156
asboblarning qanday qism va elementlardan iboratligi,
ularning
geometrik parametrlari, kesish jarayonining asosiy elementlari,
kesishda hosil bo‘ladigan kuchlar va boshqalarni eng oddiy kesuvchi
asbob tokarlik keskichi misolida ko‘rib chiqamiz. Keskichning asosiy
qism va elementlari. Keskich, asosan uch qismdan - kallak,
tana va
tubdan iborat. Keskichning kallagi ish qismi hisoblanadi, tubi
keskichni tayanchga o‘rnatish, tanasi esa keskich tutkichga
mahkamlash uchun xizmat qiladi. Keskichning asosiy elementlari
jumlasiga oldingi yuza, bosh ketingi yuza, yordamchi ketingi yuza,
bosh kesuvchi qirra yordamchi kesuvchi qirra va keskichning uchi
kiradi. Keskichning oldingi yuzasi qirindi
chiqarish uchun xizmat
qiladi; bosh ketingi yuza xomaki detalning kesish yuzasiga tomon,
yordamchi ketingi yuza esa xomaki detalning yunilgan yuzasiga
tomon qaragan bo‘ladi. Keskichning bosh kesuvchi qirrasi oldingi
yuza bilan bosh
ketingi yuzaning kesishuvidan, yordamchi kesuvchi
qirrasi esa oldingi yuza bilan yordamchi ketingi yuzaning
kesishuvidan hosil bo‘ladi.
Keskichning geometrik parametrlari. Metallarni kesishda
keskichning geometrik parametrlari muhim ahamiyatga ega.
Keskichning
geometrik parametrlariga, asosan, uning burchaklari
kiradi. Keskichning burchaklarini aniqlash uchun esa kesish tekisligi,
bosh tekislik, normal tekislik,
bosh va yordamchi kesuvchi
tekisliklardan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: