O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirlgi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti “olmaliq filiali” Bajardi: Tekshirdi: Mavzu: Olmaliq 2021 Mavzu


Download 22.28 Kb.
bet2/2
Sana31.01.2023
Hajmi22.28 Kb.
#1146174
1   2
Bog'liq
gidravlika mustaqil ish

Cho’zilishga qarshilik. Maxsus fizik tajribalar shuni ko’rsatadiki, sokin suyuqlik (xususa, suv,
simob) ba’zida juda katta cho’zuvchi zo’riqishlarga qarshilik ko’rsatish xususiya-tiga ega. Ammo oddiy
sharoitda vaznli qattiq zarrachalar va mayda gaz pufakchalarni o’z ichiga olgan texnik jihatdan toza
suyuqliklar, hatto juda kichik cho’zilish kuchlanishiga ham, bardosh bermaydi. Shuning uchun tomchili
suyuqliklarda cho’-zilish kuchlanishi mavjud emas deb hisoblash qabul qilingan.
Qovushoqlik – bu suyuqlikning zarrachalari o’rtasida o’zaro ishqalanishga qarsgilik ko’rsatish
xossasidir. Qovushoqlik hajmiy va tangensial turlarga bo’linadi. Hajmiy qovushoqlik deb suyuqlikning
cho’zuvchi zo’riqishlarni qabul qilish xususiyati. Suvda qovushoqlikning bu turi, masalan, unda tovush
va ayniqsa ultratovush to’lqinlar tarqalishida namoyon bo’ladi. Tangensial qovushoqlik suyuqlikning
siljish zo’riqishlariga qarshilik ko’rsatish xususiyatini xarakterlaydi. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki,
suyuqlikning cho’zuvchi va siljuvchi zo’riqishlarga qarshiligi suyuqlik qatlamlarining bir biriga nisbatan
har xil tezliklarda harakat qilgan paytidagina, ya’ni zarrachalarning siljishida burchak tezliklarning paydo
bo’lishida namoyon bo’ladi. Tez harakatlanayotgan qatlam tarafdan sekin harakatlanayotgan qatlamga
tezlashtiruvchi kuch ta’sir qiladi. Aksincha, sekin harakatlanayotgan qatlam tarafdan tez
harakatlanayotgan qatlamga tormozlovchi, ushlab qoluvchi kuch ta’sir qiladi. Bu kuchlar ichki
ishqalanish kuchlari deb atalib, qatlamlarning sirtlariga urinma bo’ylab yo’nalgan. Suyuqlikning harakati
jarayonida uning qatlamlari orasida ana shu ichki ishqalanish kuchlari paydo bo’ladi.
Qovushoq suyuqlikning qattiq devor bo’ylab oqishida qovushoqlik tufayli oqimning tormozlanishi
sodir bo’ladi (1.4-rasm). Oqim nuqtalaridan devorgacha y masofaning kamayishi bilan oqimning tezligi
kamayib boradi, devorda (y=0) tezlik nolgacha tushadi, qatlamlar o’rtasida esa τ – urinma kuchlanishni
yuzaga kelturuvchi toyish sodir bo’ladi. Suvning dinamik qovushoqlik koeffisiyenti tempera-turadan juda ham
bog’liq, ammo bosimdan deyarli bog’liq emas. Chuchuk suv uchun bu
koeffisiyentning qiymati tajribalar orqali aniqlangan bo’lib, t°С = 0°С, μ =
1,793·103 Pа·s. Hisoblashlarda dinamik qovushoqlik koeffisiyentini topish
uchun Puazeylning usbu empirik formulasidan foydalaniladi:
μ = 0,000183/(1 + 0,0337t + 0,000221t2), (1.13)
bu yerda t – suvning температураsi.
Dinamik qovushoqlik koeffisiyentiga teskari miqdor suyuqlikning
oquvchanligi (1/ μ) deb ataladi.
Ko’pgina hisob formulalarida μ – dinamik qovushoqlik koeffisiyentining
ρ – suyuqlik zichligiga nisbati ν – kinematik qovushoqlik
koeffisiyenti (kinematik qovushoqlik) deb ataladiKinematik qovushoqlik koeffisiyentining birligi: SGS sistemasida stoks (St) yoki 1 sm2/s yoki
santistoks (sSt), 1 sSt = 0,01 St; MKGSS va SI sistemalarda m2/s, 1 m2/s = 104 St.
Suyuqlikning qovushoqligi uning jinsidan va temperaturadan bog’liq. Suyuqliklarda
temperaturaning oshishi bilan qovushoqlik koeffisiyentlari keskin kamayib boradi. Suvning temperaturasi
0°С dan 100°С ga oshganda qovushoqlik 7 marta kamayadi. Gazlarning qovushoqligi esa
temperaturaning oshishi bilan oshib boradi. Sho’r suvning dinamik qovushoqlik koeffisiyenti chuchuk
suvning qovushoqlik koeffisiyentlaridan kam farq qiladi. Masalan, t = 20°С da sho’r suv uchun μ =
1,052·10-3 Pа·s, chuchuk suv uchun esa μ =1,003·10-3 Pа·s, ya’ni 5% ga farq qiladi.
Suyuqlikning qovushoqlik koeffisiyenti uning harakatida namoyon bo’ladi. Agar bu qovushoqlik
e’tiborga olinmasa, bunday suyuqlik ideal yoki qovushoqmas deb atalib, bunday holda real suyuqlikning
harakati haqida gapiriladi.
Qovushoqlikni aniqlash jarayoni viskozimetriya, uni aniqlovchi asboblar esa viskozimetrlar deb
ataladi. Qovushoqni baholashda dinamik va kinematik koeffisiyentlardan tashqari shartli qovushoqlik
(Engler gradusi - 0E)dan ham foydalaniladi. Engler gradusida ifodalangan qovushoqlikni aniqlovchi
asbob Engler viskozimetri deb ataladi. Masalan, Engler gradusini stokslarda ifodalash uchun mineral
moylarda quyidagi Ubellod formulasi qo’llaniladi: ν = (0,07310E – 0,0631/0E)10-4 .
Suyuqlikning qovushoqligi ba’zida Ostvaldning kapillyar viskozimetri yordamida ham aniqlanadi.
Bu holda kinematik qovushoqlik koeffisiyenti ushbu ν = CTs10-4 formuladan topiladi, bunda C –
naychaning o’zgarmasi; Ts – suyuqlikning oqib o’tish vaqti, sek.
Mineral yog’larning gidrotizimlardagi qovushoqligini 50 MPa dan oshmaydigan bosimlar bilan
bog’laydigan taqribiy empirik formula quyidagicha: νp = ν(1+Kp), bu yerda νp va ν – bosimning p va 0,1
MPa qiymatlariga mos keluvchi kinematik qovushoqliklar; K – yog’ning turidan bog’liq tajribadan aniqlanadigan
parametr: yengil yog’lar (ν50<1510-6 m2/s) uchun K = 0,02; og’ir yog’lar (ν50>1510-6 m2/s)
uchun K = 0,03.
Juda kichik bosimlarda qovushoqlikning o’zgarishi e’tiborga olinmaydi. Temperaturaning oshishi
bilan suyuqlikning qovushoqligi kamayadi. Kinematik qovushoqlik koeffisiyentining temperaturadan
bog’liqligi quyidagi empirik formuladan aniqlanadi: ν=1,7810-6/(1+0,0337t + 0,000221t2).
Mashina va gidrotizimlarni yog’lovchi moylar uchun quyidagi bog’lanishlar qo’llaniladi: νt = ν50
(50/t)n, bu yerda νt – t temperaturadagi kinematik qovushoqlik koeffisiyenti; ν50 – t = 500C
temperaturadagi kinematik qovushoqlik koeffisiyenti; n – daraja ko’rsatgichi, ν50 dan bog’liq, u quyidagi
formuladan aniqlanadi: n = lg(ν50)104 + 2,7. Shunday qilib, suyuqlikning qovushoqligini baholashda uchta miqdordan foydalanish mumkin
Download 22.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling