O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirli Buxoro davlat universiteti
Protektor himoya va elektr himoya
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Jo\'rayev
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Muhit tarkibini o‘zgartirish
3. Protektor himoya va elektr himoya. Protektor himoya
elektrolit muhitida (dengiz suvi, yerosti suvlari, tuproq suvlari va h.k.) bo‘ladigan konstruksiya (yerosti quvuri, kema korpusi) muhofaza qilinadigan hollarda qo‘llaniladi. Bunday himoyaning mohiyati shundan iboratki, konstruksiya protektor—muhofaza qilinadigan konstruksiya metaliga qaraganda aktivroq metallga ulanadi. Po‘lat buyumlarini muhofaza qilishda protektor sifatida, odatda, magniy, aluminiy, rux va ularning qotishmalaridan foydalaniladi. Korroziyalanish jarayonida protektor anod bo‘lib xizmat qiladi va yemiriladi, bu bilan konstruksiyani yemirilishdan saqlab qoladi. Protektorlar yemirilgan sari ularni yangisi bilan almashtirib boriladi. Elektr himoya ham shu prinsipga asoslangan. Elektrolit muhitida turgan konstruksiya bunda ham boshqa metallga (odatda, temir bo‘lagi, rels va sh. o‘.) tashqi tok manbayi orqali ulanadi. Bunda himoyalanadigan konstruksiya katodga, metall—tok manbayining anodiga ulanadi. Тok manbayi anoddan elektronlarni oladi, anod (muhofaza qiluvchi metall) yemiriladi, katodda esa oksidlovchining qaytarilishi sodir bo‘ladi. Elektr himoyaning protektor himoyadan afzalligi bor: uning ta’sir radiusi 2000 m ga yaqin, protektor himoyaniki esa 50 m atrofida bo‘ladi. 4. Muhit tarkibini o‘zgartirish. Metall buyumlarning korroziya- lanishini sekinlashtirish uchun elektrolitga, korroziyani sekinlatuvchi moddalar yoki ingibitorlar deyiladigan (ko‘pincha organik) moddalar qo‘shiladi. Ular metallni kislota yemirishidan saqlash zarur bo‘lgan hollarda qo‘llaniladi. Keyingi yillarda 69 uchuvchan ingibitorlar (boshqacha aytganda, atmosfera ingibitorlari) ishlab chiqila boshlandi. Ular qog‘ozga shimdiriladi va metall buyumlar shu qog‘oz bilan o‘raladi. Ingibitorlarning bug‘i metall sirtiga adsorbilanadi va unda himoya pardasini hosil qiladi. Ingibitorlar bug‘ qozonlarini quyqadan kimyoviy tozalashda, ishlov berilgan buyumlar sirtidan kuyindini yo‘qotishda, shuningdek, xlorid kislotani po‘lat idishda saqlash va tashishda ko‘p ishlatiladi. Anorganik ingibitorlar qatoriga nitritlar, xromatlar, fosfatlar, silikatlar kiradi Metalllar ularni qurshab turgan muhit ta’sirida har xil tezlikda yemiriladi. Bu yemirilishning asosiy sababi metal sirtining tashqi muhit bilan kimyoviy o’zaro ta’siri natejasida o’z – o’zidan yemirilishi korroziya deyiladi .(lot. Corrodere-o’z- o’zidan yemirilish ) Korrozion metall sirtida sodir buladigan reaksiyalar mexanizmga ko’ra kimyoviy va elektrakimyoviy korroziyaga bo’linadi . Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling