184
Vaqt bir yo‘nalishli, nosimmetrik va orqaga qaytmaydigan jarayon sifatida namoyon
bo‘ladi.
Borliq hodisalarini vaqtda tartibga solish uchun «vaqt» tushunchasining ikki
majmuidan foydalanilgan:
«O‘tmish – hozirgi vaqt – kelajak» tushunchasining sifati
va mazmunini ifodalashda vaqtning psixologik tavsifi ko‘proq mos keladi. Vaqtning
miqdoriy tahlil uchun : «oldin – ayni bir vaqtda – keyin» tushunchalari qo‘llaniladi.
Borliq hodisalarini vaqtda tartibga solish uchun «vaqt» tushunchasining ikki
majmuidan foydalanilgan: A majmui – «o‘tmish – hozirgi vaqt – kelajak» va V
majmui – «oldin – ayni bir vaqtda – keyin». Vaqtning miqdor ko‘rsatkichlari qayd
etilgan hollarda vaqt tushunchalarining ikkinchi majmuidan foydalanilgan. Masalan:
4 minut oldin, 5 minut keyin va h.k. miqdor tahlilini ifodalaydi. Ammo tilimizning
tuzilishiga ko‘ra 4 soat «o‘tmish», 5 minut «kelajak»
qabilida gap tuzish imkoni
yo‘q. Vaqtni tushunishning bu ikki xil jihati 1908 yilda J.Mak-Taggart
tomonidan
aniq tavsiflangan. U «vaqt» tushunchasining ikki majmui haqidagi tasavvurni ilmiy
muomalaga kiritdi.
Do'stlaringiz bilan baham: