O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirli Buxoro davlat universiteti


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet44/128
Sana04.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1748388
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   128
Bog'liq
Jo\'rayev

 
8.2-rasm. Metall karroziya turlari. 
Elektrokimyoviy korroziyalanishga misol tariqasida xlorid 
kislota eritmasida (ya’ni vodorod ionlari H ning konsentratsiyasi 
yuqori bo‘lganda) misga tegib turgan temirning korroziyalanishini 
keltirish mumkin. Korroziya jarayonining mohiyati. Тemir va uning 
qotishmalari korroziyaga eng ko‘p uchraydi. Bu jarayonning mohiyati 
shundan iboratki, temir atomlari kislorod, suv, vodorod ionlari 
ta’sirida asta- sekin oksidlanadi. Тemir va uning qotishmalari 


66 
korroziyalanishini umumiy 
ko‘rinishda 
quyidagicha 
tasvirlash 
mumkin: 
Fe 
0
—2e→Fe
2+
Fe 
2+
— e → Fe
3+
Odatda, kislorod oksidlovchi hisoblanadi: 
Modomiki, havoda uglerod (IV) oksid, oltingugurt (IV) 
oksid bo‘lar ekan, ularning suv bilan o‘zaro ta’siridan kislotalar 
hosil bo‘ladi. Ularning dissotsilanishidan esa vodorod ionlari hosil 
bo‘lib, bu ionlar ham metall atomlarini oksidlaydi: 
Fe+2H
+
→ Fe
2+
+H
0
2
↑ 
Тajriba yo‘li bilan shu narsa aniqlanganki, metall boshqa 
kamroq aktiv metallga tegib turganda vodorod ionlari tezroq 
oksidlanadi. 
Elektrokimyoviy korroziyani, asosan, boshqa metallarning 
va metallmas moddalarning qo‘shimchalari yoki sirtning bir jinsli 
emasligi keltirib chiqaradi. Elektrokimyoviy korroziya nazariyasiga 
muvofiq, bunday hollarda metall elektrolitga tekkanida (elektrolit 
havodan adsorbsiyalangan namlik bo‘lishi mumkin) uning sirtida 
galvanik elementlar vujudga keladi. Bunda kuchlanishi manfiyroq 
bo‘lgan metall yemiriladi — uning ionlari eritmaga, elektronlar esa 
aktivligi kamroq bo‘lgan metallga o‘tadi va bu metallda vodorod 
ionlari qaytariladi yoki suvda erigan kislorod qaytariladi.
Shunday qilib, elektrokimyoviy korroziyalanishda (har xil 
metallar bir-biriga tegib turganida ham, bitta metallning sirtida 
mikrogalvanik elementlar hosil bo‘lganida ham) elektronlar oqimi 
aktivroq metalldan 
aktivligi 
kamroq metallga (o‘tkazgichga) 
yo‘nalgan bo‘ladi va aktivroq metall korroziyalanadi. Galvanik 
elementni (galvanik juftni) hosil qilgan metallar standart elektr 
kuchlanishlar qatorida bir-biridan qancha uzoq joylashgan bo‘lsa, 
korroziyalanish tezligi shuncha katta bo‘ladi. 
Korroziyalanish tezligiga elektrolit eritmasining xususiyati 
(muhiti) ham ta’sir qiladi. Uning kislotaliligi qancha yuqori (ya’ni pH 
qiymati kichik) va tarkibida oksidlovchilar miqdori qancha ko‘p 
bo‘lsa, korroziya shuncha tez ketadi. Korroziyalanish temperatura 
ko‘tarilganda ham ancha kuchayadi. 
Ba’zi metallarga havo kislorodi tekkanida yoki agressiv 
muhitda passiv holatga o‘tadi, bunda korroziyalanish keskin 
kamayadi. Masalan, konsentrlangan nitrat kislota temirni osonlik bilan 


67 
passiv holatga o‘tkazadi va u amalda konsentrlangan nitrat kislota 
bilan reaksiyaga kirishmaydi. Bunday hollarda metall sirtida zich 
himoya oksid pardasi hosil bo‘ladi, u metallni muhitdan ajratib 
qo‘yadi.
Metallning passiv holatga o‘tishi, ko‘pincha, uning sirtida 
kislorod atomlarining xemosorbilangan qatlam hosil bo‘lishi bilan 
tushuntiriladi. Bunda kislorod atomlari metallning barcha sirtini yoki 
uning bir qismini qoplashi mumkin. Oson passivlanadigan boshqa 
metallar 
bilan legirlash, 
metall 
sirti 
yaqinida 
passivatorning 
konsentratsiyasini oshirish va boshqa omillar passivlanishiga yordam 
beradi.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling