154
19.3. Detallar aniqligi, quyim, yuza tekisligi va o‘tqazishlar
sistemasi
Ma’lumki, har qanday mashina qismlardan, qismlar esa detallar
majmuidan iborat bo’ladi. Konstruktorlar detallarni loyihalayotganda
texnika-iqtisodiy talablarni hisobga olgan holda detallarning materiali,
shakli, o’lchamlari, geometric aniqligi,
yuza tekisligi va boshqa
talablar chizmalarda qayd etiladi.
Detallarning qaysi zavodda tayyorlanganligidan qatiy nazar, ular
chizma talabiga javob berishi shart. Shundagina ular qo’shimcha
ishlovlarsiz, o’zaro almashinadigan bo’ladi.
Detall aniqligi deb uning o’lchamlari, geometric shaklining
chizma talabiga mosligiga aytiladi. Aniqlik zagatovka materialiga,
ishlov usuliga,
ishlov rejimiga, keskich materialiga, geometriyasiga,
stanok va moslamalar
aniqligiga va bikrligiga, ishchi malakasiga va
boshqa ko’rsatkichlarga bog’liq.
Zagatovkani keskich bilan kesib ishlashda olingan o’lcham
uning haqiqiy o’lchami bo’lib, u nominal o’lchamdan farq qiladi.
Detallarning ruxsat etilgan eng katta o’lchamidagi ruxsat etilgan
eng kichik o’lchami ayirmasi dopusk deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: