O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirli Buxoro davlat universiteti


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet45/128
Sana04.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1748388
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   128
Bog'liq
Jo\'rayev

8.3. Korroziyadan muhofaza qilish 
Metallarning korroziyalanishi uzluksiz davom etadi va zarar 
yetkazadi. Тemirning korroziyalanishi tufayli bevosita isroflari yiliga 
suyuqlantirib olinadigan temirning 15— 20% ga yaqinini tashkil etishi 
hisoblab chiqilgan. Korroziyalanish natijasida metall buyumlar 
o‘zining qimmatli texnik xossalarini yo‘qotadi. Shuning uchun metall 
va qotishmalarni korroziyalanishdan muhofaza qilish usullari katta 
ahamiyatga ega. Ular nihoyatda turli- tuman bo‘lib, eng ahamiyatlilari 
quyidagilar. 
8.3-rasm. Metall karroziyasidan himoyalash usullari. 
1. Metallarning himoya sirt qoplamlari. Ular metalldan 
(rux, qalay, xrom va boshqa metallar bilan qoplash) va metallmasdan 
(lok, bo‘yoq, emal va boshqa moddalar bilan qoplash) qilinishi 
mumkin. Bu qoplamlar metallni tashqi muhitdan ajratib turadi. 
Masalan, tomga yopiladigan tunuka rux bilan qoplanadi: ruxlangan 
tunukadan turmushda va sanoatda ishlatiladigan ko‘pgina buyumlar 


68 
tayyorlanadi. Rux qatlami temirni korroziyalashdan saqlaydi, rux 
temirga qaraganda ancha aktiv metall bo‘lsa ham, u oksid pardasi 
bilan qoplangandir. Тemir buyumlar sirtini nikel, xrom bilan qoplash 
korroziyalanishdan muhofaza qilishdan tashqari buyumlarning tashqi 
ko‘rinishini chiroyli qiladi. 
2. Antikorrozion xossalarga ega bo‘lgan qotishmalar 
yaratish. Po‘lat tarkibiga 12% ga qadar xrom kiritish yo‘li bilan 
korroziya- bardosh zanglamaydigan po‘lat olinadi. Nikel, kobalt va 
mis qo‘shish po‘latning antikorrozion xossalarini kuchaytiradi, chunki 
qotishmaning passivlashishiga moyilligi ko‘payadi. Antikorrozion 
xossali 
qotishmalar yaratish—korroziya 
tufayli 
bo‘ladigan 
isrofgarchiliklarga qarshi ko’rashning muhim yo‘nalishlaridan biridir. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling