O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Download 5.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/315
Sana31.01.2024
Hajmi5.8 Mb.
#1829790
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   315
Bog'liq
Falsafa Asosiy o\'quv qo\'llanma Sh Madayeva va boshqalar 2019

munosabatlarning umumiy rivojlanish darajasiga va jamiyatning etuklik darajasiga 
qarab turlicha mazmun kasb etadi, asosan ongning u yoki bu shakllarida 
mujassamlashadi. Malumki, o‘rta asrlarda mafkuraviy hayot deyarli to‘liq din bilan 
belgilangan, o‘ta radikal g‘oyalar ham, o‘ta konservativ g‘oyalar ham bu davrda 
dunyoviy va haqiqiy hayotga butunlay begona bo‘lgan shakl-shamoyil kasb etgan. 
Boshqa zamonda esa bu rol o‘zga turlar va janrlarga o‘tgan: masalan, XX asrning 
30–40-yillari O‘zbekistonda badiiy adabiyot ijtimoiy g‘oyalar jarchisiga, 
umummilliy minbarga aylangan. Ijtimoiy tafakkur tarixini o‘rganish turli xalqlarda 
turli tarixiy bosqichlarda o‘z davrining etakchi g‘oyalari bunyodkori va tashuvchisi 
1
Қаранг: Вестник Российского университета дружбы народов. Серия «Философия». 2006. №1(11). –С. 46. 


187 
rolini odatda ongning o‘zida nazariy mazmunni o‘ta emotsional, yorqin shakl bilan 
birlashtirgan shakllari va darajalari o‘ynaganini ko‘rsatadi. Mafkura odamlar ongi 
va qalbini egallagan taqdirdagina chinakam moddiy kuchga aylanishi mumkin.
Ayni shu sababli davr ruhi ehtiroslardan xoli, sovuqqon ong bo‘lishi mumkin 
emas. Mazkur ong qadriyat sifatida maydonga chiqadi, insonga hayotda yo‘l 
ko‘rsatadi, shu tufayli ham u boshqaruvchi xususiyat kasb etadi. U hozirgi zamonni 
maqbul va kutilgan kelajak nuqtai nazaridan anglab etishdir. Bunga zamondoshlar 
avlodining o‘z ajdodlariga, ananalarga bo‘lgan munosabati, yani o‘tmishga 
munosabat ham kiradi. Shunday qilib, avlod ruhi nafaqat yuzaki, balki ichki vaqt 
mezonlariga ham ega bo‘ladi: u muayyan darajadagi ijtimoiy-tarixiy rivojlanish 
mahsuli bo‘lish bilan bir vaqtda ijtimoiy voqelikning o‘zi guvohi bo‘layotgan 
jarayonlari va voqealariga o‘z munosabatini bildiradi. Davr ruhining ichki mezonlari 
zamondoshlar avlodi faoliyatining subektiv yo‘nalishi va mo‘ljallariga, bu orqali esa 
– jamiyatda kutilayotgan o‘zgarishlarning xususiyatiga, yuzaga kelgan tarixiy 
vaziyatda odamlar tanlashga harakat qilayotgan yo‘lga ishora qiladi.
Individual ong zamirida ham, ijtimoiy ong zamirida ham ijtimoiy vaqtni 
anglab etish yotadi. Avlod ongi bu munosabatda alohida o‘rin egallaydi. 
Gnoseologik subekt sifatida ijtimoiy-tarixiy avlod individ va jamiyat o‘rtasidagi 
oraliq bo‘g‘indir. Ammo bu hol ong muammosini o‘rganishda doim ham etiborga 
olinavermaydi. Zamondoshlar avlodi kishilik tarixining gorizontal kesimi, yani 
vaqtning muayyan, xronologik jihatdan ixcham qismida olingan jamiyatdir. Shu 
tufayli ham avlod tarixiy harakatni, o‘z borlig‘i vaqtini anglab etishi ijtimoiy ong 
mexanizmini harakatga keltiruvchi birlamchi, boshlang‘ich omil hisoblanadi.
Avlod ongi, binobarin, umuman ong zamirida yotuvchi vaqtni anglash tashqi 
dunyoning obektiv jarayonlari haqidagi nazariy bilim sifatidagina emas, balki eng 
avvalo ommaning faol yondoshuvi va subektiv manfaatlari, uning xohish-irodasi 
ifodasi sifatida maydonga chiqadi. Uni vaqt muammosini nazariy, yani ilmiy va 
falsafiy, konseptual anglab etish bilan bog‘lash mumkin emas, chunki mazkur 
muammo rivojlangan va etuk madaniyat kun tartibiga ancha kech qo‘yilgan va hatto 
hozirgi zamon ijtimoiy ongining tarkibiy tuzilmasida ham uning eng yuksak 
darajalariga tegishlidir. Til lingvistikadan oldin, tafakkur esa mantiqdan ilgari paydo 
bo‘lganidek, o‘z davrini (ajdodlar va avlodlarga o‘zining va o‘z zamondoshlarining 
munosabatini, avlodlar almashuvi dalilining o‘zini) anglab etishga intilish har 
qanday fandan oldinroq paydo bo‘lgan, yani ilk nazariy va nonazariy darajalarda 
vujudga kelgan. U yoki bu davrda, odamlarning u yoki bu avlodida vaqt haqidagi 
tasavvurning rivojlanish darajasi xususida faylasuflarning risolalarigina emas, balki 
o‘sha davrga mansub bo‘lgan madaniyat boyliklari ham darak beradi. Bu haqda eng 
avvalo odamlar faoliyatining xususiyati va ularning turmush tarzi dalolat beradi. 
Vaqtga muayyan munosabat zamondoshlarning dunyoqarashida, ularning manaviy 
dunyosida, xalq ijodi (eposi)ning mazmunida, oddiy, ommaviy ong sohasida va 
hokazolarda namoyon bo‘ladi. Har qanday nazariyalar va konsepsiyalardan farqli 
o‘laroq, bu soha amaldagi tarixiy rivojlanish jarayoniga, yuz berayotgan voqealarga 
mazkur avlodning bevosita munosabatini aks ettiradi. O‘z-o‘zidan ravshanki, bu 


188 
erda mazkur mavzuda umumiy fikr-mulohazalargina bildirilishi mumkin; ushbu 
nuqtai nazardan mazmunli va konkret tahlil esa kengroq va murakkabroq mustaqil 
ilmiy tadqiqot vazifasini tashkil etgan bo‘lur edi. 
Davr ruhi real ijtimoiy vaqt (avlod vaqti) mahsuli va ayni paytda 
zamondoshlarning unga bo‘lgan subektiv munosabati sifatida avlodning o‘z 
o‘zligini anglash jarayonini belgilaydi. Bu davr ruhining ijtimoiy va gnoseologik 
funksiyasi hisoblanadi. Ijtimoiy borliq sohasida ziddiyatlar qancha keskin va kuchli, 
ijtimoiy ong strukturasi qancha murakkab bo‘lsa, davr ruhi shuncha kuchli va etuk 
darajada bo‘ladi. Hamonki ijtimoiy ong ijtimoiy borliqning inikosi hisoblanar, 
ijtimoiy inikos esa o‘z tabiati va mohiyatiga ko‘ra voqelikni ildamroq aks ettirar 
ekan, ijtimoiy munosabatlar rivojlanishi bilan inson ongining ildam xususiyati 
kuchayib boradi, ayni shu zaminda inson miyasida barcha g‘oyalar va tasavvurlar 
tug‘iladi, degan umumiy xulosaga kelish mumkin. Odamlarning muayyan, konkret 
avlodi tarixiy harakatning real, bevosita tashuvchisi bo‘lgani bois, mavjud ijtimoiy 
borliq haqida zamondoshlarning tasavvuri obektiv ijtimoiy vaqtga bo‘lgan 
munosabat shakli (yani ijtimoiy mo‘ljal) sifatida inson o‘zligi faol ishlashini 
taminlovchi ichki manbani, ijtimoiy ongning barcha shakllari va darajalari 
mahkamlanadigan o‘ziga xos «sinch»ni tashkil etadi. 
Mazkur vaqtga zamondoshlarning munosabati qancha chuqur bo‘lsa, 
jamiyatning intellektual va manaviy hayoti shuncha faol va boy bo‘ladi. Vaqtni his 
qilmaslik avlodning manaviy o‘limi, uning tarixiy jarayondan tushib qolishi bilan 
barobardir. Ammo vaqtni his qilish yoki his qilmaslik individlarning antropologik 
xossasi, ularning peshonasiga yozilgan yoki yozilmagan qobiliyat emas. Agar bu 
xossa bo‘lsa, uni ijtimoiy xossa deb nomlash o‘rinli bo‘ladi, yani uning o‘zi ijtimoiy 
vaqt, yuz berayotgan tarixiy jarayon darajasi va xususiyatining ko‘rsatkichidir. 
Avlod ijtimoiy vaqtining ichki mezonlari uning tashqi mezonlari bilan belgilanadi: 
obektiv, moddiy, ijtimoiy munosabatlarning rivojlanish omillari va qizg‘inlik 
darajasiga qarab tarixiy jarayonga bo‘lgan subektiv munosabatning mazmuni va 
xususiyati dam kuchayadi va chuqurlashadi, dam susayadi yoki o‘z shakl-
shamoyilini o‘zgartiradi. O‘z-o‘zidan ravshanki, turg‘unlik davrlarida va jamiyat 
hayotida tub burilish yasagan yirik voqealarga boy davrlarda zamondoshlarning 
ijtimoiy vaqtga bo‘lgan subektiv munosabati bir xil bo‘lmaydi. Ayni shu sababli 
bo‘ronlar va bo‘hronlarni boshdan kechirgan avlod davrining ruhi va yarim mudroq 
holatda yashayotgan avlod davrining ruhi ham har xil bo‘ladi.
Shunday qilib, vaqtni his qilish unga daxldor bo‘lish demakdir. Ammo bu 
avlodning o‘z o‘zligini anglashi hamdir, zero zamondoshlar yagona maqsadga 
erishishga qaratilgan umumiy ishlarda ongli ravishda ishtirok etgan taqdirdagina 
o‘zlarini yakdil va birdam his qilishlari mumkin. Shundagina «o‘z-o‘zidagi» avlod 
«o‘zi uchun» avlodga aylanadi.

Download 5.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling