O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirli Buxoro davlat universiteti


Kesib ishlash usullarining mashinasozlikda tutgan o‘rni


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet103/128
Sana04.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1748388
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   128
Bog'liq
Jo\'rayev

19.2. Kesib ishlash usullarining mashinasozlikda tutgan o‘rni 
Ma’lumki, qo’ymalar, prokat mahsulotlar, pokovkalarni 
tayyorlashning ilg’or usullari yaratilgani qo’yim qiymatini 
kamaytirsada, ko’pgina masuliyatli detallar keskichlar bilan kesib 
ishlanadi. Buning boisi shundaki, sanoatning turli sohalarining 
rivojlanishi bir tomondan turli muhitlarda katta rejimlarda ishlovchi 
puxta, 
karroziyabardosh 
va 
kam 
yeyiladigan 
konstruksion 
materiallarga ehtiyojni orttirsa, ikkinchi tomondan detallarning 
geometrik aniqligiga, yuzasining tekisligiga bo’lgan talablar ortib 
boryapti. Detallarning sifatini ta’minlashda zagatovkalarni kesish 
asboblari bilan yo’nib ishlash va boshqa usullar keng qo’llanilmoqda.


154 
19.3. Detallar aniqligi, quyim, yuza tekisligi va o‘tqazishlar 
sistemasi 
Ma’lumki, har qanday mashina qismlardan, qismlar esa detallar 
majmuidan iborat bo’ladi. Konstruktorlar detallarni loyihalayotganda 
texnika-iqtisodiy talablarni hisobga olgan holda detallarning materiali, 
shakli, o’lchamlari, geometric aniqligi, yuza tekisligi va boshqa 
talablar chizmalarda qayd etiladi.
Detallarning qaysi zavodda tayyorlanganligidan qatiy nazar, ular 
chizma talabiga javob berishi shart. Shundagina ular qo’shimcha 
ishlovlarsiz, o’zaro almashinadigan bo’ladi.
Detall aniqligi deb uning o’lchamlari, geometric shaklining 
chizma talabiga mosligiga aytiladi. Aniqlik zagatovka materialiga, 
ishlov usuliga, ishlov rejimiga, keskich materialiga, geometriyasiga, 
stanok va moslamalar aniqligiga va bikrligiga, ishchi malakasiga va 
boshqa ko’rsatkichlarga bog’liq.
Zagatovkani keskich bilan kesib ishlashda olingan o’lcham 
uning haqiqiy o’lchami bo’lib, u nominal o’lchamdan farq qiladi.
Detallarning ruxsat etilgan eng katta o’lchamidagi ruxsat etilgan 
eng kichik o’lchami ayirmasi dopusk deyiladi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling