O’zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirl toshkent moliya instituti sirtqi fakultet


Download 1.1 Mb.
bet1/9
Sana20.06.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1629056
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mahliyo xisobot (2)


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRL TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

SIRTQI FAKULTET
IQTISODIYOT, BOSHQARUV, SOLIQLAR
VA SUG’URTA” KAFEDRASI
ISHLAB CHIQARISH AMALIYOTI BO‘YICHA



Kafedra tomonidan ro’yxatga olingan tartib raqami №
2022y.
(imzo)

Tayyorladi MS-61 guruh talabasi Xaydaraliyeva Mahliyoxon
Amaliyot rahbari: E.Botirov
H I S O B O T


Hisobot bahosi ballKomissiyaa’zolari:



Hisobot himoyaga tavsiya qilindi (qilinmadi)
Sana “ 2022 y.Rahbarimzosi:

TOSHKENT-2022


REJA:
KIRISH…………………………………………………………………………3

  1. «FUTURE BUILDERS OF CITY » MCHJning iqtisodiy tansifi, hamda tashkiliy tuzulmasi bilan tanishish…………………………………………...6

  2. «FUTURE BUILDERS OF CITY » MCHJning faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlarini o’rganish……………………………………13

  3. «FUTURE BUILDERS OF CITY » MCHJning xodimlari tarkibi, soni……22

  4. «FUTURE BUILDERS OF CITY » MCHJning ish faolyatida qo’llanilayotgan dasturiy ta’minotlar bilan tanishish, ularning funksiyalari va afzalliklarini o’rganish……………………………………………………...22

XULOSA………………………………………………………………………32
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………..……………33

Kirish
Men, “Sirtqi fakultet” menejment yo’nalishi 4 kurs MS-61 guruh talabasi Xaydaraliyeva Mahliyoxon Abduxafiz qizi 2022 yil 14 fevralidan 12 martigacha “FUTURE BUILDERS OF CITY ” MCHJda amaliyot o`tadim. Ushbu amaliyot davrim mobaynida «FUTURE BUILDERS OF CITY» MCHJni ichki tartib qoidalarini, nizomi, tashkiliy tuzilmasi, iqtisodiy tasnifi hamda bo`linmalarning funksiyalarini o`rgandim. Tanishuv amaliyot davomida o‘quv jarayonida olgan nazariy bilimlarimni chuqurlashtirish va mustahkamlash, hamda tanishuv amaliyoti hisobotini sifatli tayyorlash uchun zaruriy ma’lumotlarni to’pladim va tizimlashtirdim. Amaliyot davomida institut tomonidan berilgan dastur asosida har bir mavzuga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlarni va amaliy ma’lumotlarni o’rganib, ularning asosiylarini hisobotimga ilova qilmoqdaman.
O‘zbekiston Avtomobil va daryo transporti agentligi o‘rnida O‘zbekiston Avtomobil transporti agentligi tashkil qilindi. Daryo transportini boshqarish vazifasi esa Favqulodda vaziyatlar vazirligi zimmasiga o‘tkazildi. Bu haqida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 3589-sonli “Avtomobil transportini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi1 qarorida aytib o‘tilgan. Hujjatda aytilishiga ko‘ra, bugungi kunda respublikada avtotransport ho‘jaliklarini modernizatsiya qilish zamonaviy talablar darajasida emas, sohada ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va intellektual transport tizimlari yetarli darajada joriy etilmayapti. Og‘ir yuk tashuvchi avtotransport vositalarining harakatdagi tarkibi parkining eskirganligi yuqoriligicha qolmoqda. Undan tashqari, tashish jarayonlari, qatnov jadvallariga rioya etilishi, yo‘lovchilar tomonidan yo‘l haqini elektron tarzda to‘lash samaradorligi, tushumning yig‘ilishi va to‘laligi ustidan markazlashtirilgan dispetcherlik boshqaruvi va nazorati tizimi mavjud emas. Yuqoridagilarni qayd etgan holda, hamda avtomobil transporti tizimini boshqarishni yanada takomillashtirish, avtotransport xizmatlari bozorini shakllantirish va rivojlantirish maqsadida: O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining daryo transporti sohasidagi davlat boshqaruvi bo‘yicha vakolati O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga o‘tkazildi. Iqtisodiyotning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini rag‘batlantirishda xorijiy tajribani o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, mamlakatlar o‘z taraqqiyotining turli bosqichlarida investitsiyalar yo‘naltirilgan va turli imtiyozlar berilgan muayyan ustuvor tarmoqlarni tanlashga tayanadilar. Iqtisodiy diversifikatsiya asosida O‘zbekiston Respublikasining barqaror va muvozanatli iqtisodiy o‘sishini ta’minlash va ichki moliyaviy resurslari cheklangan sharoitda uning raqobatbardoshligini oshirish vazifasini investitsiyalarni jalb etish va mavjud mablag‘lardan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha rag‘batlantiruvchi siyosatni amalga oshirmasdan turib erishib bo‘lmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoniga 1-ilova qilingan 2022 — 2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning “Taraqqiyot strategiyasi”ning2:
29-maqsad: Tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish va doimiy daromad manbalarini shakllantirish uchun sharoitlar yaratish, xususiy sektorning Yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 80 foizga va eksportdagi ulushini 60 foizga yetkazish.
Har yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan “Ochiq muloqoti”ni o‘tkazish.
Hududlarda 200 ta yangi sanoat zonalarini tashkil etish va biznes-inkubatorlar tizimini rivojlantirish. Sharoiti og‘ir bo‘lgan tumanlarda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish.
Ilg‘or xorijiy tajriba asosida faktoring amaliyotini rivojlantirish.
2026-yilga borib tadbirkorlik subyektlariga soliq yuklamasini yalpi ichki mahsulotning 27,5 foizidan 25 foizi darajasiga kamaytirish.
Hududlarda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha mavjud tuzilmalar faoliyatini takomillashtirish.
Tadbirkorlik subyektlari o‘z faoliyatini boshlashi uchun zarur ma’lumotlarni erkin foydalanishga chiqarish. Qurilish faoliyatida qurilish nuqsonlari yoki muammolarining oldini olish.
Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish va xususiy sektorga keng yo‘l ochish. Iqtisodiy munosabatlarda erkin bozor tamoyillarini joriy etishni kengaytirish.
36-maqsad: Barcha transport turlarini uzviy bog‘lagan holda yagona transport tizimini rivojlantirish, yirik shaharlar o‘rtasida kunlik transport qatnovlari asosida manzilga yetib borish va qaytib kelish imkoniyatini yaratish.
Toshkent shahri va hududlarda jamoat transporti tizimini takomillashtirish va uning infratuzilmasini rivojlantirish.
Shaharlararo va shahar atrofi temir yo‘l qatnovlari jozibadorligini oshirish.
Transport va logistika xizmatlari bozori va infratuzilmasini rivojlantirish, temir yo‘l infratuzilmasini elektrlashtirish darajasini 60 foizga yetkazish va avtomobil yo‘llari tarmog‘ini jadal rivojlantirish.
Transport sohasida tashqi savdo uchun “yashil koridorlar” hamda tranzit imkoniyatlarini kengaytirish va tranzit yuk hajmini 15 million tonnaga yetkazish.
94-maqsad. Markaziy Osiyoda xavfsizlik, savdo-iqtisodiy, suv, energetika, transport va madaniy-gumanitar sohalardagi yaqin hamkorlikni sifat jihatidan yuqori bosqichga olib chiqish.
95-maqsad: An’anaviy hamkorlarimiz bilan munosabatlarni yanada rivojlantirish, tashqi aloqalar geografiyasini kengaytirishga ustuvor ahamiyat qaratib, iqtisodiy diplomatiyani kuchaytirish.

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling