O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirlgi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti “olmaliq filiali” Bajardi: Tekshirdi: Mavzu: Olmaliq 2021 Mavzu


Download 22.28 Kb.
bet1/2
Sana31.01.2023
Hajmi22.28 Kb.
#1146174
  1   2
Bog'liq
gidravlika mustaqil ish


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLGI ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI “OLMALIQ FILIALI”




Bajardi:
Tekshirdi:
Mavzu:
Olmaliq 2021
Mavzu: Suyuqlik va gazlarning mexanik xarakteristikalari va asosiy xossalari
Suyuqlik – bu moddaning agregat holatlaridan biri. Suyuq holat qattiq jism va gaz orasidagi holat
hisoblanadi. Suyuqlik va gazlar asosan ikkita xossaga ega: tutashlik va oson qo’z-g’aluvchanlik yoki
oquvchanlik. Shuning uchun oquvchanlik xossasiga ega, yani mustaqil o’z hajmini saqlash xususiyatiga
ega bo’lmagan fizik jism suyuqlik deb ataladi. Gidravlikada harakati qonunlari va muvozanati
o’rganiluvchi suyuqliklar ikkita sinfga bo’linadi: siqiluvchan suyuqlik va gazlar; qariyb siqilmaydigan –tomchili suyuqliklar. Gidravlikada ideal va real suyuqliklar qaraladi. Ideal suyuqlik deb zarrachalario’rtasida ichki ishqalanish kuchlari bo’lmagan suyuqlikka aytiladi. Natijada u siljishning urinmakuchlariga va cho’zuvchi kuchlarga qarshilik korsatmaydi. Ideal suyuqlik umuman siqilmaydi, u siquvchi
kuchlarga cheksiz katta qarshilik korsatadi deb faraz qilinadi, ya’ni bunday suyuqlikning qovushoqligi va
issiqlik o’tkazuvchanligi yo’q. Aslida tabiatda bunday suyuqlik yo’q, bu ilmiy abstraksiya bo’lib,suyuqlik va gazlarga oid mexanikning umumiy qonunlarini tahlil qilishni soddalashtirish uchun zarur.
Real yoki haqiqiy suyuqliklar esa urinma va chozuvchi zo’riqishlrga ma’lum darajada qarshilik ko’rsatadi
hamda qisman siqiladi. Shuning uchun gidravlikaning ko’plab masalalarini yechishda ideal va real
suyuqlik-larning bu farqini hisobga olmaslik mumkin. Shunga ko’ra ideal suyuqlik uchun chiqarilgan
qonunlarni ma’lum tuzatishlar bilan, ba’zida esa ularsiz real suyuqliklarga qo’llash mumkin
Mexanikada harakat qonunini o’rgana turib, alohida molekulaning holati qaralmaydi, aksincha,
o’rganilayotgan muhit bo’shliqlarsiz va uzilishlarsiz shu modda bilan to’l-dirilgan deb faraz qilinadi.
Suyuqlik va gazlar uchun uzviylik sharti bajarilgan deyiladi, agar oqimning xarakterli o’lchamlari
(masalan, quvurning diametri, yopqishning diametri va hokazo) molekulalarning harakatini
xarakterlovchi parametrlarga (masalan, molekula tebranishining amplitudasiga) nisbatan juda katta bo’lsa.
Suyuqlikning oquvchanligi deb uning xoxlagancha kichik kuchlar ta’sirida cheksiz
deformatsiyalanish xususiyatiga aytiladi. Suyuqlik va gazlar osongina qismlarga ajralmasdan o’zlarini
saqlab turgan idish shakliga kiradi. Oson qo’zg’aluvchanlik yoki oquvchanlik suyuqlik va gazlarning
oqishini yuzaga keltiruvchi tashqi kuchlar ta’siriga qarshilik ko’rsatish xossasiga mos qovushoqlik
tushunchasini kiritish imkonini beradi. Oquvchanlik – bu qovushoqlikka teskari miqdor. Suyuqliklar
oquvchanlik chegarasiga ega emas. Gazlar suyuqliklarga nisbatan yetarlicha katta oquvchanlikka, shunga
ko’ra, kichik qovushoqlikka ega.
Suyuqlikning oquvchanligi deb uning xoxlagancha kichik kuchlar ta’sirida cheksiz
deformatsiyalanish xususiyatiga aytiladi. Suyuqlik va gazlar osongina qismlarga ajralmasdan o’zlarini
saqlab turgan idish shakliga kiradi. Oson qo’zg’aluvchanlik yoki oquvchanlik suyuqlik va gazlarning
oqishini yuzaga keltiruvchi tashqi kuchlar ta’siriga qarshilik ko’rsatish xossasiga mos qovushoqlik
tushunchasini kiritish imkonini beradi. Oquvchanlik – bu qovushoqlikka teskari miqdor. Suyuqliklar
oquvchanlik chegarasiga ega emas. Gazlar suyuqliklarga nisbatan yetarlicha katta oquvchanlikka, shunga
ko’ra, kichik qovushoqlikka ega.
Tomchili suyuqliklarning quyidagi eng asosiy fizik xarakteristikalari (zichlik yoki solishtirma
og’irlik, temperatura) va xossalari (siqiluvchanlik; temperaturaviy kengayish; cho’zilishga qarshilik;
qovushoqlik)ni qaraymiz. Suyuqlikning bulardan tashqari ko’piklanish, ximik va mexanik chidamlik,
singdiruvchanlik, bug’lanish, suyuqlikka gaz pufakchalarining aralashuvchanligi, kavitatsiyalanuvchanlik
xossalari ham mavjud (bular haqida ma’lumotlar to’plashni talabalarga mustaqil ish sifatida qoldiramiz).
1. Zichlik va solishtirma og’irlik – bular suyuqlikning asosiy mexanik xarakteristikalari.
Suyuqlikning zichligi – bu suyuq jismning hajmi bo’ylab massaning taqsimotini xarakterlaydi: p=m/v
bu yerda M – suyuqlik V hajmining massasi. – zichlikning o’lchov birliklari: SGS sistemasida [g/sm3];
MKGSS sistemasida [kgs·s2/m4]; SI sistemada [kg/m3].
(1.1) formula bir jinsli suyuqlik uchun o’rinli. Agar suyuqlik bir jinsli bo’lmasa, u holda bu formula
faqat zichlikning o’rtacha qiymatini ifodalaydi. Berilgan nuqtada zichlikning haqiqiy qiymatini aniqlash
uchun nolga intiluvchi hajmni qarash va bunga mos nisbatning limitini izlash lozim:
p=limM/v
Suyuqlik hajmining og’irlik birligi solishtirma yoki hajmiy og’irligi – y deb ataladi
y=G/V

Download 22.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling