O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Download 5.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/315
Sana31.01.2024
Hajmi5.8 Mb.
#1829790
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   315
Bog'liq
Falsafa Asosiy o\'quv qo\'llanma Sh Madayeva va boshqalar 2019

Makonning ko‘p o‘lchovliligi. Nisbiylik nazariyasini rivojlantiruvchi va 
kuchli, kuchsiz, elektromagnit va gravitatsion o‘zaro tasirlarga nisbatan yaxlit 
yondashuvchi hozirgi tabiiy-ilmiy konsepsiyalar makonning uch o‘lchovliligi va 


183 
vaqtning bir o‘lchovliligi (u o‘tmishdan kelajakka qarab oqishi)ni moddiy jismlar 
borlig‘ining ehtimol tutilgan hollaridan biri sifatida talqin qiladi va bizning 
Metagalaktikamiz bilan bir qatorda o‘zga dunyolar ham mavjudligini faraz qilib
makon va vaqtning ko‘p o‘lchovliligi g‘oyasini ilgari suradi. Boshqa olamlarda 
makon va vaqt butunlay o‘zgacha tuzilish, ko‘lamlilik va shakllarga ega bo‘lishi 
mumkinligi taxmin qilinadi.
Makon va vaqt ko‘rsatkichlari nafaqat mikro-, makro- va megadunyo 
darajasida, balki jonli tabiat, ijtimoiy borliq darajasida ham o‘ziga xos 
xususiyatlarga egadir.
Erda hayot paydo bo‘lishi bilan go‘yo jonsiz tabiat makon va vaqti doirasida 
joylashgan alohida, biologik makon va vaqt o‘lchovi yuzaga keladi. SHu munosabat 
bilan jonli va jonsiz tabiatdagi simmetriklik muammosi hayotni o‘rganish bilan 
shug‘ullanuvchi olimlar etiborini o‘ziga tortdi. Jonli organizmlar simmetriyasi va 
asimmetriyasi hodisalarini L.Paster, I.Kant, V.I.Vernadskiy va boshqalar o‘rgandi. 
Ular jonsiz tabiatga xos bo‘lmagan asimmetriya molekulyar darajada atomlar 
guruhlarida «so‘l» va «chap» qanotlar ko‘rinishida namoyon bo‘lishi, organizmlar 
darajasida esa ularning tuzilishi va dinamikasida aks etishini aniqladilar.
Makon va vaqtning metrik xossalariMetrik xossalarga makon va vaqtning 
ko‘lamlilik hamda davomlilik kabi miqdor ko‘rsatkichlari kiradi. Ko‘lamlilik joy va 
o‘rinning mavjudligini nazarda tutadi. Joy – makon chegarasi va u qamrab oluvchi 
muayyan hajmning birligi. O‘rin – bir joyning boshqa joylarga nisbatan 
koordinatsiyasi. Joy va o‘rin makon tuzilishini belgilaydi. SHunday qilib, biz makon 
tuzilishi haqida so‘z yuritganda uning joy va o‘rnini tavsiflashimiz shart. Davomlilik 
va lahza vaqtning asosiy metrik ko‘rsatkichlari hisoblanadi. Lahza – davomlilikning 
boshqa parchalab bo‘lmaydigan atomi, davomlilik kvanti. Davomlilikning o‘zi 
bunda muayyan chegaraga solingan lahzalar majmui sifatida tushuniladi. Muayyan 
obekt mavjudligining dastlabki va pirovard lahzalari ana shunday chegara sifatida 
amal qiladi. Davomlilik – obekt mavjudligining davomiyligi va saqlanishidir. 
Davomlilik voqea-hodisalarning ayni bir vaqtda yuz berishi – sinxroniya yoki 
ketma-ketlik – diaxroniya munosabatlari bilan tavsiflanishi mumkin.

Download 5.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling