O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Tafakkur uslubining asosiy jihatlari


Download 5.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/315
Sana31.01.2024
Hajmi5.8 Mb.
#1829790
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   315
Bog'liq
Falsafa Asosiy o\'quv qo\'llanma Sh Madayeva va boshqalar 2019

Tafakkur uslubining asosiy jihatlari. Malumki, odamlar qadimdan «uslub» 
tushunchasini sanat, adabiyot, arxitektura asarlari xususiyatini izohlash uchun 
ishlatganlar. XX asrda bu tushuncha yangicha manoda qo‘llanilmoqda. Ko‘p 
hollarda, avval malum bo‘lmagan, «tafakkur uslubi» yoki «ilmiy tafakkur uslubi» 
kabi lingvistik atamalarga duch kelinmoqda. Bu tushunchalar nimani ifoda etadi va 
ularning paydo bo‘lishiga sabab nima? 
Tafakkur uslubi bilish taraqqiyotining muayyan tarixiy bosqichidagi ilmiy 
tafakkurning asosiy, belgilovchi tavsifini o‘zida ifoda etadi. Ko‘p xollarda «tafakkur 


210 
uslubi», «o‘rganish uslubi», «yondoshish metodi» tushunchalari sinonimlar sifatida 
qo‘llaniladi. Shu sababli metafizik, eklektik, sofistik, dialektik va boshqa tafakkur 
uslublari haqida gapirish mumkin. 
«Tafakkur uslubi» tushunchasini ilmiy nuqtai nazardan aniqlash muhim 
nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Biroq, bu vazifani hal qilish bir qator 
qiyinchiliklar bilan bog‘liq, negaki «tafakkur uslubi» juda keng manodagi 
tushunchadir. Shuning uchun dastavval, umumiy shaklda, uning asosiy 
ko‘rinishlarini belgilash mumkin.
Avvalo shuni takidlash kerakki, tafakkur uslubi hissiy va aqliy bilimga 
asoslangan, voqelikni vositali inikos etishdir. Malumki, inson tafakkurida uni o‘rab 
turgan voqelikdagi narsa va hodisalarni aks ettirish ularning mantiqiy obrazini 
o‘zida ifodalagan tushunchalar yordamida amalga oshiriladi. Tushunchalar umumiiy 
xarakterga egaligi bilan tavsiflanadiki, ular tufayli narsa va hodisalarning muhim 
tomonlarini aniqlab olish mumkin bo‘ladi. 
Muayyan tushunchalar sistemasi yordamida erishilgan bilimlarni mantiqan 
anglab olish ham tafakkur uslubining xarakterli belgilaridandir. Bunday anglab 
olishga qayta-qayta mulohaza qilish yo‘li bilan erishiladi. Natijada inson ongida 
turli narsalar, hodisalar hamda ularning tomonlari va xossalari o‘rtasidagi o‘zaro 
bog‘lanish aks etadi.
Inson uchun uni o‘rab turgan olam va uning rivojlanish qonuniyatlari 
to‘g‘risidagi yangi bilimlarni aks ettirish, anglab olish, turli hayotiy vaziyatlarda 
muvofiq keladigan xulq va amaliy yo‘nalishni tarkib toptirish uchun zarurdir. Ular 
tushunchalar sistemasi yordami bilan mulohaza qilish natijasidagi aqliy yakunlar
xulosalar tufayli vujudga keladi. 
Tafakkur uslubining turli xillariga xos xususiyatlarni aniqlash uchun, oddiy 
(kundalik), ilmiy (professional) va falsafiy tafakkur uslublarini bir-biridan farqlash 
maqsadga muvofiqdir.
Oddiy tafakkur uslubi deganda, inson o‘z ongida narsalar olamini, so‘z, 
jumlalar orqali aks ettirib, ularni anglab olishda mavjud empirik faktlarga asoslanib, 
xatti-harakat yo‘nalishini belgilashi tushuniladi. Ya’ni, oddiy tafakkur uslubiga har 
qanday bilish jarayoniga xos bo‘lgan xususiyatlar muvofiq keladi. Biroq, bunga 
asoslangan holda tafakkur uslubini mantiqiy tafakkur shakllari bilan aralashtirib 
yubormaslik kerak. Masalaning mohiyati shundaki, agar tushuncha, mulohaza va 
xulosalar subekt aqliy faoliyatning mantiqiy shakllarini tashkil etsa, tafakkur uslubi 
esa mazkur mantiqiy shakllar yordamida namoyon bo‘lib, uning ichki mazmunini 
ifodalaydi.
Bu belgilar – ilmiy (professional) tafakkur uslubining ajralmas elementlari 
bo‘lsada, uni xarakterlash uchun etarli emas. Chunki, ilmiy (professional) tafakkur 
darajasida olam va uning rivojlanish qonuniyatlarini aks ettirish, anglash hamda 
maqsadga muvofiq yo‘nalishini belgilab olish muayyan ilmiy prinsiplar, g‘oya, 
nazariya va u bilan bog‘liq bo‘lgan tayyor holdagi mavjud tushunchalar apparati 
bilan amalga oshiriladi. Bunday sharoitda tafakkur funksiyasi yangi erishilgan 
bilimlar bilan oldindan mavjud bo‘lganlarini taqqoslashga qaratilgan bo‘ladi. Bu 
taxlit taqqoslash jarayonida, bir tomondan, oldindan mavjud bo‘lgan bilimlar 


211 
chuqurlashadi, kengayadi va aniqlashadi, ikkinchi tomondan, yangi bilimlar 
to‘planadi va takomillashadi. 
Yangi erishilgan bilimlarni anglab olishda mavjud nazariyalar sistemasi 
hamda tamoyillar bilan bir qatorda, turli faoliyat sohasida oldindan to‘plangan bilish 
tajribasi ham muhim ahamiyatga ega. Kasbiy tajriba, mavjud nazariya sistemasi 
bilan birgalikda yangi erishilgan bilimlarning amaliy qimmatini baholashning 
muhim etaloni sifatida namoyon bo‘ladi. Masalan, texnik tafakkur ilgari to‘plangan 
texnik tajribalarni hisobga olib ishlab chiqilgan, olimlarning faoliyati natijasida 
moddiylashgan mashinalar, mexanizmlar sistemasini aks ettiradi va anglab oladi. 
Ana shu ilmiy asos va texnik (professional) tajriba zaminida turli mexanizmlarni 
amaliy jihatdan qo‘llanishda yaroqli yoki yaroqsizligi bilib olinadi. 
Mavjud ilmiy prinsiplar, nazariyalar hamda o‘tmishda to‘plangan professional 
tajriba yordamida yangi erishilgan bilimlarni aks ettirish va anglab olish – barcha 
ilmiy tafakkur uslubiga xos asosiy belgidir. Chunonchi, tibbiy tafakkurda bemor 
kasalligining belgilarini aks ettirish va anglab olish, davolanishning optimal 
yo‘llarini belgilash, mavjud meditsina bilimlari sistemasi va vrachlik tajribasi 
yordamida zamonaviy meditsina texnikasini qo‘llash orqali amalga oshiriladi. 
Fanning har bir sohasida muqarrar tarzda nazariyalar, prinsiplar sistemasi 
mavjud, ular orqali odamlarni o‘rab turgan voqelikdagi narsa va hodisalar hamda 
ularning rivojlanish qonuniyatlari to‘g‘risida erishilgan yangi bilimlar aks ettiriladi. 
O‘zining turli-tumanligi, xususiyatlarining boyligi bilan xarakterlanadigan 
professional tafakkur ana shunga asoslanadi. 
Umuman olganda, ilmiy (professional) tafakkur, oddiy tafakkur kabi amaliy 
xarakatga muvofiq keladigan pozitsiyani ishlab chiqishda o‘rganiladigan obektlar 
haqidagi bilimlarni vositali aks ettirish va anglab olishni ifoda etadi. Lekin, 
oddiydan farqli ravishda, ilmiy (professional) tafakkur tayyor bilimlarning muayyan 
yig‘indisini taqozo qiladi. Uning asosida inson bilish faoliyati va amaliy harakati 
uchun muvofiq keladigan pozitsiyani ishlab chiqish jarayoni hamda uning 
natijalarini baholash sodir bo‘ladi. Tabiat va jamiyat haqidagi aniq fanlar 
mazmunini u yoki bu tarixiy bosqichga mos keladigan fundamental ilmiy prinsiplar, 
g‘oya, nazariyalar, tayyor bilimlar tashkil etadi. 
Ilmiy bilish va ilmiy tafakkur falsafiy uslubning ajralmas elementini tashkil 
qiladi.Falsafiy tafakkur uslubi ilmiy (professional) uslubdan shu bilan farq qiladiki, 
moddiy olam va uning rivojlanish qonuniyatlarini aks ettirish hamda anglab olish, 
muayyan dunyoqarash va metodologik prinsiplar asosida amalga oshiriladi. 
Binobarin, ilmiy tafakkur asosida yotgan xususiy-ilmiy g‘oya, nazariyalar 
qatiyan belgilangan soha va chegaraga ega bo‘lsa, falsafiy qoidalar bunday 
chegaraga ega emas. Moddiy olam taraqqiyotining eng umumiy qonuniyatlarini aks 
ettiradigan falsafiy prinsiplar, qonun va kategoriyalar umumiylik xarakteriga ega. 
Shuning uchun ham ular olamni bilish va qayta o‘zgartirishning umumiy metodi 
sifatida namoyon bo‘ladi. 
Falsafiy tafakkur uslubi, ilmiy tafakkur uslubi kabi, turli xil shakllarda 
namoyon bo‘lish bilan xarakterlanadi. Bundan falsafiy tafakkur shakllarining ko‘p 
qirraligi nimaga bog‘liq degan savol, muqarrar, kelib chiqadi. Bu savolga javob 


212 
berishda shu narsani hisobga olish kerakki, u yoki bu tafakkur uslubining mazmuni 
falsafaning asosiy masalasini, tafakkurning borliqqa, ruhning tabiatga bo‘lgan 
munosabatini hal qilish bilan belgilanadigan dunyoqarashlik va metodologik 
xususiyati bilan belgilanadi. Agar dunyoqarashlik va metodologik jihatlar 
mazmunni belgilasa, ularning konkret namoyon bo‘lishi esa falsafiy tafakkur 
uslubining shaklini tashkil etadi. 
Falsafiy tafakkur uslubi biluvchi subektning dunyoqarashlik va metodologik 
prinsiplar xarakteri bilan uzviy bog‘langandir. Shuning uchun dunyoqarash va 
metodning o‘zgarishi, tafakkur uslubining o‘zgarishiga olib keladi. Binobarin, 
tafakkur uslubi shakllanish jarayonida metod va dunyoqarashga aks tasir etadi, ilmiy 
bilish sohasida u yoki bu vazifani hal qilish bilan bizning oldimizga yangi 
vazifalarni qo‘yib, yangicha hal qilishga undaydi. Muayyan masala hal qilinishi 
bilan u yangi tafakkur jarayoniga tasir etadi. Shu o‘rinda tafakkur uslubining 
ijodiylik, faollik xususiyati namoyon bo‘ladi. 
Tafakkur uslubi voqelikdagi narsa va hodisalarni, ularning rivojlanish 
qonuniyatlarini muayyan kishilarning o‘ziga xos xususiyatlari, ehtiyojlari
manfaatlari ijtimoiy munosabatlariga muvofiq keladigan empirik bilimlar, ilmiy 
g‘oyalar, nazariyalar, dunyoqarash va metodologik prinsiplarga muvofiq tarzda 
inikos etilishi va anglab olinish usulidir. Bu tarifda umuman barcha tafakkur uslubi 
shakllariga xos bo‘lgan eng umumiy belgilar o‘z aksini topgan.
Tafakkur uslubining turli-tuman ko‘rinishlari: birinchidan, atrofni o‘rab 
turgan narsa va hodisalar hamda ularning rivojlanish qonuniyatlarining inson ongida 
to‘la va chuqur inikos etilish darajasiga bog‘liq. Bu esa, o‘z navbatida tarixiy 
rivojlanishning turli bosqichlarida tafakkur anglab olishi lozim bo‘lgan 
tushunchalar, tamoyillar, qonunlar sistemasiga bog‘liq. Ikkinchidan, u jamiyatning 
ijtimoiy tuzilishi, milliy anana va urf-odatlar, shaxsning individual ijodi, 
shuningdek, manaviy va boshqa ijtimoiy munosabatlarning majmui bilan taqozo 
etiladi. 
Tafakkur uslubi insoniyatning ish uslubiga bevosita tasir qiladi. Muayyan 
ilmiy nazariya, metodologiya va dunyoqarash prinsiplariga suyangan tafakkurning 
aniq va ravshanligi amaliy faoliyatda bo‘layotgan voqealarni muayyan nuqtai 
nazardan tahlil qilishga, ularning kelajakdagi rivojlanish tendensiyalari haqida 
xolisona xulosa chiqarishga, amaliyotda to‘g‘ri foydalanishga imkon tug‘diradi. 
Bunday tafakkur uslubi hozirgi istiqlol davrida ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy 
taraqqiyotning ilmiy asoslangan strategiya va taktikasini ishlab chiqishda katta 
ahamiyat kasb etmoqda.

Download 5.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling