193
5-mavzu. Bilish nazariyasi, yo‘nalishlari va asosiy muammolari
Insonning o‘zini qurshagan dunyoga bo‘lgan munosabatlaridan biri - bilishdir.
Inson o‘z hayoti davomida faqat tashqi dunyoni, yani tabiat va jamiyatnigina bilib
qolmasdan, balki o‘zini, o‘zining ruhiy-manaviy dunyosini ham bilib boradi.
Insonning dunyoni bilishini falsafa ham, boshqa
hamma aniq fanlar ham
o‘rganadi. Bunda aniq fanlar dunyoning turli tomonlarini, ularning qonuniyatlarini
va xususiyatlarini o‘rgansa, falsafa esa inson bilishining eng umumiy tomonlarini,
qonuniyatlarini va xususiyatlarini o‘rganadi va ochib beradi.
Aristotel
ko‘rsatishicha, alohida fanlar borliqning ayrim tomonlarini o‘rgansa, falsafiy
bilish
borliqning eng umumiy tomonlarini o‘z ichiga oladi. Falsafa keng ko‘lamdagi
kategoriyalar, tushunchalar vositasi bilan butun g‘oyalarni sintezlashtiradi.
Bilish nazariyasi, borliq va bilish rivojlanishining umumiy qonunlari haqidagi
talimot. Bilishning falsafiy nazariyasiga ko‘ra, bilish moddiy va manaviy borliqning
inson miyasidagi muayyan maqsadga qaratilgan faol aks etishidir. Inson bilishining
manbai esa ayni shu moddiy va manaviy borliq, ularni
tashkil qilgan predmetlar,
hodisalar va jarayonlardir. Bu predmetlar, hodisalar va jarayonlar insonga tasir qilib,
uning miyasida aks etadi. Ular moddiy va manaviy borliqning inson miyasidagi
subektiv
obrazlari, ramzlari va belgilaridir. Bu jihatdan inson bilishi, avvalo,
moddiy va manaviy borliqning xususiyatlariga va shu bilan birga, ularni faol inikos
ettiruvchi inson miya mexanizmining rivojlangan darajasiga bog‘liqdir.
Bilish
insonning tabiat, jamiyat va o‘zi to‘g‘risida bilimlar hosil qilishga
qaratilgan aqliy, manaviy faoliyat turidir. Inson o‘zini
qurshab turgan atrof-muhit
to‘g‘risida bilim va tasavvurga ega bo‘lmay turib, faoliyatning biron-bir turi bilan
muvaffaqiyatli shug‘ullana olmaydi.
Bilishning mahsuli, natijasi ilm bo‘lib, har
qanday kasb-korni egallash faqat ilm orqali ro‘y beradi. SHuningdek, bilish
insongagina xos bo‘lgan manaviy ehtiyoj, hayotiy zaruriyatdir.
Do'stlaringiz bilan baham: