O’zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirl toshkent moliya instituti sirtqi fakultet
Jamiyat faoliyati yuzasidan nazorat
Download 1.1 Mb.
|
Mahliyo xisobot (2)
Jamiyat faoliyati yuzasidan nazorat
Jamiyatda alohida nazorat qiluvchi organning tuzilishi ko’zda tutiladi. Jamiyatning moliyaviy-xo’jalik faoliyati ustidan nazorat ishtirokchilar yoxud mustaqil auditorlik tashkiloti tomonidan amalgaoshiriladi. Jamiyatning filiallari va vakolatxonalari Jamiyat O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari talablariga muvofiq vakolatxonalar va filiallar va boshqa aloxida bo’linmalar tuzishga xaqli. Avtomobil transportida yo‘lovchilar hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashishga litsenziya kartochkalari berilganligi uchun davlat boji Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorlarda undiriladi. Avtotransport vositalari soni to‘ldirilgan (ko‘paytirilgan) taqdirda davlat boji har bir litsenziya kartochkasi uchun qo‘shimcha ravishda undiriladi. Litsenziyalar berilganligi uchun undiriladigan davlat boji mablag‘lari O‘zbekiston avtomobil transporti agentligining Avtomobil transportini rivojlantirish jamg‘armasining maxsus g‘aznachilik hisobvarag‘iga o‘tkaziladi va ulardan ilmiy-tadqiqot ishlari, yo‘lovchilar avtovokzallari va avtostansiyalari, shuningdek, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga qarashli bo‘lgan umumiy foydalanishdagi yo‘lovchi yo‘nalishlari to‘xtash shoxobchalarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini, dasturlarni moliyalashtirishda, shuningdek, avtotransport vositalarini xarid qilish va avtomobil transportini boshqarish tizimiga axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, “O‘zavtotrans” agentligini saqlash uchun foydalaniladi. Avtotransport vositasining yuk ko‘tarish yoki yo‘lovchi sig‘imi ko‘payishi munosabati bilan litsenziya kartochkasini qayta rasmiylashtirishda davlat boji undirilmaydi. Avtomobil transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomga Avtomobil transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash sxemasi ilova qilinadi. SXEMASI Xulosa Xulosa oʻrnida shuni taʼkidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi “Transport va yo‘l xo‘jaligi sohasida raqamlashtirish texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasi”ga asosan jami 61 ta loyiha, shundan 2020 yilda 38 ta, 2021 yilda 13 ta va 2022 yilda 26 ta loyihalarning amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi bo‘yicha davlat byudjeti hisobidan 99 ta investitsiya loyihasi bo‘yicha rejaga nisbatan 131 foiz ishlar amalga oshirilgan. Transport-tranzit salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida yuqorida qayd etilgan zarur sharoitlarni yaratish transport tizimining oʻtkazuvchanlik qobiliyatini oshirish, Oʻzbekiston hududidan oʻtish uchun mavjud toʻsiqlarni bartaraf etish imkonini beradi. Bu esa, oʻz navbatida, Markaziy Osiyoda xalqaro transport yoʻlaklarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Markaziy Osiyoda qoʻshimcha yuk tashish oqimlarini jalb etish imkonini beruvchiyangi transport va tranzit yoʻlaklarini shakllantirish, transport va logistika sohasida kadrlar tayyorlash boʻyicha xorijiy tajribani oʻrganib, xalqaro logistika markazlari tarmogʻini yaratish, mintaqa transport-logistika salohiyatini rivojlantirish uchun xorijiy mamlakatlar portlaridansamarali foydalanish uslublarini shakllantirish, Markaziy Osiyoda Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyo, Yevropa, Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlarini birlashtiruvchimuhim tranzit yoʻl boʻlib xizmat qiladigan yagona integratsiyalashgan xabni yaratish masalalari mintaqamiz uchun dolzarb ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizda transport sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va investitsion dasturlarning amaliy samarasini yaqin davr ichida iqtisodiyotning barcha sohalariga hamda aholining barcha qatlamlariga sifatli va raqobatbardosh sharoitlardagi logistika va tashuv xizmatlarining taqdim etilishi hamda bu sohaning mamlakatimizning iqtisodiy salohiyatini keskin oshirishga katta hissasini qo‘sha olishini ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi. Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling