Reja: Fanning predmeti va vazifalari
Download 140.84 Kb.
|
слайд 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sotsiologiya va tilshunoslikning bog’liqligi.
- Turli qatlamlar va sinflarning til qo’llashini o’rganish bilan cheklanadi. Binobarin, “til to’siqlari”, “yoyiq va yig’iq kod”, “kompensatsiyali ta’lim” kabi masalalar keng tadbiq etiladi.
- Sotsiologiya va tilshunoslikning bog’liqligi
- Tilshunoslik Sotsiologiya sotsiolingvistika Demak, bugungi kun jamiyati va tili bir-birini tadqiq qilishda hamkorlik qilish lozim!
Mavzu:
Reja:
Fanning predmetini belgilashda turli mamlakatning olimlari turlicha fikrlar bildirishgan. Garchi ulardagi umumiy mazmun bir xil bo’lsa-da, tushuntirishlar turlicha. Nemischa qarash Amerikancha qarash Inglizcha qarash Nemischa qarashFanning predmetini belgilashda nemis olimlari, jumladan, A. N. Dittmar shunday degan: “Sotsiolingvistika predmetini tilshunoslik va ijtimoiy fanlar metodidan foydalanib: Kim kim bilan qanday tilda, qanday maqsadda gaplashyapti nutq aktining oqibati qanday bo’ladi? Degan qator savollarga javob berish tarzida tushunish mumkin” Amerikancha qarash Amerika sotsiolingvistakiasining tadqiqiotchisi S.M. Ervin-Tripp kommunikatsiya jarayonidagi partnerlarning verbal muomalasiga sotsiolingvistikaning asosiy predmeti sifatida qaraydi: “Sotsiolingvistika ishtirokchilarining holatga, mavzuga, o’zaro ta`sir funksiyalariga, shakl va baholarga ko’ra verbal muomalasi bilan ish ko’radi”. Mazkur ta`rifning markazi verbal muomala (so’zlashuv va uning muqobillari) hisoblanadi. Bu o’rinda sistemani to’liq tavsiflash uchun lingvistik belgilarning funksional muqobillari sanalgan ishoralar va tasvirlarni ham kiritish lozim bo’ladi. Biroq verbal muomala yuqoridarajadagi to’liq sistema sifatida o’zini har joyda namoyon qiladi.shunga ko’ra, uni qulay boshlang’ich nuqta deyish mumkin. Turli qatlamlar va sinflarning til qo’llashini o’rganish bilan cheklanadi. Binobarin, “til to’siqlari”, “yoyiq va yig’iq kod”, “kompensatsiyali ta’lim” kabi masalalar keng tadbiq etiladi. Inglizcha qarash Sotsiolingvistika tushunchasi “Sotsiolingvistika” termini ilk bor 1952-yil amerikalik olim G. Karri tomonidan kiritildi. Sotsiolingvistika tilshunoslikning tilni va uning mavjud bo’lgan ijtimoiy sharoitlar bilan bog’liqligini o’rganadigan sohadir. Ijtimoiy sharoitlar deganda, amaldagi til rivojlanayotgan tashqi shart-sharoitlar majmui mazkur tildan foydalanyotgan jamiyat, bu jamiyatning ijtimoiy strukturasi, til egalarining yoshi, ijtimoiy mavqei, madaniyat va bilim darajasi, yashash joyi orasidagi farqlar, shuningdek ularning orasidagi nutqiy muloqotdagi farqlar tushuniladi. Demak, sotsiolingvistika tilning jamiyat hayotidagi roli, uning ijtimoiy tabiati, tabiat funksiyasi, ijtimoiy omillarning tilga bo’lgan ta`sir mexanizmi bilan bog’liq masalalarni o’rganadigan tilshunoslik sohasidir. Fanning shakllanishi Fanning shakllanishida I. A. Boduen de Kurtenening til hodisalarining ijtimoiy shartlanganligi, tilning qo’llanishi va rivojlanishiga ekstralingvistik ijtimoiy ommillar ta`siri borasidagi tadqiqiotlari katta rol o’ynagan. 1974-yil “Ruskiy yazik zarubejom” jurnalida e`lon qilingan maqolada N. G. Mixaylovskaya Kurteneni rus tilshunosligidagi sotsio-etnolingvistik tadqiqiotlarning asoschisi deb ataydi. XX asrning birinchi yarmida Fransiya, Rossiya, Chexiya tilshunoslik maktablarida tillarning ijtimoiy muhitiga katta ahamiyat beriladi. Rus olimlari Polivanov, Yakubinskiy, Jirmunskiy, Larin, Selishev, fransuz tilshunoslari Bruno, A. Meye, Lafarg, chex tilshunoslari Gavranek, Mateziuslarning ilmiy g’oyalari fanning rivijlanishiga turtki bo’ldi. Sotsiologiya jamiyatning tuzilishini, uning qay tarzda rivojlanishini, ichki strafikatsiyasini o’rganadi. Tilshunoslik esa tilni o’z ichida o’rganadigan fan sanaladi. Ularning birikuvi tilshunoslik orqali jamiyatni, jamiyat orqali til imkoniyatlarini o’rganadi. Masalan, shevalar, argo va jargolar, fonetik tafovutlar jamiyatdagi bir-biridan ajralib turadigan sinf va qatlamlarning farqini o’rgansa, jamiyatning taraqqiyoti, uning rivojlanishiga qarab biror tillning qay tarzda rivoj topishini yoki qay tarzda tanazzulga uchrashini tushuntirish mumkin. Sotsiologiya va tilshunoslikning bog’liqligi U. Braytning fikriga ko’ra, sotsiolingvistik tadqiqotlar til va jamiyat munosabatlari bilan bog’liq bo’ladi. Biroq bunday qarashlar ham noaniqlikni keltirib chiqaradi. Aslida esa til va jamiyat shunchaki qandaydir birliklarning majmuyi emas, balki ular struktura sanaladi. Bunda sotsiolingvistlarning vazifasi lingvistik strukturaning sistematik qo’shma variyatsiyalashuvini ko’rsatib berish, hatto, u yoki bu yo’nalishning tasodifiy aloqasini ochib berishdan iborat.Tilshunoslik Sotsiologiya sotsiolingvistika Demak, bugungi kun jamiyati va tili bir-birini tadqiq qilishda hamkorlik qilish lozim! E`tiboringiz uchun tashakkur! Download 140.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling