O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirli Buxoro davlat universiteti


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet111/128
Sana04.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1748388
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   128
Bog'liq
Jo\'rayev

 
 


165 
20.2. Metallarni kesib ishlash turlari 
Metallarni kesib ishlash insoniyatga qadimdan ma’lum qo‘l bilan 
yuritiladigan tokarlik va parmalash stanoklari, XII asrdayoq mavjud 
edi. Mexanik yuritmali tokarlik va parmalash stanoklari XVI asrdan 
ishlatila boshladi. 1645 yilda YAkov Batishchev va Ivan Osipov 
original konstruksiyali stanoklar yaratdilar. 1716 yilda A. K. Nartov 
mexanik supportli tokarlik stanogi qurdi. XIX asrning o‘rtalariga 
kelib, tokarlik, parmalash, frezalash, randalash, jilvirlash stanoklarn va 
boshqa stanoklar barpo etildi. Ana shu davrda metallarni kesish 
to‘g‘risidagi fan vujudga keldi. Bu fanning asoschisi rus olimi I. A. 
Time bo‘ldi. U metallarni kesish jarayoning fizikaviy tabiatini
nazariy jihatdan izohlab berdi. Akad. A. V. Gadolin, prof. P. A. 
Afanasev, prof. K. A. Zvorikinning metallarni kesish nazariyasiga 
qo‘shgan hissalari juda katta. Rus olimi YA. G. Usachev kesish 
tezligining va kesish zonasidagi temperaturaning ta’sirini aniqladi 
hamda kesish rejimlarini o‘zgartirish yo‘li bilan qirindi turini, kesish 
kuchini va kesilgan yuza tozaligini o‘zgartirish mumkinligini 
ko‘rsatdi. 
Metallarni kesib ishlashda ularning anchagina qismi qirindiga 
ketadi. Binobarin, qirindi miqdorini va demak, metallning 
isrofgarchiligini kamaytirish uchun, zagotovkalar olishda doim imkoni 
boricha kam, ammo texnologik jarayonining eng tejamli bo‘lishini 
ta’minlaydigan darajada qoldirilishi lozim. 
Novator ishchilar, injener-texnik xodimlar va olimlarning 
hamkorlign tufayli metallarni kesib ishlash sohasida katta-katta 
yutuqlar qo‘lga kiritildi va kiritilmoqda. 
Metallarni kesib ishlash usullari. Kesib ishlashda turli 
zagotovkalardan: quyma, pokovka va boshqalardan foydalaniladi. 
Zagotovkalar tegishli stanoklarda kesib ishlanadi. 
Stanoklar ish organlarining harakatlari asosiy va yordamchi 
harakatlarga bo‘linadi. Asosiy harakat zagotovkadan qirindi kesib 
olish bilan bog‘liq, yordamchi harakat esa zagotovkadan qirindi kesib 
olish bilan bog‘liq bo‘lmagan harakatlardir. Masalan, kesuvchi 
asbobni zagotovkaga keltirish, uni zagotovkadan chetlatish va shu 
kabi harakatlar yordamchi harakatlar bo‘ladi. Asosiy harakat, o‘z 
navbatida, bosh harakat bilan surish. hrakatiga bo‘linadi. 


166 
Metallarni kesib ishlashning asosiy usullari jumlasiga yo‘nish, 
randalash, yig‘ish, parmalash, frezalash, jilvirlash va sidirish 
(protyajkalash) kiradi. 
Yo‘nish. Bu jarayon tokarlik stanoklarida keskich bilan ba-
jariladi. Yo‘nish jarayonida zagotovka aylanma harakatga, keskich esa 
bo‘ylama yoki ko‘ndalang yo‘nalishda ilgarilanma harakatga 
keltiriladi. Bunda zagotovkaning harakati tez sodir bo‘ladi va bosh 
harakat deb ataladi, keskichning harakati esa sekinroq bo‘ladi va 
surish harakati deyiladi. Bosh harakat kesish harakati deb bosh harakat 
tezligi esa kesish tezligi deb ataladi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling