O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar


Download 5.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/315
Sana31.01.2024
Hajmi5.8 Mb.
#1829790
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   315
Bog'liq
Falsafa Asosiy o\'quv qo\'llanma Sh Madayeva va boshqalar 2019

Mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar 
 
1.Usul nima? Uning shakllari haqida so’zlab bering. 
2.Shaklan noaniq tafakkurlash usulining mohiyatini ochib bering. 
3.Dialektika usulining mazmun-mohiyati haqida Forobiyning fikrlarini 
so’zlab bering. 
4.Dialektika usulining muqobillari sofistika, metafizika, eklektika haqidagi 
fikr-mulohazalaringizni bayon eting. 
5. Bilish nima? Bilimning asosiy bosqichlari nimalardan iborat? 
6. Hissiy va aqliy bilishning xususiyatlari, shakllari haqida so’zlab bering. 
7. Haqiqat nima? Nisbiy hamda mutlaq haqiqatlarning o’zaro munosabatlari 
qanday? 
8. Haqiqatning mezonlari haqida nimalar deya olasiz? 
9. Amaliyotning bilish jarayonidagi ahamiyati nimalardan iborat? 
10.Ilmiy bilishning o’ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat? 
11.Ilmiy bilishning empirik darajasini tavsiflab bering. 
12.Bilishning empirik darajasida qaysi usullardan foydalaniladi? 
13.Ilmiy bilish nazariy darajasining xususiyatlari haqida so’zlang. 
14.Nazariy bilishning shakllariga nimalar kiradi? 
15.Olam haqida ilmiy manzara yaratishda falsafiy g’oyalarning ahamiyati 
nimalardan iborat? 
 
 
6-mavzu. Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari 
 
Falsafada 
metod 
va 
metodologiya, 
metodika 
tushunchalari. 
Metod (yunon metodos – tadqiqot yoki bilish yo‘li, nazariya, ta’limot) voqe’likni 
amaliy yoki nazariy o‘zlashtirish usuli. Metod aslida inson amaliy faoliyatining 
negizida yuzaga kelgan. Bilish predmetini o‘rganish yo‘lida tafakkurning anglash 
usullarini amaliy va mushohadaviy yo‘llarini chambarchas aloqasi hosil qilgan 
tajriba ilm-fanda o‘ziga xos metodlarni yaratadi. Falsafa fani boshqa fanlar uchun 
metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi. Falsafa fani metodlari barcha fanlar uchun 
umumiy qo‘llash mumkin bo‘lgan metodlardir, shuningdek alohida fan doirasida 
qo‘llash mumkin bo‘lgan xususiy metodlar ham mavjud. Falsafaning predmeti 
tabiat, jamiyat va inson tafakkurining eng umumiy rivojlanish qonunlarini 
o‘rganishdan iborat ekan, falsafa fani bir vaqtning o‘zida tabiat, jamiyat va inson 
tafakkurining alohida jihatlarini o‘z ob’ekti doirasida o‘rganuvchi fanlarga 
metodologik yo‘nalish beradi. Alohida fanlar doirasida o‘rganilayotgan ob’ekt va 


219 
predmet haqida to‘g‘ri bilim shakllanishi uchun, fanlar doirasida kashf etilayotgan 
qonuniyatlar to‘g‘ri anglanilishi uchun falsafiy bilimlar umumiy metodologik 
tamoyillarni shakllantirib beradi.
Metodlar eksperimental fanlarning paydo bo‘lishi bilan izchil rivojlantirildi va 
o‘rganila boshlanadi. Hozirgi zamon fanlarining metodlari ilmning o‘zi kabi turli-
tumandir. Shunga muvofiq metodlar turlicha klassifikatsiya qilinadi. Ilmiy 
nazariyalarni yaratish va ularni tekshirish metodi, ilmiy xulosalarni bayon etish 
metodi; falsafiy, umumnazariy va maxsus ilmiy metodlar; bulardan tashqari 
voqe’likni sifat va miqdor bo‘yicha o‘rganish metodlari farqlanadi. Fanlar 
o‘rtasidagi o‘zaro aloqaning chuqurlashishi, muayyan fanlarning natijalari, 
modellari va metodlarni boshqa fanlarda qo‘llanilishiga olib kelmoqda. 
Inson amaliy harakatining usullari anglanuvchi uslubiy omilga aylangach, bu 
usullar oxir-oqibatda metodlar haqidagi ta’limot - metodologiyaning paydo 
bo‘lishiga olib keldi. Metodologik bilim, birinchidan, muayyan faoliyat turlarining 
mazmuni va izchilligini o‘z ichiga olgan odat va normalar shaklida, ikkinchidan, 
amalda bajarilgan faoliyatning ta’siri sifatida yuzaga chiqadi. Hozirgi zamon 
adabiyotlarida metodologiya deyilganda, avvalo, ilmiy bilish metodologiyasi, ya’ni 
ilmiy bilish faoliyatining shakllari va metodlari tushuniladi. Fan metodologiyasi 
ilmiy tadqiqot komponentlari – uning ob’ekti, analiz mavzui, tadqiqot vazifalari, 
ularni hal etish uchun zarur bo‘lgan vositalarni ifodalaydi, shuningdek masalani hal 
etish jarayonida tadqiqotchi faoliyatining izchilligi haqida tasavvur hosil qiladi. 
Masalani qo‘yish, tadqiqot mavzuini va ilmiy nazariyani shakllantirish, shuningdek 
olingan natijani uning haqiqiyligi, ya’ni o‘rganilayotgan ob’ektga muvofiqligi 
jihatidan tekshirish metodologiyani qo‘llanilishini eng muhim tomoni hisoblanadi. 
Metodologiyaning asoschisi ingliz filosofi F.Bekondir. U birinchi marta fanni 
metodlari sistemasi bilan qurollantirish g‘oyasini ilgari surdi. R.Dekart bilish 
muammosi sifatida ta’riflab, birinchi marta tafakkurning o‘ziga xosligi, uni 
reallikning shunchaki va bevosita in’ikosidan iborat qilib qo‘yish mumkin emasligi 
haqidagi masalani ilgari surdi. Nemis filosofi I.Kantga qadar metodologiya 
muammosi bilish nazariyasi bilan birga edi. Kant birinchi marta bilimning ob’ektiv 
mazmuni bilan shakli o‘rtasidagi farqni ajratib, metodologik bilimning alohida 
mavqeini asoslab berdi. Metodologiya muammosini o‘rganishda nemis klassik 
idealizmi erishgan muhim natija shu bo‘ldiki, u bilishning va umuman, ma’naviy 
faoliyatning umumiy metodi – dialektikaning rolini ko‘rsatib beradi.
Agar ilgari metodologiya tushunchasi avvalo ilmiy bilish faoliyatidan falsafiy 
asoslar haqidagi tasavvurlarni o‘z ichiga olgan bo‘lsa, endilikda ilmning ko‘p 
tarmoqli, rivojlangan maxsus sohasini anglatadi. Umuman bilish nazariyasidan 
metodologiya bilish vositalariga jiddiy e’tibor berishi bilan farq qiladi. Fan 


220 
sotsiologiyasi va fanshunoslikning boshqa sohalaridan farqli o‘laroq metodologiya, 
bilishning ichki tartib - qoidalari, logikasi va strukturasini o‘rganadi.

Download 5.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling