O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining
Download 127.24 Kb.
|
2720 19.10.2015
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining buyrug‘i Oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilar tarkibining o‘quv, ilmiy-metodik, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-metodik, ma’naviy-axloqiy va tarbiyaviy ishlar yuklamasini aniqlash qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida [O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 19-oktabrda 2720-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan] LexUZ sharhi Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2018-yil 10-sentabrdagi 20-2018-sonli “Oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilar tarkibining o‘quv yuklamasi hamda o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va “ustoz-shogird” ishlarini belgilash qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3076, 08.10.2018-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 16-avgustdagi 343-son “Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori va 2008-yil 1-avgustdagi 164-son “Respublika oliy ta’lim muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, shuningdek professor-o‘qituvchilar tarkibining shaxsiy ish rejasini tartibga solish va tizimlashtirish maqsadida buyuraman: 1. Oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilar tarkibining o‘quv, ilmiy-metodik, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-metodik, ma’naviy-axloqiy va tarbiyaviy ishlar yuklamasini aniqlash qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Vazir A. VAXABOV Toshkent sh., 2015-yil 9-sentabr, 5-2015-son O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2015-yil 9-sentabrdagi 5-2015-son buyrug‘iga ILOVA Oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilar tarkibining o‘quv, ilmiy-metodik, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-metodik, ma’naviy-axloqiy va tarbiyaviy ishlar yuklamasini aniqlash QOIDALARI Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 1-avgustdagi 164-son “Respublika oliy ta’lim muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilar tarkibining o‘quv, ilmiy-metodik, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-metodik, ma’naviy-axloqiy va tarbiyaviy ishlar yuklamasini aniqlash qoidalarini belgilaydi. 1-bob. Umumiy qoida 1. Ushbu hujjatning amal qilishi oliy harbiy ta’lim muassasalari hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘z faoliyatini yuritayotgan xalqaro va xorijiy oliy ta’lim muassasalariga nisbatan tatbiq etilmaydi. 2-bob. Professor-o‘qituvchilar mehnatini normalashtirish 2. Professor-o‘qituvchilar tarkibi mehnatini normalashtirish har yili kelgusi o‘quv yili uchun tuziladigan va belgilangan tartibda tasdiqlanadigan shaxsiy ish rejalariga asoslangan. 3. Yillik shaxsiy ish reja mazkur Qoidalarning ilovasida nazarda tutilgan Oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilar tarkibining o‘quv, ilmiy-metodik, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-metodik, ma’naviy-axloqiy va tarbiyaviy ishlar hajmini hisoblashning vaqt me’yorlariga muvofiq asosiy tadbirlar ro‘yxatini (tadbirlardan har biri bo‘yicha soatlar miqdorini ko‘rsatgan holda) o‘z ichiga oladi. 4. Yillik shaxsiy ish reja 1540 soat miqdoridagi ish vaqtining jamlangan hisobidan kelib chiqadi. 5. Ish turlari professor-o‘qituvchilarning yillik shaxsiy ish rejalarida to‘la va aniq aks ettirilishi kerak. Joriy o‘quv yili yakunida faqat mazkur o‘quv yili davomida amalga oshirilgan ishlar hisobga olinadi. O‘quv yili davomida bajarilgan qo‘shimcha ish turlari professor-o‘qituvchilarning yillik shaxsiy ish rejalariga kiritib borilishi mumkin. 6. Ish turlari bo‘yicha hisoblangan soatlar hajmi oliy ta’lim muassasasining shtat birliklari sonini hamda professor-o‘qituvchilar tarkibining oylik maoshlarini belgilash uchun asos bo‘lmaydi. Shtat birliklari professor-o‘qituvchilarning talabalar soniga nisbati bo‘yicha, oylik ish haqi esa, xarajatlar smetasi bo‘yicha tegishli normativ-huquqiy hujjatlar asosida belgilanadi. 7. Kafedra professor-o‘qituvchilari o‘rtasida ishlarni normalashtirish bo‘yicha tavsiya etiladigan taqsimot: o‘quv ishlari — 50% — 70%; ilmiy-metodik ishlari — 5% — 10%; ilmiy-tadqiqot ishlari — 15% — 20%; tashkiliy-metodik ishlar — 5% — 10%; ma’naviy-axloqiy va tarbiyaviy ishlar — 10% — 15%. 8. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 133-son qarori bilan tasdiqlangan Ijodiy ta’tillar berish tartibi hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslarga muvofiq olib borayotgan ilmiy-metodik va ilmiy-tadqiqot ishlarini rag‘batlantirish maqsadida professor-o‘qituvchining o‘quv ishlari yuklamasi hajmi oliy ta’lim muassasasi kengashining qaroriga ko‘ra o‘zgartirilishi mumkin. Bunda professor-o‘qituvchining tegishli o‘quv ishlari yuklamasi qismi kafedraning boshqa professor-o‘qituvchilarining yuklamasiga qo‘shimcha ravishda taqsimlanadi. 9. Ma’ruza mashg‘ulotlari professor, dotsent, katta o‘qituvchi va ilmiy darajaga ega bo‘lgan assistent (o‘qituvchi)lar tomonidan o‘tkaziladi. Zarur hollarda (ma’ruza mashg‘ulotlari hajmi ko‘p bo‘lganda, professor, dotsent va katta o‘qituvchilar yetarli bo‘lmaganda va shu kabi boshqa hollarda) kamida 3 yillik ilmiy-pedagogik (ilmiy) ish stajiga ega assistent yoki o‘qituvchilarga bir o‘quv yilida 100 soatgacha bo‘lgan hajmda ma’ruza mashg‘ulotlarini o‘tishga oliy ta’lim muassasasi kengashining qaroriga asosan ruxsat beriladi. Toshkent davlat yuridik universitetida assistent yoki o‘qituvchilarga, ularning ilmiy-pedagogik (ilmiy) ish staji muddatidan qat’i nazar, bir o‘quv yilida 250 soatgacha bo‘lgan hajmda ma’ruza mashg‘ulotlarini o‘tishga mazkur ta’lim muassasasi kengashining qaroriga asosan ruxsat beriladi. Professor-o‘qituvchilarning o‘quv (ma’ruza, amaliy, seminar va laboratoriya) soatlari hajmi 400 soatdan kam bo‘lmasligi tavsiya etiladi. Toshkent davlat yuridik universitetida professor-o‘qituvchilarning o‘quv (ma’ruza, amaliy, seminar va laboratoriya) soatlari hajmi mazkur ta’lim muassasasi tomonidan belgilanadi. 10. Professor-o‘qituvchilarning yillik shaxsiy ish rejasining bajarilishi muntazam ravishda kafedra mudiri, fakultet dekani, dekan o‘rinbosarlari, fakultet tuzilmasi bo‘lmagan oliy ta’lim muassasalarida o‘quv bo‘limi (o‘quv-uslubiy boshqarma) tomonidan, har semestr yakunida esa, tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha prorektorlar tomonidan nazorat qilib boriladi. 3-bob. Yakuniy qoida 11. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va Navoiy kon-metallurgiya kombinati Davlat korxonasi bilan kelishilgan. Moliya vaziri R. AZIMOV 2015-yil 9-sentabr Sog‘liqni saqlash vaziri A. ALIMOV 2015-yil 9-sentabr Tashqi ishlar vaziri A. KOMILOV 2015-yil 9-sentabr Xalq ta’limi vaziri U. INOYATOV 2015-yil 9-sentabr Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Sh. TEShAYEV 2015-yil 9-sentabr Madaniyat va sport ishlari vaziri B. AXMEDOV 2015-yil 9-sentabr Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri X. MIRZAXIDOV 2015-yil 9-sentabr Davlat soliq qo‘mitasi raisi B. PARPIYEV 2015-yil 9-sentabr O‘zbekiston Badiiy akademiyasi A. NURITDINOV 2015-yil 9-sentabr “O‘zbekiston temir yo‘llari”AJ raisi A. RAMATOV 2015-yil 9-sentabr Navoiy kon-metallurgiya kombinati Davlat korxonasi bosh direktori Q. SANAQULOV 2015-yil 9-sentabr Oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilar tarkibining o‘quv, ilmiy-metodik, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-metodik, ma’naviy-axloqiy va tarbiyaviy ishlar yuklamasini aniqlash qoidalariga
Download 127.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling