususan, amerikalik taniqli 
futurolog E.Toffler etiborni qaratadi. Uning fikricha, «Er aholisining 70% o‘tmishda 
(turli o‘tmishda), 25% - hozirgi davrda, 3% - kelajakda yashaydi, qolganlar esa 
marginallar bo‘lib, ular har qanday vaqtdan tashqaridadir»
1
.
Davr ruhi tushunchasi ijtimoiy vaqt umumiy kategoriyasi bilan bevosita va 
tabiiy bog‘lanishi lozim. U ichdan, yani o‘z mazmuni tomonidan va sirtdan – davr 
ruhi zamondoshlar hayotida, ularning turmush tarzi va fikrlash uslubini 
shakllantirishda bajaruvchi funksiyalar nuqtai nazaridan o‘rganilishi darkor.
Har bir davrning o‘z ruhi bor, chunki davr – bu ayni holda inson avlodi 
vaqtidir. Bu erda zamondoshlar ijtimoiy-tarixiy avlodining manaviy dunyosi haqida 
gapirish o‘rinli bo‘ladi. Avlodning manaviy dunyosi ko‘p sonli, bazan o‘z 
xususiyatiga ko‘ra bir-biriga zid bo‘lgan omillar majmui tasirida shakllanadi. Ammo 
bu omillar orasida moddiy hayot ziddiyatlari birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. 
Ushbu ziddiyatlar ijtimoiy vazifalarni ilgari surish, jamiyatda ijtimoiy 
manfaatlarning rivojlanishi, bazan ularning qutblashuvini belgilovchi obektiv asos 
sifatida amal qiladi. Moddiy hayot ziddiyatlari murakkab voqealar va jarayonlarda, 
xronologik zamondoshlar ularda o‘ynaydigan o‘ta rang-barang va hatto qarama-
qarshi rollarda o‘zini namoyon etadi.
Odamlar mazkur avlodining faoliyati qancha mazmunli va izchil bo‘lsa, unda 
keng xalq ommasi ishtirok etsa, davr ruhi shuncha kuchli bo‘ladi, u tarixda shuncha 
chuqur iz qoldiradi, shuncha ko‘p qahramonlarni yaratadi, kelajak avlodlarga 
shuncha go‘zal va jozibali bo‘lib tuyuladi. Zamondoshlar faoliyatining mazmuni, 
mohiyati va maqsadlari, ular o‘z maqsadlariga erishish uchun tanlovchi va 
foydalanuvchi shakllar, usullar va vositalar, yuz berayotgan ijtimoiy voqealar 
jarayoni va natijasiga ko‘maklashuvchi va ularga bevosita yoki bilvosita tasir 
ko‘rsatuvchi tarixiy sharoitlar majmui odamlar avlodi yashayotgan davrga alohida, 
betakror ruh va tus baxsh etadi. Bu faoliyat, bu voqealarni ularning ishtirokchilari 
o‘z boshlaridan kechiradilar; ularni kelajak avlodlar anglab etadilar, baholaydilar va 
qayta baholaydilar. Bazan yuz bergan voqeaning asl mazmuni va mohiyati oradan 
ancha vaqt o‘tganidan so‘ng ayon bo‘ladi.
Davr ruhi – avlodning amaliy aqli turli tarixiy zamonlarda ijtimoiy 

Download 5.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling