O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirli Buxoro davlat universiteti


Kesish nazariyasiga oid qisqacha ma’lumot


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet113/128
Sana04.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1748388
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   128
Bog'liq
Jo\'rayev

Kesish nazariyasiga oid qisqacha ma’lumot. Keskichning, 
parmaning, freza va boshqa kesuvchi asboblarning ishlash prinsipi 
ponaning ishlashiga asoslangan. Kesuvchi asboblarning qanday qism 
va elementlardan iboratligi, ularning geometrik parametrlari, kesish 
protsessining asosiy elementlari, kesishda hosil bo‘ladigan kuchlar va 
boshqalarni eng oddiy kesuvchi asbob tokarlik keskichi misolida 
ko‘rib chiqamiz. 
Keskich, asosan, uch qismdan—kallak, tana va tig‘dan iborat. 
Keskichning kallagi ish qismi hisoblanadi, tubi keskichni tayanchga 
o‘rnatish, tanasi esa keskich tutqichga mahkamlash uchun xizmat 
qiladi. Keskichning asosiy elementlari jumlasiga oldingi yuza, bosh 
ketingi yuza, yordamchi ketingi yuza, bosh kesuvchi qirra yordamchi 
kesuvchi qirra va keskichning uchi kiradi. Keskichning oldingi yuzasi 
qirindi chiqarish uchun xizmat qiladi; bosh ketingi, yuza 
zagotovkaning kesish yuzasiga tomon, yordamchi ketingi yuza esa 
zagotovkaning yo‘nilgan yuzasiga tomon qaragan bo‘ladi. 
Keskichning bosh kesuvchi qirrasi oldingi yuza bilan bosh ketingi 
yuzaning kesishuvidan, yordamchi kesuvchi qirrasi esa oldingi yuza 
bilan yordamchi ketingi yuzaning kesishuvidan hosil bo‘ladi. 
Keskichning geometrik parametrlari. Metallarni kesishda 
keskichning geometrik parametrlari muhim ahamiyatga ega. Kes-
kichning geometrik parametrlariga, asosan, uning burchaklari kiradi. 
Keskichning burchaklarini aniqlash uchun esa kesish tekisligi, bosh 
tekislik, normal tekislik, bosh va yordamchi kesuvchi tekisliklardan 
foydalaniladi. 
Kesish yuzasiga urinma qilib, bosh qirradan o‘tkazilgan tekislik 
kesish tekisligi deb, bo‘ylama va ko‘ndalang surish yo‘nalishlariga 
parallel qilib o‘tkazilgan tekislik esa bosh tekislik deb ataladi (20.5- 
rasm). Keskichning bosh kesuvchi qirrasidan kesish tekisligiga 
perpendikulyar tarzda o‘tkazilgan tekislik normal tekislik deyiladi. 
Bosh kesuvchi qirraning bosh tekislikdagi proeksiyasiga tik qilib 
o‘tkazilgan tekislik bosh kesuvchi tekislik deb, yordamchi kesuvchi 


168 
qirraning bosh tekislikdagi proeksiyasiga tik qilib o‘tkazilgan tekislik 
esa yordamchi kesuvchi tekislik deb ataladi (bosh kesuvchi tekislik
yordamchi kesuvchi tekislik va normal tekislik izlari. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling