IV. Tashkiliy-metodik ishlar
46.
|
Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun yoshlar o‘rtasida kasbga yo‘naltirish ishlarini olib borish
|
bir o‘quv yili uchun — 20 soat
|
Oliy ta’lim muassasasi (fakultet) kengashi tomonidan tasdiqlagan (rejaga kiritilgan) ishlar natijasi bo‘yicha hisobotlar asosida aniqlanadi.
|
47.
|
Bitiruvchilarning bandligi monitoringini o‘tkazishda ishtirok etish
|
bir o‘quv yili uchun — 40 soat
|
Oliy ta’lim muassasasi rahbariyatining tegishli topshirig‘i asosida aniqlanadi.
|
48.
|
O‘zaro darslarga nazoratli kirish
|
bitta o‘zaro darsga nazoratli kirganlik uchun — 3 soat
|
Bir o‘quv yili davomida kafedra mudiri hamda professor (fan doktori) 40 soatgacha, dotsent (fan nomzodi) 20 soatgacha boshqa professor-o‘qituvchining darslariga kirishi kerak.
|
Kafedralarning tegishli yig‘ilish bayonnomalari asosida aniqlanadi.
|
49.
|
Qabul komissiyasi ishida ishtirok etish
|
o‘quv yili uchun — 100 soat
|
Oliy ta’lim muassasasining tegishli buyrug‘i asosida aniqlanadi.
|
50.
|
Fakultet kengashi, uslubiy kengash kotibi bo‘lish
|
fakultet va uslubiy kengash kotibiga — 30 soat
|
Oliy ta’lim muassasasining fakultet kengashi, uslubiy kengash tarkibini tasdiqlash haqidagi hujjatlari asosida aniqlanadi.
|
51.
|
Ko‘rgazmalarda ijodiy ishlar bilan ishtirok etish
|
shahar (viloyat) miqyosidagi ko‘rgazmalarda ishtirok etganlik uchun — 10 soat;
|
Ishtirok etilgan tadbirlar natijasi bo‘yicha kafedraga taqdim etilgan hisobot asosida aniqlanadi.
|
respublika miqyosidagi ko‘rgazmalarda ishtirok etganlik uchun — 15 soat;
|
xalqaro miqyosdagi ko‘rgazmalarda ishtirok etganlik uchun — 20 soat.
|
52.
|
Konferensiya, seminarlar, shu jumladan ilmiy seminarlar tashkil etish
|
oliy ta’lim muassasasi miqyosida tashkil etganlik uchun — 15 soat;
|
Konferensiya va seminarlarni (ilmiy seminarlarni) tashkil etishni va ularning o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida aniqlanadi.
Jami soatlar ushbu tadbirlarni amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan professor-o‘qituvchilar o‘rtasida teng taqsimlanadi.
|
respublika miqyosida tashkil etganlik uchun — 30 soat;
|
xalqaro mi�yosda tashkil etganlik uchun — 50 soat.
|
53.
|
Kafedra faoliyatidagi hujjatlarni yuritish, yig‘ilishlar o‘tkazish, ularni rasmiylashtirish, topshiriqlar ijrosini ta’minlash va nazorat qilish
|
kafedra mudiriga bir o‘quv yili uchun — 100 soat
|
O‘quv yili yakunlari bo‘yicha kafedraning hisoboti, shuningdek kafedra yig‘ilishlari bayonnomasi va boshqa tegishli hujjatlar asosida aniqlanadi.
|
54.
|
Toshkent davlat yuridik universitetida talabalar bilimini baholash uchun o‘tkaziladigan yakuniy nazorat imtihonlarida nazoratchi sifatida ishtirok etish
|
bitta fan bo‘yicha auditoriya rahbari yoki kuzatuvchisi sifatida ishtirok etganlik uchun — 2 soat
|
Oliy ta’lim muassasasining tegishli buyrug‘i asosida aniqlanadi.
Bunda bitta akadem guruh uchun 2 ta nazoratchi (1 ta auditoriya rahbari va 1 ta kuzatuvchisi) belgilanadi.
|
55.
|
Toshkent davlat yuridik universitetida kursga rahbarlik qilish
|
bir o‘quv yili uchun — 100 soat
|
Oliy ta’lim muassasasining tegishli buyrug‘i asosida aniqlanadi.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |