Harakat borliqning yashash sharti. Bizni qurshagan dunyoning muhim
xususiyati – Koinotda va uning barcha tarkibiy qismlarida yuz beradigan tinimsiz
o‘zgarishlardir. Hozirgi zamon falsafasida «harakat» tushunchasi «keng» manoda
umuman har qanday o‘zgarish haqidagi tasavvur sifatida talqin qilinadi. Kengayib
borayotgan Metagalaktika ham, o‘zaro tasirga kirishayotgan elementar zarralar ham,
ko‘payayotgan, moddalar almashinuvini amalga oshirayotgan tirik hujayralar ham,
ijtimoiy jarayonlar va hokazolar, shu jumladan fikrlash faoliyati jarayonlari ham
harakatda bo‘ladi. Agar biz biron-bir tabiiy obekt yoki hodisani ularning tabiiy
holatida anglab etmoqchi bo‘lsak, «harakat» tushunchasini chetlab o‘tishimiz
mumkin emas. Bir qarashda, oddiy ong nuqtai nazaridan bu noto‘g‘ri, zero, aytaylik,
Alp tog‘lari yoki Misr ehromlarini kuzatar ekanmiz, biz ular abadiy harakatsizlik
holatida ekanligining guvohi bo‘lamiz. Ammo bu harakatsizlik nisbiydir. Umuman
olganda, butun Koinot ulkan aylanma harakat holatida bo‘lib, bu erda bizning
sayyoramiz Quyosh atrofida, u bilan birga – bizning galaktikamiz markazi atrofida,
u bilan birga esa – galakatik sistema markazi atrofida aylanadigan kichik bir
zarradir. Harakatsizlik holatidagi narsalar strukturasi ham tinimsiz o‘zgarish
jarayonini boshdan kechiradi, chunki uzluksiz harakatda bo‘lgan elementar
zarralardan tashkil topadi. Temperatura o‘zgarishlari, kimyoviy tarkib o‘zgarishlari
va shu kabilar bunday harakatning tashqi ko‘rinishlari hisoblanadi. SHuningdek,
atomlar va molekulalar ham Koinotda yuz bergan evolyusiya jarayonlari mahsulidir.
Ular bizning Metagalaktikamiz mavjudligiga zamin hozirlagan Katta portlashdan
keyingina vujudga kelgan. Buning ustiga hozirgi zamon geografiyasi qitalar bir-
biriga nisbatan siljishini isbotladi. Ular ajralgan muz bo‘laklari kabi Erning qaynoq
magmasi bo‘ylab yiliga bir necha santimetr tezlikda harakatlanadi.
Shunday qilib, harakat abadiy va yo‘q bo‘lmas, materiyadan ajralmas va
mutlaqdir. Harakatsizlik esa nisbiy bo‘lib, o‘tkinchi xususiyatga ega. Harakat
Shuning uchun ham mutlaqki, u umumiy ahamiyat kasb etadi va (harakatsizlikdan
farqli o‘laroq) biron-bir tashqi omilga bog‘liq bo‘lmaydi. Oqilona nuqtai nazardan u
boqiydir, chunki dunyoda uning boshi ham, oxiri ham ko‘rinmaydi va zamirida
kamida ikki kuch – tortish va itarish yotuvchi har qanday borliqning o‘z-o‘zidan
harakati sifatida amalga oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |