V. Ma’naviy-axloqiy va tarbiyaviy ishlar
56.
|
Talabalar bilan ularning o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida tarbiyaviy ishlar olib borish
|
o‘quv yili uchun ko‘pi bilan — 30 soat
|
Oliy ta’lim muassasasining Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tomonidan ishlab chiqilgan reja va bajarilgan ishlar bo‘yicha taqdim etilgan hisobot asosida aniqlanadi.
|
57.
|
Akadem guruh murabbiysi vazifasini bajarish
|
o‘quv yili uchun — 100 soat
|
Oliy ta’lim muassasasi buyrug‘i va bajarilgan ishlar bo‘yicha oliy ta’lim muassasasining Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limiga taqdim etilgan hisobot asosida aniqlanadi.
|
58.
|
Talabalarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalariga, nomli davlat stipendiyalariga, xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari, musobaqalariga tayyorlash
|
tayyorlangan har bir talaba uchun — 40 soat
|
Bir professor-o‘qituvchiga ko‘pi bilan 2 nafar talaba biriktiriladi.
|
Mazkur ish turining bajarilishi joriy o‘quv yilida talabaning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari, nomli davlat stipendiyalari, xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari, musobaqalari ishtirokchisi bo‘lganligi hamda unga professor-o‘qituvchining biriktirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida aniqlanadi.
|
59.
|
Sport, madaniy-ma’rifiy va ijodiy tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish
|
har bir tadbir uchun — 10 soat
|
Oliy ta’lim muassasasining Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tomonidan ishlab chiqilgan reja va bajarilgan ishlar bo‘yicha taqdim etilgan hisobot asosida aniqlanadi.
|
60.
|
Talabalar turar joyi, fakultet yoki oliy ta’lim muassasasi binosida navbatchilik qilish
|
har bir navbatchilik uchun — 8 soat, o‘quv yili uchun ko‘pi bilan — 60 soat
|
Navbatchilik bo‘yicha tasdiqlangan rejalar va tegishli jurnallardagi qaydlar asosida aniqlanadi.
|
61.
|
Talabalarning ijodiy ishlari ko‘rgazmalarida ularning ishlanmalari va ishtirokiga rahbarlik qilish
|
o‘quv yili uchun — 30 soat
|
Talabalarning ijodiy ishlari ko‘rgazmalarida professor-o‘qituvchining ishtirokini tasdiqlovchi hujjatlar asosida aniqlanadi
|
62.
|
Talabalar (o‘quvchilar) to‘garaklariga rahbarlik qilish
|
har bir mashg‘ulot uchun — 2 soat, bir o‘quv yili uchun ko‘pi bilan — 80 soat
|
To‘garaklarga rahbarlik qilganlikni tasdiqlovchi hujjatlar asosida aniqlanadi.
|
63.
|
Tashkilotlarda ma’ruzalar qilish, ommaviy axborot vositalarida chiqishlar qilish, shu jumladan huquqiy targ‘ibot ishlarini amalga oshirish
|
har bir chiqish (ma’ruza) uchun — 5 soat, o‘quv yili uchun ko‘pi bilan — 50 soat
|
Oliy ta’lim muassasasining Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limiga topshirilgan chiqishlar (ma’ruzalar) qilinganligi, shu jumladan huquqiy targ‘ibot ishlari amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar (ma’lumotlar, video tasvirlar va boshqalar) asosida aniqlanadi.
|
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 42-son, 540-modda)
Do'stlaringiz bilan baham: |