O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirli Buxoro davlat universiteti


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet105/128
Sana04.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1748388
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   128
Bog'liq
Jo\'rayev

 
 
20-MAVZU: ASOSIY METALL QIRQUVCHI 
STANOKLAR 
 
Tayanch so‘z va iboralar: bosh burchak, shpindel, radial-
parmalash, jilvirlash, parma, freza, keskichlar, tokarlik keskichlari, 
elementlari jumlasiga oldingi yuza, bosh ketingi yuza, yordamchi 
ketingi yuza, bosh kesuvchi qirra yordamchi kesuvchi qirra, 
keskichning uchi. 
20.1. Metallarni mexanikaviy kesib ishlash turlari 
Keskichning, parmaning, freza va boshqa kesuvchi asboblarning 
ishlash 
prinsipi 
ponaning 
ishlashiga 
asoslangan. 
Kesuvchi 


156 
asboblarning qanday qism va elementlardan iboratligi, ularning 
geometrik parametrlari, kesish jarayonining asosiy elementlari, 
kesishda hosil bo‘ladigan kuchlar va boshqalarni eng oddiy kesuvchi 
asbob tokarlik keskichi misolida ko‘rib chiqamiz. Keskichning asosiy 
qism va elementlari. Keskich, asosan uch qismdan - kallak, tana va 
tubdan iborat. Keskichning kallagi ish qismi hisoblanadi, tubi 
keskichni tayanchga o‘rnatish, tanasi esa keskich tutkichga 
mahkamlash uchun xizmat qiladi. Keskichning asosiy elementlari 
jumlasiga oldingi yuza, bosh ketingi yuza, yordamchi ketingi yuza, 
bosh kesuvchi qirra yordamchi kesuvchi qirra va keskichning uchi 
kiradi. Keskichning oldingi yuzasi qirindi chiqarish uchun xizmat 
qiladi; bosh ketingi yuza xomaki detalning kesish yuzasiga tomon, 
yordamchi ketingi yuza esa xomaki detalning yunilgan yuzasiga 
tomon qaragan bo‘ladi. Keskichning bosh kesuvchi qirrasi oldingi 
yuza bilan bosh ketingi yuzaning kesishuvidan, yordamchi kesuvchi 
qirrasi esa oldingi yuza bilan yordamchi ketingi yuzaning 
kesishuvidan hosil bo‘ladi. 
Keskichning geometrik parametrlari. Metallarni kesishda 
keskichning geometrik parametrlari muhim ahamiyatga ega. 
Keskichning geometrik parametrlariga, asosan, uning burchaklari 
kiradi. Keskichning burchaklarini aniqlash uchun esa kesish tekisligi, 
bosh tekislik, normal tekislik, bosh va yordamchi kesuvchi 
tekisliklardan foydalaniladi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling